O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.10.2012

OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH DOLZARB MASALA

FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGIDA XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISh KUNIGA BAG‘IShLANGAN MATBUOT KONFERENSIYASI BOLIB OTDI. UNDA TEGISHLI VAZIRLIK, IDORA HAMDA BMT TARAQQIYoT DASTURI MAS’UL XODIMLARI HAM IShTIROK ETDI.

Bugungi kunda insoniyat turli tahdidlar qurshovida yashamoqda. Shulardan biri tabiiy ofatdir.

Statistik malumotlarga kora, dunyoda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarning 40 foizini suv toshqini va sel, 15 foizini zilziladan aziyat chekkanlar tashkil etadi.

Malumki, tizimning asosiy vazifalaridan biri — atrof tabiiy muhit hamda yuqori darajada xavfli obektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirishdan iborat.

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan taqdim qilinadigan malumotlardan kelib chiqqan holda respublikamiz hududlarida zilzila va uning oqibatida yuzaga keladigan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini kamaytirish, aholini favqulodda vaziyatlarda togri harakatlanishga orgatish boyicha tadbirlarni tashkillashtirib boradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida malum ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Ozgidromet tomonidan taqdim etilgan ogohlantirish xatlari asosida yuzaga kelishi mumkin bolgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning xavfi togrisida aholini oz vaqtida xabardor etish maqsadida turli uyali aloqa kompaniyalari orqali joriy yil otgan davri davomida 49 marotaba «SMS» xabarlar aholiga yetkazildi.

Sel, toshqin va kochki hodisalari xavfi mavjud hududlar organib chiqilib, aholini xavfsiz hududlarga kochirish ishlari izchil ravishda amalga oshirildi. Aholining xavfli hududlarga kirib borishining oldini olish maqsadida jami 106 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etildi.

Profilaktik tadbirlar jarayonida 276 ta gidrotexnik inshoot, 233 ta daryo, soy va kanallar organib chiqilgan. Sel, suv toshqini bilan bogliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, daryo, kanal va soylarning qirgoqlarini mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 9 oyi mobaynida 2837,2 ming metr kub tuproq, 23103 metr kub tosh, 2958 metr kub beton materiallaridan foydalanildi va 1001,7 pog.km magistral kanal ozanlari tozalandi.

Togli hududlarda qor qatlamlari hajmini organish maqsadida, 18 marotaba aerovizul kuzatuv ishlari olib borildi.

Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hududlarida joylashgan 18 ta dam olish zonalari hamda respublikamizdagi 217 ta bolalar dam olish va soglomlashtirish maskanlari geologik va gidrometerologik xavfli jarayonlar bilan bogliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish boyicha tekshiruvdan otkazildi va amaliy yordam korsatildi.

Joriy yilning toqqiz oyi mobaynida jami 28 ta qomondonlik-shtab oquv mashqlari, 444 ta maxsus-taktik oquv mashqlari otkazilib, ularga 236638 nafar turli toifadagi aholi jalb etildi.

Butun jahon gidrometereologiya xizmati malumotiga kora, tabiiy ofatlar insoniyatga har yili 30 milliard AQSh dollari miqdorida iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Demak, tabiiy ofatlardan ogoh va hushyor bolib yashashimiz, uning xavfini kamaytirish uchun kerakli chora-tadbirlarni kormogimiz lozim.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: