O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.09.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 25 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OZBEKISTON XALQIGA BAYRAM TABRIGI

Aziz vatandoshlar!

Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yolini ochib bergan Ozbekiston davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman.

Qadrli dostlar!

Barchamizga ayonki, mustaqillik hech qaysi xalq, hech qaysi millat tarixida osonlik bilan qolga kiritilgan emas. Bu haqiqatni chuqur anglaydigan xalqimiz shu kurashda fidoyilik korsatgan, qurbon bolgan ota-bobolarimizning xotirasini qalbida abadiy saqlaydi.

Ayni shu kunlarda ozini oqlamagan eski tuzumdan yangi tizimga otish davrini eslar ekanmiz, boshimizdan kechirgan mashaqqatli kunlar va ogir sinovlar beixtiyor koz ongimizdan otadi.

Ayniqsa, sobiq tuzum asoratlari tufayli respublikamizda ahvol naqadar xatarli tus olganini avvalo ta’minot masalasi butunlay izdan chiqib, xalqimizni boqish uchun bor-yogi bir hafta-on kunga yetadigan un zaxirasi qolgani, tartib-intizom boshashib, turli qoporuvchi va galamis kuchlar bosh kotarib, yurtimiz deyarli jar yoqasiga kelib qolgani misolida tasavvur qilish qiyin emas.

Ana shunday ota tahlikali vaziyatda ham biz oz tanlagan yolimizdan — mustaqillik yolidan qaytmadik. Chunki biz yaxshi tushunardik hayot-mamotimiz hal bolayotgan ayni shunday damlarda qiyinchilik va tosiqlar oldida bosh kelish bu hozirgi va kelajak avlodlar oldida xiyonat qilish bilan barobar bolur edi.

Ayni shu paytlarda xalqimiz ozining qatiyati va matonatini amalda namoyish etib, Ozbekistonimizning yorug va buyuk kelajagiga ishonchini yoqotgani yoq va inshoollo, hech qachon yoqotmaydi.

Haqiqatan ham, mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, ahvolimiz qanday ogir va xavf-xatarli bolmasin, har qadamda paydo bolayotgan tosiq va govlarni, turli muammolarni yechish bilan band bolishdan qati nazar, mamlakatimizning bugungi kuni va istiqboliga javob beradigan, chuqur oylangan strategiyamiz ustida ishimizni toxtatganimiz yoq.

Biz oldimizga qoygan buyuk maqsadlarga erishishda erkin, demokratik davlat qurish, bozor iqtisodiyotiga otish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda, mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kotarish yolida shoshma-shosharlik va pala-partish ishlarga yol qoymadik, jahondagi ilgor tajribalarni organib, lekin kimdandir kor-korona nusxa olganimiz yoq. Bu borada chuqur manoga ega bolgan «Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun» degan goya asosida el-yurtimizga xos xususiyatlar, shart-sharoitlarga mos bolgan, xalqaro maydonda ozbek modeli deb tan olingan, uzoqni kozlagan yolni ozimizga maqul topdik va uni amalga oshirishga kirishdik.

Biz tanlagan yol mashhur besh prinsipga asoslangan taraqqiyot strategiyasi naqadar togri ekanini, ogir sinovlardan otib, mamlakatimiz rivoji uchun mustahkam zamin bolib qolganini hayotimizning ozi isbotlab bermoqda. Buning tasdigini mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridan boshlab eng otkir va hal qiluvchi masala zamon talabiga javob beradigan yangi avlod kadrlarini tayyorlash vazifasi misolida yaqqol kuzatish mumkin.

Agarki biz 19 yil oldin eski qolip va asoratlardan voz kechib, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi bolgan Maktab talimini rivojlantirish umummilliy dasturini qabul qilib, talim-tarbiya tizimini tubdan ozgartirmasak, buning uchun davlatimiz va butun jamoatchiligimizning kuch va imkoniyatlarini safarbar etmasak, bugungi ahvolimiz qay darajada bolishini tasavvur qilish qiyin emas.

Hech ikkilanmasdan aytishga barcha asoslarimiz bor hozirgi kunda litsey va kollejlarni, oliy oquv yurtlarini bitirib chiqayotgan, hayotga yangicha qaraydigan ming-minglab yoshlarimiz biz uchun, kelajagimiz uchun togdek tayanch bolib, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bolib maydonga chiqmoqda.

Vatanimizning kelajagi va taqdirini oz qoliga olishga qodir bolgan bunday yangi avlodni tarbiyalashga qaratilgan dasturlarni oz vaqtida qabul qilganimiz va davlat siyosati darajasiga kotarganimiz yangi jamiyat qurishimizda haqiqatan ham hal qiluvchi rol oynamoqda.

Tarixan qisqa davrda Ozbekiston ilgarigi ozini boqishga, ozini himoya qilishga qurbi yetmagan, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olib, aholining hayot darajasi goyat achinarli ahvolga tushib qolgan qoloq respublikadan bugungi kunda tez va barqaror suratlar bilan taraqqiy etib borayotgan, jahon hamjamiyatida oziga munosib orin egallagan, qudratli davlatga aylanib bormoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar osdi, uning tarkibida sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizga yetdi, jahon miqyosidagi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotimizning osish suratlari oxirgi 11 yil davomida kamdan-kam davlatlar qatorida 8 foizdan kam bolmasdan kelmoqda. Aytish kerak, 2016 yilning birinchi yarmi yakunlari boyicha hisob-kitoblar shuni korsatmoqdaki, joriy yilda ham osish suratlarimiz bundan past bolmaydi.

Eng muhimi, otgan davr mobaynida odamlarimizning salomatligi mustahkamlanib, onalar olimi 3,2 barobar, bolalar olimi 3,4 barobar kamaygani, ortacha umr korish darajasi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar ortasida 76 yoshga uzaygani, aholimizning soni 2016 yilning oxirigacha 32 milliondan oshib ketishi, yani mustaqillik yillarida xalqimiz 12 millionga kopaygani bizning qanday katta yuksalish yolini bosib otganimizni, el-yurtimizning hayot sifati va farovonligi osib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Bularning barchasi avvalo mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati evaziga amalga oshirilmoqda va mamlakatimiz ozining barqaror rivojlanish suratlari bilan xalqaro jamoatchilikni hayratda qoldirmoqda.

Muhtaram yurtdoshlar!

Barchamiz yaxshi tushunamiz biz erishayotgan ulkan marra va natijalar kozlagan maqsadlarimizning faqat malum bir qismini tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda tez suratlar bilan ozgarib borayotgan davr, dunyo bozorlarida noaniqlik, beqarorlik va inqiroz davom etayotgani, raqobat kuchayib, shafqatsiz tus olayotgani, xomashyo narxining pasayib borayotgani bunday holatlar barchamizdan, avvalo, rahbarlik va yetakchi lavozimlarda otirgan shaxslardan eski qarash va yondashuvlardan, ish uslublaridan butunlay voz kechib, yangicha fikrlashni, ishni tashkil qilish va boshqaruv tizimini zamon talablari darajasiga kotarishni taqozo etmoqda.

Eng avvalo, mamlakatimizni demokratik yangilash, modernizatsiya qilish, uning raqobatdoshligini oshirish yolida boshlagan islohotlarimizni davom ettirish, iqtisodiyotimizda tarkibiy ozgarishlarni chuqurlashtirish va unda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning ulushini kengaytirish va uning ustuvorligini taminlash vazifalari hal qiluvchi orin tutishi zarur. Shular qatorida xususiy tadbirkorlik va kichik biznes samarasini oshirish, xorijiy investitsiyalar hajmini kopaytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyalarni joriy etish maqsadida mamlakatimizda yaratilgan imtiyozlarni yanada kengaytirish vazifalari doimo etiborimiz markazida turishi darkor.

Bugungi kunda yaqin va uzoq atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib, turli mojaro va qon tokishlar davom etayotgani, terrorizm, ekstremizm va narkotrafik xavfi tobora keskinlashib borayotgani har birimizni tashvishga solmasdan qoymaydi va barchamizdan hamisha hushyor va ogoh bolib yashashni talab etadi.

Vujudga kelayotgan mana shunday murakkab sharoitda Ozbekistonimizning xavfsizligini, chegaralarimiz daxlsizligini taminlash, turli balo-qazolarni ostonamizga yolatmaslik, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo hamjihatlik, ozaro hurmat, mehr-oqibat muhitini koz qorachigidek saqlash, Bizga tinchlik va omonlik kerak degan ezgu davatni barchamizning burchimiz va ustuvor vazifamiz sifatida amalga oshirishimiz zarur.

Ozbekistonda olib borilayotgan tashqi siyosatning asosiy yonalishlari sifatida biz boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va paydo bolayotgan qarama-qarshilik va ziddiyatlarni tinch, siyosiy kelishuvlar yoli bilan yechish tarafdorimiz.

Turli harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qoshilmaslik, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga va harbiylarimizning chegaralarimizdan tashqaridagi hududlarda bolishiga yol qoymaslikni ozimiz uchun maqul, deb bilamiz.

Biz mustaqillik yillarida yaqin va uzoq qoshnilarimiz bilan ozaro hurmat, ozaro manfaatlarni tan olish asosida olib borayotgan aloqalarimizni, avvalo hamkorlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashga harakat qilib kelganmiz va ayni shunday siyosatni davom ettirishga tayyormiz.

Aziz vatandoshlar!

Shu kunlarda butun xalqimiz Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bolib otgan XXXI yozgi Olimpiada oyinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medalini qolga kiritib, buyuk galabaga erishgan sportchi yoshlarimizni qizgin qutlamoqda. Dunyodagi 206 ta mamlakatdan kelgan manaman degan sportchilar bilan bolgan keskin bellashuvlarda oglonlarimizning korsatgan mardligi va fidoyiligi, mahorati va matonati, ona Vatanimizga muhabbati ming-minglab yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat namunasi boldi, deb gurur va iftixor bilan baralla aytishga barchamiz haqlimiz.

Vatanimiz bayrogini baland kotarib, Ozbekiston yoshlarining dunyoda hech kimdan kam emasligini butun jahonga namoyish etgan mohir sportchilarimizga, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylariga, milliy olimpiya terma jamoamizning barcha azolariga chin qalbimdan chuqur minnatdorlik bildiraman.

Siz, yoshlarimizga, mening aziz farzandlarimga qaratib aytmoqchiman: bosh kelmang, azizlarim, davr bizniki, marra bizniki!

Qadrli va muhtaram vatandoshlarim!

Sizlarni, butun xalqimizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga, el-yurtimizga fayzu baraka tilayman.

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning ozi qollasin, ozi madadkor bolsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bolsin!

Mustaqilligimiz abadiy bolsin!

Islom KARIMOV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: