O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.09.2018

NONNING NARXI VA QADRI

Bugun hayot tezkor rivojlanmoqda. Talab va taklifga asoslangan bozor munosabatlari yangidan yangi iqtisodiy qonunlar, tartiblarni joriy etilishini taqozo etmoqda. Ana shunday hayotiy zaruriyatlar sababli qabul qilingan me’yoriy hujjatlardan biri — mamlakat aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taminlash chora-tadbirlarini o‘zida mujassam etgan Hukumat qaroridir. Unga kora, joriy yilning 15 sentabridan boshlab 1 kilogramm 1-nav bugdoy unining ulgurji narxi 1 400 som, bir dona qolipli nonning erkin bozor narxi 1050 som belgilandi va sotilmoqda.

Shu sababli aholi ortasida don, un va non mahsulotlarining narxlari yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar paydo bolmoqda...

Avvalambor, qaror matni diqqat bilan oqib chiqilsa, gap barcha un, don mahsulotlariga emas, balki faqat davlat tizimidagi bozor narxlaridan past bolgan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga taqsimlanayotgan unning narxi togrisida ekanligi yaqqol ayonlashadi. Qolaversa, qarorda boshqa un va dondan ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxi togrisida umuman hech narsa deyilmagan. Chunki tandirda yopilgan non va boshqa non mahsulotlari tarkibiga davlat tomonidan narxi pasaytirilgan un qoshilmaydi. Ularga ishlatiladigan un ichki bozor narxlarida sotib olingan hamda import orqali keltirilgan un mahsuloti hisoblanib, ularning narxi bozor talablari asosida allaqachonlar shakllantirilgan. Shuningdek, bundan keyin ham bu toifadagi unning narxi talab va taklif asosida shakllanib boraveradi.

Demak biz, bu ikki muhim jihatga etiborimizni alohida qaratishimiz lozim boladi.

Takidlash joiz, bozor munosabatlariga otish juda ham murakkab, uzoq davom etadigan uzluksiz jarayondir. Dunyoning taraqqiy etgan davlatlari, xususan, Yevropa mamlakatlarida normal bozor iqtisodiyoti tadrijiy asosda, yani asrlar davomida rivojlanib hozirgi korinishga kelgan. Ayni paytda bu mamlakatlarda bozor munosabatlari yanada tezkor takomillashib borayotir. Zero, talab va taklif asosida shakllanadigan baho, ozaro halol raqobat muhiti mavjud bolgandagina bozor munosabatlari paydo boladi va risoladagidek faoliyat korsata boshlaydi.

Xosh, mamlakatimizda bu jarayonlar qanday kechdi?

Malumki, davlatimiz tomonidan mustaqillikning ilk davrlaridanoq bozor iqtisodiyotiga otishning oziga xos tamoyillari ishlab chiqildi. Bozor munosabatlari shu asosda bosqichma-bosqich va izchil rivojlantirib borildi. Ana shu tamoyillardan biri, bu kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish edi. Chunki osha davrda respublika aholisining qariyb yarmisini bolalar va yoshlar, keksalar tashkil etib, ular ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam hisoblanardi. Shu boisdan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga moljallangan turli imtiyozlar, kompensatsiyalar, chegirmalar qollanila boshlandi. Un, don ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlar davlat tomonidan taqsimot asosida ajratilishi ham ana shu tamoyilning bir korinishi edi.

Shuni aytish kerakki, shu davrga qadar qollanib kelingan himoya usuli bozor iqtisodiyoti qoidalarini biroz cheklagandek edi. Bundan tashqari, bunday imtiyozlar ortidan ayrim nopok kimsalar ozlarining shaxsiy manfaatlari yolida foydalanish imkonini ham topishdi.

Natijada vaqtlar otib, bunday holat ishlab chiqaruvchilar ortasida turli adolatsizlik, tengsizliklarning, chunonchi, tanish-bilishchilik, korrupsiyaning avj olishiga sabab bola boshladi. Buning oldini olish hamda xalqaro amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan aniq tizimli himoyaga otish zaruriyati davlat tizimidagi ishlab chiqaruvchilarga un mahsulotlarining narxini oshirilishiga sabab bolgan omillardan biriga aylandi.

Darhaqiqat, bozor munosabatlari rivojlangan davlatlar tajribasi aholini bunday himoya qilish tizimi samarasiz ekanini korsatmoqda. Chunki asosiy maqsad aholining ehtiyojmand qismini qollab-quvvatlash ekan, bunday holatda ularni aniq manzilli himoya qilish talab etiladi. Yashirishning hojati yoq, mamlakatimizda yaratilgan bunday imtiyozdan shu paytgacha aholining barcha qatlami bir xil tarzda foydalanib keldi. Oqibatda, haqiqiy ehtiyojmand qatlam chetga chiqib qoldi. Ozingiz bir tasavvur qiling, aholining asosiy istemol qiladigan non mahsulotlariga narx 4 yil davomida ozgarmay keldi. Tabiiyki, bu yillar davomida davlatimiz tomonidan nonga bolgan narx dotatsiya (davlat byudjeti – umumxalq mablagi) hisobidan qoplab kelindi.

Yana bir jihat. Ozbekistonning asta-sekin xalqaro aloqalari kengayib, ozaro tovar ayirboshlash surati kuchayib bordi. Bu, albatta ichki bozorimizning narx-navosiga tasir korsatmay qolmasdi. Birgina un masalasiga keladigan bolsak, uning narxi qariyb barcha MDH davlatlari, jumladan yaqin qoshni mamlakatlar ichida ham eng arzon edi.

Malumot uchun: Ozbekistonda qolipli non narxi oxirgi marta 2014 yil sentabrida 50 somga qimmatlab, 650 som etib belgilangan.

Shu manoda Hukumatimiz bu qarorni, takidlash kerakki, ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning bugungi kundagi real narxlariga etibor qaratish, ularning sifatini yaxshilash, ishlab chiqaruvchilar, istemolchilar va boshqa bozor munosabatlari ishtirokchilarining bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin faoliyat yuritishiga sharoit yaratish maqsadida qabul qildi. Demak, ushbu maqsadlar narxni kotarishning navbatdagi omili sanaladi.

Yuqoridagi qaror elon qilinishining sabablaridan yana biri, bu xalqimiz dasturxonining korki sanalgan nonning qadriga yetishga qaratilgan davat hamdir. Rost-da, oxirgi paytlarda bir dona «buxanka»ning narxi qoy-molga beriladigan yemish-ozuqaning bir kilogramm narxidan ham pastga tushib ketdi. Natijada holat shu darajaga yetib bordiki, hatto ayrim hamyurtlarimiz, buxankalarni qoplab sotib olib, ular bilan uyidagi qoy-molini boqa boshladi...

Bundoq aqlni peshlab, bir oylab koraylik. Axir, Yaratgan ham insoniyatga uning tabiatiga mos noz-nematlarni, boshqa maxluqotga esa boshqa nematlarni rizq qilib bergan-ku! Shunday ekan, odamzodning azaliy rizqi sanalgan nonni boshqa maxluqotga berish, nazarimizda togri emasdi. Binobarin, muqaddas kitobimizda, Englar, ichinglar, isrof qilmanglar, deya bot-bot takrorlanadi.

Afsuski, hozirda bozorlar va dokonlarda yana bir achinarli manzara sodir bolmoqda: ayrim yurtdoshlarimiz non va un mahsulotlarini zaxira sifatida jamlashmoqda. Tasavvur qiling, siz oilangiz bilan bir kunda ikkita buxanka istemol qilasiz. Endilikda siz 2 buxanka non orniga 4 tasini sotib olyapsiz. Yani oddiy sozlar bilan aytganda, siz dokonga chiqib, ozingiz odatda oladigan non mahsulotini ikki barobar kop miqdorda xarid qilyapsiz. Bu bilan siz dokonga, masalan deylik, har kuni 100 dona keltiriladigan buxankadan ozingizga tegishli bolgan 2 tasining orniga endilikda 4 ta sotib olib, sizdan keyingi xaridorning 2 ta buxankasini ham olib ketib qolyapsiz, boshqacha aytganda, bir yurtdoshingizning rizqini qiyayapsiz.

Endi tasavvur qilaylik, bunday holat birgina mahallada emas, balki tumanlar, viloyatlar boyicha bolsa-chi? Mamlakat miqyosida tarqalsa-chi? Qarabsizki, tez orada istemolchiga non mahsulotlari yetkazilishida uzilishlar yuzaga keladi, suniy defitsitlar paydo boladi. Albatta, bunday noxush holatlar uzoq vaqt davom etmaydi. Biroq u vaqtincha bolsa-da, aholi ortasida bir qator noqulayliklar tugdiradi, isrofgarchilikni yuzaga chiqaradi. Aslida, bunday faqat ozini oylab qilingan xatti-harakatlar bagrikenglik, mehmondostlik, mehr-oqibat singari azaliy qadriyatlarimizga putur yetkazadi. Bu, bor-yogi, kichkina bir misol xolos.

Qarorda korsatilgan un mahsulotlari narxining oshishi uning zaxirasiga bogliq emas. Hozirgi hisob-kitoblarga kora, mamlakatimizning oziq-ovqatlar zaxirasi, jumladan, un mahsulotlari zaxirasi xalqaro meyorlarga toliq javob beradi.

Malumot uchun: Bugun Ozdonmahsulot AK tizimida 44 yirik korxona va uning 25 filiali hamda 300 dan ortiq xususiy un ishlab chiqarish, shuningdek, 3 mingdan ziyod qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Respublika aholisining un mahsulotlariga bolgan ehtiyojining bir qismi davlat resursi hisobidan amalga oshirilib, qolgan qismi joylardagi fermer va aholi ixtiyoridagi don hamda import orqali kirib kelgan bugdoy va un hisobidan qoplanadi.

Xosh, mamlakat aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qarorning va bu sohada yaratilgan tizimning asosiy afzalliklari nimalardan iborat?

Birinchidan, endilikda ishlab chiqaruvchilar ortasida raqobat kuchayadi. Ishlab chiqaruvchi nonni sotish uchun sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Bu, oz navbatida, mahsulotning sifatiga tasir korsatadi. Natijada, aholi sifatli non mahsulotlari bilan taminlanadi.

Ikkinchidan, talab va taklif asosida non mahsulotlarining turlari kengayadi, qoshimcha ish orinlari barpo etiladi.

Uchinchidan, davlatimiz rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya etish mexanizmini yolga qoydi. Yani aniq manzilli taminot tamoyiliga otildi. Kompensatsiya ishlab chiqaruvchiga emas, balki istemolchiga qaratildi. Endilikda non ishlab chiqaruvchi ozining sifatsiz mahsulotini aholiga tiqishtira olmaydi. Non ishlab chiqishda istemolchining talabi birinchi oringa chiqadi.

Yuqoridagi qarorga muvofiq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktabrdan boshlab un va qolipli non olish boyicha qoshimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 som) miqdorida kompensatsiya tolovi tolab beriladi. Berilayotgan kompensatsiya puxta hisob-kitob qilingan va unning narx oshgan qismini toliq qoplaydi.

Obiddin MAHMUDOV,

Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi masul xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: