O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.06.2018

OZBEKISTONDA YANGI TONG OTYAPTIMI?

Ahmad Rashidning nybooks.com The New York Review of Books — AQSh saytida chiqqan maqolasi ana shunday nomlanadi.

«O‘zbekiston asta-sekinlik bilan barcha muammolarini bartaraf etmoqda. Mintaqadagi vaziyat beqarorlashayotgan bir paytda Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tinchlik tarafdori ekani bilan butun dunyo e’tiborini tortmoqda.

Mart oyida Toshkentda Afgonistonda tinchlikni taminlash yuzasidan yirik xalqaro konferensiya otkazildi. Unda dunyoning yetakchi davlatlaridan vakillar ishtirok etdi.

Ozbekiston juda kuchli armiyaga ega. Shu sababli mintaqadagi nufuzli davlat sanaladi. Islohotchi Prezident boshchiligida bugun siyosiy va iqtisodiy tizimlarda ochiqlik taminlanmoqda.

Xalqaro ekspertlar Shavkat Mirziyoyev Ozbekistondagi mavjud boshqaruvni ozgartirmaydi, deb oylagan edi. Ammo uning harakatlari barchani, ayniqsa, oz fuqarolarini hayratga sola boshladi. Ilgari mamlakat qamoqxonalarida siyosiy mahbuslar saqlanardi. Xalqaro insonparvarlik tashkilotlari ularning yoniga yaqinlasha olmasdi. Otgan yildan boshlab siyosiy mahbuslar va jurnalistlar qamoqdan ozod etila boshlandi.

Mamlakat rivojlanishi uchun muhim bolgan yonalishlarda islohotlar davom etmoqda. Shavkat Mirziyoyevning sozlariga kora, paxta yigim-terimida bolalar mehnatidan foydalanishga butunlay barham berildi. Hukumat bosqichma-bosqich iqtisodiy ozgarishlarni izchil amalga oshirmoqda. Xalqaro valyutani olishga bolgan taqiq bekor qilindi. Diniy erkinlik taminlandi. Televideniye ustidan ornatilgan nazorat ham olib tashlandi.

Ushbu harakatlar xorijiy investorlarni jalb etish yolida qilinayotgan ishlarning bir qismidir. Endilikda investitsiyaviy muhitni yaxshilash yolida olib borilayotgan ulkan islohotlar sababli Ozbekiston tez orada rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi ehtimoli katta.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston boshqaruviga kelganidan song qoshni davlatlarning barchasiga safar uyushtirdi va ularni barcha sohalarda hamkorlikka davat etdi. Mart oyida Tojikistonga rasmiy tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat fuqarolariga ham qiyinchilik tugdirgan viza rejimini soddalashtirdi. Qirgiziston bilan munosabatlar ham iliqlashdi. Bir soz bilan aytganda, vaziyat tubdan ozgardi».

Temur AZAM tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: