O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.10.2019

AHOLINI UY-JOY BILAN TAMINLASH BOYICHA YANGI TIZIM JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Eslatib otish joizki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish dasturi togrisida”gi qarori, oradan bir oy otib, yani 22 noyabrda 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon kop kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Korinib turibdiki, endilikda qishloqlar ham, shaharlar ham ulkan bunyodkorlik ishlari bilan qamrab olindi. Hamma joyda uylar qurilishi jadal tus oldi.

2016 yilda davlat dasturlari doirasida qishloqlarda 13 mingta turar joy, tadbirkorlar tomonidan 13 ming 189 xonadonli uy qurilgan bolib, buning uchun 4 trillion 330 milliard som sarflangan. 2017 yilda esa davlat dasturlari doirasida qariyb 29 mingta, jumladan, qishloqlarda 20,3 mingta, shaharlarda 8,5 mingga yaqin turar joy qad kotargan. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan 16 mingdan ziyod xonadonli uy qurilgan. Yani, umumiy hisobda qariyb 45 mingta uy-joy barpo etilib, buning uchun 6,2 trillion som sarflangan.

Otgan yili bunyodkorlik kolami yanada kengaydi. Xususan, davlat dasturlari doirasida 42,2 mingta, jumladan, qishloqlarda 25,3 mingta, shaharlarda qariyb 17 ming turar joy, tadbirkorlar tomonidan jami 19,7 ming kvartiradan iborat uylar qurilgan. Yani, qariyb 62 mingta uy-joy barpo etilib, 12 trillion 130 milliard som sarf-xarajat qilingan.

Joriy yilning otgan davrida davlat dasturlari doirasida qariyb 30 mingta, jumladan, qishloqlarda 15 mingdan ziyod, shaharlarda 15 mingga yaqin turar joy, tadbirkorlar tomonidan esa jami 19,5 ming xonadonni oz ichiga olgan uylar barpo etilgan. Umumiy hisobda qariyb 49,5 ming uy-joy qurilib, buning uchun 12 trillion 24 milliard som yonaltirilgan.

Hisob-kitoblarga kora, xalqimiz ehtiyojini tola qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar qurish kerak. Buning uchun esa, qariyb 30 trillion som zarur boladi. Bu mablag davlat byudjetining 23 foizidan ziyodini tashkil etadi.

Oz-ozidan ayonki, davlat byudjetining buncha qismini birgina shu sohaga ajratib bolmaydi. Shuningdek, davlat xususiy sektor ishtirokisiz aholi ehtiyojini tola qondirishi qiyin. Shu bois, yigilishda ipoteka tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlarini joriy etish, sohada xususiy sektorning ornini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yangi tizimga muvofiq, kop qavatli uy-joy qurilishi tadbirkorlik subektlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan yer va ipoteka krediti uchun banklarga mablag ajratiladi.

Uy-joylar narxining oshib ketmasligi va hamyonbop bolishini taminlash boyicha ham zarur choralar koriladi. Xususan, 2020 yildan boshlab 16 mingta oilaga boshlangich badal va kredit foiz xarajatlari uchun byudjetdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar orqali uylar boshlangich badalining 10 foizi hamda Toshkent shahri uchun 12 foiz, qolgan shaharlarda 10 foizdan yuqori kredit foizlari qoplab beriladi. Mazkur yangi tizim kelasi yildan Andijon, Namangan, Fargona, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlarida va poytaxtimizda tajriba tariqasida joriy etiladi. Qolgan hududlarda eski tartib saqlanib qolib, yangi tizim unga raqobatchi boladi.

Yigilishda uy-joylarni tanlashda haqiqatan muhtoj oilalarni tanlab olish mezonlari yoqligi, tanish-bilishchilik va suiistemol holatlari borligi tanqid qilindi.

Mutasaddilarga kam taminlangan oilalarni tanlashning shaffof mezonini ishlab chiqish, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tuman (shahar) bolimlarida Doimiy ishchi komissiyalari tuzish boyicha topshiriq berildi. Komissiyada bank, moliya, soliq, mahalla va boshqa idoralar vakillari ishtirok etishi, uylarni berish keng jamoatchilik bilan muhokama qilinishi zarurligi takidlandi.

Yigilishda qishloqlarda uy-joy qurish tizimini isloh qilish masalasiga ham etibor qaratildi. Bu borada ham raqobat va sifat bolishi uchun buyurtmachi funksiyasi Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasidan bosqichma-bosqich xususiy sektorga otkazilishi belgilandi. 2020 yilda 12 mingta uy-joydan 8 mingtasi amaldagi tartib boyicha, 4 mingtasi xususiy sektor tomonidan qurilishi kozda tutilgan. Shu munosabat bilan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga uy-joylarni xususiy sektor tomonidan qurishning yangi tartibini ishlab chiqish vazifasi qoyildi.

Uylar narxini tushirish va sifatini oshirish uchun innovatsion qurilish materiallaridan keng foydalanish zarurligi takidlandi. Masalan, gisht orniga gazobeton va penobetondan foydalanilsa, ishlab chiqarishda gaz sarfi 8 barobar kamayadi hamda issiqlik saqlash 5 barobar oshadi.

Yigilishda, shuningdek, shaharsozlik normalarini takomillashtirish, qishloqlarda qurilayotgan uylarni muhandislik infratuzilmasiga ulash, ekin yerlariga ozboshimchalik bilan uy-joy qurilishining oldini olish va muhofazasini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar korsatib otildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: