O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.03.2015

XALQARO KUZATUVCHILAR

saylovlar qonuniy va adolatli o‘tkazilishining muhim institutidir

29 mart kuni bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlarini qator xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar vakillari kuzatib bormoqda.

Xalqaro kuzatuvchilarning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Ular qaysi xalqaro tashkilotlardan tashrif buyuradi? Umuman, xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonida qanday orin tutadi?

Ana Shunday savollar bilan Toshkent davlat yuridik universiteti katta oqituvchisi, yuridik fanlar nomzodi Xushvaqt HAYITOVga murojaat qildik.

— «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida»gi qonunning 5-moddasiga kora, Prezident sayloviga tayyorgarlik korish hamda uni otkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradi, deydi u. Ya’ni, saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega. Xalqaro tashkilotlar va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar saylov jarayonidagi oshkoralik va shaffoflikni taminlashda muhim orin tutadi.

Umuman, dunyoda saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishining huquqiy asoslari nimalardan iborat?

Dunyoda saylov jarayonlariga xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etishi, 1990 yil 26 iyunda qabul qilingan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Insoniylik mezonlari boyicha Kopengagen hujjati asosida mustahkamlangan.

Mazkur hujjatning 8-bandiga kora, ishtirokchi davlatlar saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov jarayonlarining obrosini oshiradi, deb hisoblanadi. Shuning uchun otkazilayotgan saylovlarni kuzatib borish uchun, xohishiga kora, ishtirokchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari taklif qilinadi.

Ozbekiston ham xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida kopgina umumetirof etilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Insoniylik mezonlari boyicha Kopengagen hujjati, Parlamentlararo ittifoq kengashi qabul qilgan Erkin va adolatli saylov mezonlari togrisidagi deklaratsiya va boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda saylov otkazishning asosiy prinsip va qoidalari, saylovchilar huquqlari kafolatlari kabi muhim masalalar nazarda tutilgan. Ushbu hujjatlardagi asosiy talablar milliy saylov tizimimizga tatbiq qilingan.

Aynan mazkur xalqaro hujjatlarning mamlakatimizda tatbiq etilishi hamda Ozbekistonda shakllangan saylovga oid tajriba xalqaro kuzatuvchilarning asosiy etiboridagi masala hisoblanadi.

Xalqaro kuzatuvchilarning Markaziy saylov komissiyasida akkreditatsiyadan otish tartibi qanday?

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar togrisidagi nizom kuzatuvchilarni royxatga olish va ular faoliyatini tashkil etish bilan bogliq jarayonlarni tartibga soladi. Unga kora, xalqaro kuzatuvchilar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatdan otkaziladi. Ularni royxatdan otkazish togrisidagi ariza Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Arizada kuzatuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, shuningdek, Ozbekiston Respublikasida bolishining taxminiy joyi va muddati korsatilishi lozim.

Xalqaro kuzatuvchilarni royxatdan otkazish togrisidagi qarorni Markaziy saylov komissiyasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga asosan qabul qiladi. Markaziy saylov komissiyasi kuzatuvchilarga ularning saylov kampaniyasi davridagi faoliyatlari uchun asos boladigan tegishli namunadagi mandatni beradi. Kuzatuvchilar oz faoliyatlarini royxatga olingan kundan boshlab amalga oshirishga haqli va ularning faoliyati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari elon qilinguniga qadar davom etadi.

Xalqaro kuzatuvchi deganda rasman chet davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan saylov jarayonlarining qonuniy va shaffof otkazilishini kuzatish maqsadida yuborilgan hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan otgan chet el fuqarolari tushuniladi.

Xalqaro kuzatuvchilar qanday huquq va majburiyatlarga ega?

Xalqaro kuzatuvchilar Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish boyicha otkaziladigan yigilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida ishtirok etish, saylov uchastkalarida hozir bolish va tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi hamda muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlari berilishini kuzatish huquqidan foydalanadi. Shuningdek, ovozlarni sanab chiqish va uchastka saylov komissiyasi bayonnomasini tuzish paytida hozir bolish, saylov natijalari haqidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini sorash va ularni olish, agar saylov uchastkasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonun buzilgan, deb hisoblash uchun asos mavjud bolsa, oz kuzatuvlari haqida yuqori turuvchi komissiyaga malum qilishga haqli.

Xalqaro kuzatuvchilar saylovchi saylov byulleteniga oz belgisini qoyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bolishi, saylovchilarga tasir otkazishi, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatishi mumkin emas. Bundan tashqari, saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoyishda biron-bir tarzda yordam korsatish, uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish taqiqlanadi.

Mazkur huquq va majburiyatlarni amalga oshirish orqali kuzatuvchilar saylov jarayonlarining ochiq va oshkora otishiga xizmat qiladi. Kuzatuvchilar mamlakatimiz hududida bolgan paytlarida Ozbekiston Respublikasi himoyasida boladi. Yani, ularning faoliyatiga tosqinlik qilish yoki boshqacha usulda ularga tazyiq otkazishga yol qoyilmaydi. Kuzatuvchilar kuzatuvni mustaqil amalga oshiradi hamda ularga Tashqi ishlar vazirligi va saylov komissiyalari oz vakolatlarini amalga oshirishlarida komaklashadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qaysi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin?

Shuni qayd etish lozimki, xalqaro hamjamiyatning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga bolgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.

Bu galgi saylovda ham xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan koplab kuzatuvchilar ishtirok etadi. Xususan, saylov jarayonlarida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi missiyasi azolari va MDHning uzoq muddatli kuzatuvchilari, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti vakillari ishtirok etishi mumkin.

Kuzatuvchilar yurtimizning barcha hududlarida saylovga korilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishib, siyosiy partiyalar, Prezidentlikka nomzodlar uchun yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlar bilan tanishmoqda.

Aytish kerakki, xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayoni boyicha oz xulosalarini tayyorlaydi. Xulosalar kuzatuvchilar tomonidan ularni yuborgan tashkilotlarga umumlashtirish uchun taqdim etiladi. Har bir xalqaro tashkilot oz vakillarining xulosalari asosida yakuniy hisobotini rasman elon qiladi. Ushbu hisobotda erishilgan ijobiy yutuqlar hamda yol qoyilgan kamchiliklar korsatilib, saylov jarayonini takomillashtirishga oid tavsiyalar berilishi mumkin. Mazkur tavsiyalardan davlatlarning milliy manfaatlarini etiborga olgan holda saylov amaliyotini yanada takomillashtirishda foydalaniladi.

Qonunchiligimizda saylov jarayonlarining haqqoniy va adolatli otkazilishiga xizmat qiladigan oshkoralik prinsipi mustahkamlangan. Ushbu prinsip asosida saylov jarayonlari mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan kuzatib boriladi. Ushbu kuzatuvlar saylov jarayonlarining qonuniy va adolatli otkazilishiga ishonchli himoya bolib xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: