O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2019

ROSSIYaDA OZBEK KINOSI KUNLARI

tajriba almashish, hamkorlik va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga imkon yaratdi. Ozbek kinosi yutuqlarini namoyish etdi.

Otgan haftaning 1-5 oktabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida «Ozbek kinosi kunlari» bolib otdi.

Rossiyada Ozbek kinosi kunlari Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktabr oyida bolib otgan uchrashuvi yakunlari boyicha iqtisodiyotimizning koplab sohalarida dostlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilingan chora-tadbirlari doirasida otkazildi.

Ozbekkino Milliy agentligi, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi va Ozbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir kelgusida ikki davlat kino san’ati namoyandalarining bevosita ijodiy hamkorlik qilishlari uchun keng yol ochib beradi, desak xato bolmaydi.

Ushbu kino kunlarining xorijda, aynan Rossiyada otkazilishidan maqsad ozbek kinematografiyasini ommalashtirish, mamlakatlar, tarixan yaqin xalqlar ortasidagi madaniy va dostona munosabatlarni mustahkamlashdan iboratdir.

— Kino kunlari doirasida biz Ozbekkino va Rossiyaning yirik kinokompaniyalari ortasida qoshma kino loyihalarini tashkil etish boyicha qator memorandumlar turli yillarda yaratilgan va ayni paytda Rossiyaning Gosfilmofondida saqlanayotgan ozbek filmlarini qaytarish boyicha muzokaralar ham olib bordik, deydi Ozbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Ozbekkino Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. Mamlakatimiz uchun bolgusi kinokadrlarni shakllantirishning muhimligini anglagan holda, Ozbekiston delegatsiyasi tarkibiga bir guruh iqtidorli yoshlar ham kiritildi, ular uchun VGIK, Mosfilmga tashriflardan tashqari Rossiya kino sanatining kozga koringan ustalari ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar otkazildi.

Shuningdek, haftalik rus tomoshabinlari va u yerda istiqomat qilayotgan ozbek diasporasi vakillariga yangi ozbek kino sanatidan bahramand bolish, kartinalar ijodkorlari bilan suhbatlashish, ozbek kinosi tendensiyalari bilan tanishish imkonini berdi, deb oylaymiz. Dastur doirasida songgi yillarda suratga olingan eng yaxshi professional badiiy va hujjatli filmlar namoyish etildi.

Kinomuxlislar taniqli aktyorlar, Ozbekistonda xizmat korsatgan artistlar – Matyoqub Matjonov, Fotih Jalolov, Rajab Adashev, Karim Mirxodiyev, yosh aktyorlar Adiz Rajabov, Husan Rashidov, aktrisa Feruza Saidovalar ijodi va faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boldilar.

Ozbekkino Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida taniqli kinorejissyorlar Rustam Sadiev, Umid Hamdamov, Sarvar Karimovlar moskvalik professional kinorejissyorlar bilan kino sohasidagi aloqalarini rivojlantirish va hamkorlikda filmlar olish boyicha muzokaralar olib borishdi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: