O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.09.2019

ILM-FANGA SUYANMAY, ZAMONAVIY KADRLAR TAYYORLAMAY, TARAQQIYOTGA ERISHIB BOLMAYDI

Botirjon SULAYMONOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik:

— Prezidentimiz qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yonalishlariga bagishlangan yigilishda mamlakatimiz qishloq xojaligi boyicha ulkan salohiyatga ega ekanligi, bozorlarimiz tokin, xalqimiz rizqi mol-kol bolishidan tortib, eksportdan qoshimcha daromad topishgacha bolgan juda kop masalalar shu yonalish bilan bevosita bogliqligini ta’kidladi.

Togri, Prezidentimiz aytganidek uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha etibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar charchab, unumdorlik pasayib ketgani sir emas.

Boisi, fermerlarimiz almashlab ekish deganda, faqat paxta-gallani tushunib, yani bir yili gallani eksa, ikkinchi yili uning orniga paxtani qayta-qayta ekaverdi. Oqibatda yer shu ahvolga kelib qoldi. Orada sabzavot mahsulotlarini ham ekish lozimligini esdan chiqarib qoyishdi. Bundan tashqari, ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini hamda ilmiy asoslangan ogitlarni oz vaqtida bermaslik oqibatida hosildorlik kozlanganidek bolmay qoldi. Xalq tilida aytganda, «erni joni sugurib olindi». Qishloq xojaligi rivojlangan xorijiy davlatlarda yerga munosabat umuman boshqacha. Ular yerga biogomus va mikroogitlarni oz vaqtida, hattoki minutma-minut hisobini olgan holda berishadi. Shu boisdan ular ozlari rejalashtirgan hosilni oladi. Bizda-chi, fermerlarimiz bu qoidalarga etibor qaratish oltin qoida ekanligini yoddan chiqarib qoyishdi, nazarimda.

Bir soz bilan aytganda, fermerlarimiz yerga bolgan munosabatni butunlay ozgartirishlari lozim. Yerga mehr berishni organishimiz kerak. Shundagina kozlangan hosildorlikni olishga erishiladi. Bugungi kunda 77 ming fermer xojaligi faoliyat yuritayotgan bolsa, ularning hammasi ham oliy malumotga ega emas, Yani, ularning 30 foizi oliy malumotli bolsa, shundan 20 foizi aynan qishloq xojaligi sohasi mutaxassisidir. Ularning yerdan oladigan hosildorligi boshqalarga nisbatan koproq.

Men nima demoqchiman, qilinayotgan ilmiy kashfiyotlarni fermerlar amalda qollashlari lozim. Misol uchun yer unumdorligini oshirish boyicha 20 dan ortiq doktorlik ishi qilindi. Bu ishlar ozining ijobiy natijasini korsatishi uchun amaliyotda qollanilishi kerak. Ammo fermerlarimiz bu yangiliklar bilan umuman qiziqishmaydi. Shu bois keyingi yillardan boshlab har bir tumanda axborot-maslahat markazlari tashkil etish taklifini ilgari surmoqdamiz. Olimlarimiz tomonidan qilingan yangi kashfiyotlarni ushbu markazlar orqali fermer xojaliklariga yetkazishni maqsad qilmoqdamiz. Har bir qilingan ilmiy izlanishlar yerning unumdorligini oshirib, hosildorlikni kotarishga xizmat qilishi lozim.

Muxtasar qilib aytganda, fermerlarimizning yerga bolgan munosabatini yangi bosqichga kotarish uchun qishloq xojaligi sohasiga ilm-fanni keng miqyosida tatbiq etish kerak. Universitetimizda songgi ikki yil ichida 20 yonalishda yangi kadrlar tayyorlanmoqda. Bunday yangi yonalishlar yildan-yilga kopayib boraveradi. Chunki qishloq xojaligi sohasi rivoji ham aynan ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishga bogliq.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: