O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.02.2017

OZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISHNING HARAKATLAR STRATEGIYASI

beshta ustuvor yo‘nalish asosida mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kotaradi

Prezidentimizning «Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisida»gi farmoni butun xalqimiz tomonidan kotarinki ruhda, qizgin kutib olindi. Mazkur hujjat xalqimiz xohish-istaklarini ozida mujassam etgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ushbu strategiyaning mamlakatimiz taraqqiyoti, aholi farovonligini oshirishdagi orni haqida koplab fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

1

Sherzod ZULFIQOROV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi:

— Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, Harakatlar strategiyasi loyihasi keng omma muhokamasiga qoyildi. Bundan kozlangan asosiy maqsad davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga kotarish, islohotlarni chuqurlashtirish, bu masalada eng avvalo, xalqimizning fikrini bilish boldi.

Harakatlar strategiyasida beshta ustuvor yonalish belgilangan. Birinchi yonalish davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga qaratilgan. Buning zamirida inson huquq va erkinliklari, manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassamlashgan.

Prezidentimiz tomonidan inson manfaatlarini taminlash, uning qonuniy huquqlarini amalga oshirish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, Harakatlar strategiyasining asosiy yonalishlari belgilangan. Yani, shaxs, davlat va jamiyat uzviyligini taminlash birinchi oringa qoyilgan.

Harakatlar strategiyasining muhokamasi davomida 1300 dan ortiq taklif kelib tushgan bolsa, ularning asosiy qismi mazmunan ushbu hujjatda oz ifodasini topdi. Bu aholining siyosiy-huquqiy madaniyati oshib borayotgani, ertangi taqdiriga befarq emasligini korsatmoqda.

Harakatlar strategiyasi besh yil davomida yilma-yil amalga oshiriladi. Yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil boyicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda royobga chiqariladi.

Mazkur hujjatga nafaqat mamlakatimizda, balki xorijlik ekspertlar tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda. Uning qabul qilinish jarayoniga demokratiyaning muhim belgisi sifatida baho berildi. Bularning barchasi Ozbekiston taraqqiyotda yangi bosqichga kotarilayotganidan dalolat beradi.

2

Nodira HAKIMOVA, Fuqarolik ishlari boyicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi:

Harakatlar strategiyasining ikkinchi yonalishi qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat.

Malumki, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda sud tizimi muhim orin tutadi. Chunki odam biror muammoga duch kelsa, sudga murojaat qiladi. Shu bois bu masala ikkinchi asosiy yonalish sifatida etirof etilgan. Hujjatda sudlarning tom manodagi mustaqilligini taminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida etibor qaratilgan.

Sudlarning shaffofligini taminlash aholi murojaatlarini hal etishning yangi mexanizmlarini joriy etishni talab qiladi. Shu maqsadda mamuriy sudlarni, xojalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini tasis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashuvini va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

Bu vazifalar alohida belgilab qoyilishi zamirida eng avvalo, xalqimizning qonuniy manfaatlarini taminlash masalasi yotibdi.

3

Zafar AZIMOV, Markaziy bank departament direktori orinbosari:

Harakatlar strategiyasida belgilangan uchinchi yonalish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan masalalarni oz ichiga oladi.

Aytish kerakki, bu borada bank sohasi oldida ham muhim vazifalar turibdi. Xususan, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash, ularni kredit bilan taminlash faoliyatimizning asosiy yonalishidir. Birgina 2017 yilda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlar uchun qariyb 17 trillion somlik kreditlar ajratilishi kozda tutilgan.

Agar yonalishlarga etibor qaratadigan bolsak, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik uchun joriy yilda 650 milliard som, qoramolchilik, echkichilik, quyonchilik hamda issiqxonalar tashkil etishga 400 milliard som kreditlar berilishi rejalashtirilgan.

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 1 trillion som yoki xizmat korsatish va servis sohasini kuchaytirishga 1 trillion 2 milliard som kredit ajratiladi.

Harakat strategiyasidan kelib chiqib, joriy yilga moljallab qabul qilingan davlat dasturida yana koplab masalalar belgilangan. Shulardan biri 10 mingdan ortiq kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etgan holda ularga oz ishini yolga qoyish uchun kreditlar ajratilishidir. Mamlakatimizda yanada koproq bitiruvchilarga kredit berish imkoniyati bor. Faqat bu borada tashabbuslar bolishi kerak. Bitiruvchilarga biznes-rejalarni tuzish, tadbirkorlikning samarador yonalishlarini tushuntirish lozim. Ana shunda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini sozsiz taminlashga erishamiz, deb oylayman.

4

Botir ALIMUHAMEDOV, Mehnat vazirligi ilmiy markazi direktori orinbosari:

Harakatlar strategiyasining tortinchi yonalishi ijtimoiy sohaga qaratilgan. Unda aholini ish bilan taminlashning amaliy va tasirchan choralarini korish boyicha muhim masalalar belgilangan. Yangi ish orinlari tashkil etishda hududlarda sanoat loyihalarini amalga oshirish, xizmat korsatish sohasi, qurilish va qishloq xojaligini jadal rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

2017 yilda 345 ming barqaror ish orinlari yaratilishi kozda tutilgan. Yana bir muhim yonalish aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali ish orinlari yaratishdir. Joriy yil tadbirkorlik sohasida 97 ming ish orni yaratish rejalashtirilgan. Qishloq hududlarida tomorqalardan samarali foydalanish masalasi ham juda dolzarbdir. Etibor bering, Ozbekistonda 3 million 500 mingdan ortiq tomorqa bor. Agar oilalarga 100 donadan parranda berish amaliyoti joriy etilsa, har bir oila bir yilda qariyb 3 million som qoshimcha daromad olish imkoniyatiga ega boladi.

Hozirda tijorat banklari xodimlari uyma-uy yurib, aholining ehtiyojlarini organishmoqda. Bu ham yangi ish orinlari yaratilishiga asos boladi. Yana bir yonalish kichik korxona va fermer xojaliklariga turli imtiyozlar berish orqali ish joylari ochishdan iborat.

Joriy yilda faoliyati toxtagan korxonalarni tiklash orqali 44 ming ish orni yaratish kozda tutilgan. Har bir ish orni odamlar uchun imkoniyat, daromad degani. Shuning uchun Harakatlar strategiyasida aholi bandligini taminlash, yangi va barqaror ish orinlari tashkil etish masalalariga alohida etibor qaratilgan va bu juda muhim, deb oylayman.

5

Nasriddin MUHAMMADIYEV, Respublika baynalmilal madaniyat markazi rahbari:

Mazkur hujjatning beshinchi yonalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash, ozaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish masalalarini oz ichiga oladi.

Albatta, kelgusi besh yillikdagi taraqqiyotimiz konsepsiyasiga millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik masalalarining alohida kiritilishi bejiz emas. Chunki dunyodagi notinchliklar, qarama-qarshiliklar, diniy nizolar bilan bogliq muammolar hamon davom etmoqda.

Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. Ularning huquq va erkinliklarini taminlash borasida koplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi tahlikali zamon bu yonalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etadi. Shu bois baynalmilal madaniyat markazi va uning qoshidagi milliy madaniy markazlarning faoliyatini tubdan takomillashtirish, xalqlar ortasidagi dostlik va birodarlik, hamkorlikni yanada kuchaytirish, tasirchan targibot usullaridan foydalanish, ayniqsa, yoshlarimizni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash ustuvor vazifalarimizdan hisoblanadi. Bu oz navbatida davlatimizning jahon hamjamiyatidagi orni va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: