O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.03.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT XAVFSIZLIGI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga ogishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bagrikenglik, tinchlik va osoyishtalik — demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.

Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida orin tutadi.

Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta’minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi.

Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yonalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini taminlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.

Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.

Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.

2. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yonalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;

bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;

yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini taminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;

Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taminlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi malumotlar oshkor bolishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogishmay rioya etilishini kafolatlaydigan tasirchan mexanizmlarni joriy qilish;

Ozbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;

mehnatga munosib haq tolash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

Ozbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;

Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

Ozbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoriqlash va himoya qilish;

Ozbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;

terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;

davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targib etishga qaratilgan buzgunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;

iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taminlash, Ozbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy manaviy merosini himoya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;

telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;

Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari boyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;

davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.

4. 2018 yil 1 apreldan quyidagi funksiyalar:

Ozbekiston Respublikasining ota muhim va toifalangan obektlarida qoriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish boyicha ishlarni bajarishga ruxsat berish Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga;

rejimli mudofaa obektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni tamirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida malumotnoma berish Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga otkazilsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF5308-son ?017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi togrisidagi Farmoniga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan Ozbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi malumot uchun qabul qilinsin.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2022 yillarda Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrogi va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.

8. Xizmat ikki oy muddatda:

Xizmat faoliyatini tashkil etish;

Xizmatning talim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;

Ozbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoriqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 14 mart

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son Farmoniga

1-ilova

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogining

TAVSIFI

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogi barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi toq kok rangli togri burchakli mato korinishiga ega.

Bayroq markazida geraldik belgi Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogining uzunligi 250 sm, eni 125 sm.

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi

PF-5379-son Farmoniga

2-ilova

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi geraldik belgi

TAVSIFI

Geraldik belgi Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi toq kok rangli aylana tasmasi bolgan kumush rang doiradan iborat.

Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: OZBEKISTON RESPUBLIKASI, pastki qismida: DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik manosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan.

Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi chozilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak korinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi togri chiziqlar tortilgan.

Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta halqa tasvirlangan.

Qalqon ortida simmetriya oqi boyicha tigi pastga yonaltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, shan, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.

Qilich kumush rangda. Qilich dastagi yettita xalqadan iborat bolib, ular Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.

Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogi tasvirlangan.

Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: