O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
06.03.2018

TADBIR KOP, NATIJA KAM

Mehroj DARXONOV, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi:

— Ozbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi elektorat manfaatlarini ta’minlash masalasiga alohida etibor qaratib kelmoqda. Bu jarayonda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi 16 nafar, shahar va tuman Kengashlaridagi 202 nafar deputatning aksariyati faol ishtirok etyapti.

Otgan yili viloyat Kengashidagi partiya guruhi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga elektorat manfaatlariga qaratilgan 50 dan ortiq deputatlik sorovi bilan murojaat etgan. Haftaning payshanba, juma va shanba kunlari deputatlar ozlari saylangan okruglarda fuqarolarning murojaatlari bilan shugullanmoqda.

Masalan, Toshkent viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi azosi Zokirjon Nurov Parkent tumanidagi «Choqqayma» mahallasida aholi bilan muloqot otkazdi. Murojaat asosida 1981 yilda tugilgan Elyor Azizboyev oilasining turmush sharoiti organildi. Uning ikki nafar farzandi ham xasta. Katta qizi buyrak yetishmasligi, kichik farzandi esa gepatit S virusi bilan ogrigan. Ularning onasi Gulmira Azizbekova ham buyrak yetishmovchiligi kasalligidan yetti yildan buyon aziyat chekadi. Davolanish uchun katta xarajat, mablag kerak. Albatta, oilani boqish Elyor Azizbekov gardanida. Qariyb ikki yil davomida u tuman gaz korxonasida ishlab, oilasini boqib kelgan. Ammo Parkent tumangaz unitar korxonasida shtatlar qisqargani bois, 2017 yil 13 sentabrda ishdan boshatilgan. Elyor rozgor tebratishga qiynalib qolgan. Masalaga yechim topish yuzasidan Toshkent viloyat hamda tuman gaz korxonasiga murojaat bilan chiqildi. Natijada Elyor Azizbekov ishga qaytadigan boldi.

Har bir deputat partiya elektorati vakillari manfaatini samarali himoya etish uchun ularni tashvishga solayotgan masalalarni chuqur bilishi kerak. Bu borada OzXDP Toshkent viloyat kengashi qoshida tashkil etilgan Jamoatchilik qabulxonalari muhim orin tutyapti. Otgan yili qabulxonalarga mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bolsa, ularning 85 foizi ijobiy hal etilgan. Qolganlari boyicha tushuntirishlar berilgan.

Ayni paytda elektorat orasida olib boradigan targibot-tashviqot ishlarimiz ham mutlaqo ozgardi. Asosiy etiborni muammolar yechimiga qaratmoqdamiz. Masalan, Har bir insonga mehr va muruvvat korsatish burchimiz, Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari, Doimo etiborimizdasiz, Xalq bilan muloqot ijtimoiy muammolarni hal etishning eng samarali yoli loyihalari orqali ehtiyojmand aholi manfaatlari himoya qilinyapti. Loyiha doirasida barcha shahar va tuman partiya kengashlari hamda partiya guruhlari bilan birgalikda nogironligi bolgan shaxslarni protez, maxsus aravachalar bilan taminlash, ularning turarjoy va mamuriy binolarga kirib-chiqishi, jamoat transportlaridan tosiqsiz foydalanishi uchun panduslar, platformalar qurish kabi masalalar atroflicha tahlil qilinib, organilmoqda. Mazkur masalalar partiya guruhlari, doimiy komissiya yigilishlari hamda sessiyalarda korib chiqildi.

Yaqinda Har bir insonga mehr va muruvvat korsatish burchimiz loyihasi doirasida Ohangaron va Olmaliq shaharlarida keng qamrovli tadbirlar otkazildi. Homiylar komagida ikki yuz nafar kam taminlangan, nogironligi bolgan shaxslarga sovga-salomlar ulashildi. Shuningdek, tumandagi Saxovat uyi faoliyati organildi. Muassasaning ikkinchi bolimi kapital tamirlanmoqda. 2017 yilning iyun oyida foydalanishga topshirilishi kerak bolgan bolimda ayni paytda tamirlash ishlari toxtab qolgan. Hozir buning sabablarini organyapmiz.

Shuningdek, Muruvvat uyidagi shart-sharoit bilan ham tanishildi. Muassasa 350 oringa ega bolib, unga 18 yoshdan qabul qilinadi. Bino 2013 yilda rekonstruksiya qilingan. Binoga issiqlik quvvatini yetazib beradigan quvurlarning eskirganligi bois, qish mavsumida isitish tizimida muammolar kuzatilgan. Xonalar sovuq. Psixiatr, nevropotolog kabi mutaxassislar yetishmaydi. Bemorlar bir yilda ikki marotaba tibbiy korikdan otishadi. Agar bemorlarni Respublika tibbiyot muassasalarida tekshirishga muhtojlik bolsa, transport vositasidan qiynalishadi. Maxsus avtotransport vositalari mavjud emas. Borlari ham tamirga muhtoj. Muassasada mashgulotlar otash uchun sport inventarlari yetishmaydi. Mazkur masalalarga yechim topish maqsadida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Togrisi, bugungi faoliyatimizdan ozimizning konglimiz tolayotgani yoq. Kamchiliklarimizni tuzatishga, balandparvoz gaplardan qochib, amaliy ishlarimizni kopaytirishga harakat qilyapmiz. Bu boradagi faoliyatimizni yaqinda partiyamizning IX plenumida bildirilgan tanqidiy fikrlar, belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, yolga qoyishiga harakat qilyapmiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: