O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.04.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI LAVOZIMIGA KIRISHISH TANTANALI MAROSIMIGA BAGISHLANGAN OLIY MAJLIS PALATALARINING QOSHMA MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

Toshkentda 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisi bolib otdi.

Tantanali marosimda Ozbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi azolari, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qoshma majlisni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. U 2015 yil 29 mart kuni bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Islom Abduganiyevich Karimov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligini qayd etdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bolganlar va saylovchilar nomidan Islom Karimovni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi va Islom Karimovga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirdi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «Ozbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Tantanali marosimda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq sozladi.

Shundan song raislik qiluvchi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoshma majlisini yopiq, deb elon qildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqimiz davlatimiz siyosatini, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni keng qollab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi. Saylovchilar ushbu muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi, Vatanimizning buyuk kelajagi uchun ovoz berdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: