O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
08.10.2019

TURKIY DAVLATLAR IShBILARMONLARI TOShKENTDA YIGILDI

Poytaxtimizda Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi hamda Investitsiya va biznes forumi bo‘lib otdi.

Mazkur anjumanlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil sentabr oyida kengashning Cholponota shahrida bolib otgan sammitida ilgari surilgan tashabbusi doirasida ilk bor tashkil etildi. Tadbirda Turkiy kengashga a’zo mamlakatlar ishbilarmon doiralarining 300 nafarga yaqin, shuningdek, Ozbekiston tomonidan vazirlik va idoralar, tadbirkorlik subyektlarining 200 dan ortiq vakili ishtirok etdi.

Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov mehmonlarni qutlarkan, Turkiy kengash azo davlatlar ortasida amaliy hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo, investitsiya, innovatsiya, transport, turizm, madaniy va gumanitar almashinuv sohalarini rivojlantirishga yordam beruvchi samarali mintaqaviy tuzilma ekanini takidladi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bagdat Amreyev, oz navbatida, Ozbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yaxshilash borasida olib borilayotgan keng kolamli ishlarni yuqori baholadi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi oz atrofida turkiy davlatlarni birlashtirgan yirik xalqaro tashkilotdir. Tuzilmaning asosiy maqsadi azo mamlakatlar ortasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Ayni payt kengashga tort davlat – Ozarbayjon, Qozogiston, Qirgiziston va Turkiya azo. Vengriya kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilot tarkibiga Istanbulda joylashgan Davlat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi, yuqori martabali shaxslar qomitasi, Turkiyzabon davlatlar oqsoqollar kengashi va kotibiyat kiradi. Mamlakatimizni turkiy tilli davlatlar bilan kop asrlik tarix boglab turadi, deydi anjumanda kuzatuvchi sifatida qatnashayotgan davlat Vengriya vakili, Budapesht Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi azosi Yozef Kovach. Biz ushbu mintaqani, xususan, Ozbekistonni ozimiz uchun har tomonlama yaqin hamkor sifatida etirof etamiz. Kengash doirasidagi tadbirlarda kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan davrimizda Vengriya uchun juda kop imkoniyatlar ochildi. Yaqin orada tashkilotning tolaqonli azosi bolishdan umidvormiz. Budapesht Savdo-sanoat palatasi otgan asrning 50-yillarida tashkil etilgan bolsa-da, faqat songgi 15 yilda rivojlanish bosqichiga kotarildi. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga azolik biz uchun taraqqiyotning yangi sahifasini ochishi, shubhasiz.

Kengash azolarining bu galgi uchrashuvida azo davlatlar tashkilotlari ortasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni, ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat va tadbirkorlik sohalarida mintaqaviy munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Turkiy savdo palatalari faoliyatining asosiy yonalishlari belgilab olindi.

Majlisda kengash faoliyati azo mamlakatlarning mintaqalararo hamkorligini kengaytirishga yonaltirilgani qayd etildi.

Tomonlar Ozbekiston Savdo-sanoat palatasining Turkiy Savdo palatasi azoligiga kirishi masalasini muhokama qildi. 2019 yil 14-15 oktabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bolib otadigan Turkiy kengashning 7-sammiti doirasidagi Turkiy Savdo palatasi azolari yigilishida tegishli kop tomonlama memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.

Ozbekistonning kengashga azo bolishi savdo va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoit yaratishga, mahsulot, kapital, xizmat va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich otish uchun bojxona va tranzit tartib-qoidalarini, moliya-bank amaliyotini soddalashtirishga xizmat qilishi takidlandi.

Turkiy kengash rahbariyatining fikricha, Ozbekistonning ushbu tashkilotga kirishi tarixiy voqea. Bu kengash faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, turkiyzabon davlatlar ortasidagi hamkorlikni yangi bosqichga kotarishga yordam beradi.

Joriy yil 14 sentabr kuni Ozbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish togrisidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi. Shu bilan mamlakatimiz tashkilotning tola huquqli azosiga aylandi.

Ishbilarmonlar kengashi yigilishi doirasida Investitsiya va biznes forumi ham bolib otdi. Unda 500 dan ziyod ishtirokchi, jumladan, kengashga azo davlatlar savdo-sanoat palatalari raislari, yuqori darajadagi hukumat vakillari, azo mamlakatlardan ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Forum turkiy dunyo ishbilarmon doiralari ortasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun mustahkam platforma yaratishga, Ozbekiston va turkiyzabon davlatlar ortasida tadbirkorlik, savdo, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar, jumladan, iqtisodiyot va valyuta bozorini liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni qollab-quvvatlash, kichik va orta biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Mehmonlar Ozbekistonda iqtisodiy osishning ijobiy suratini takidlab, hukumatning iqtisodiyotni erkinlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun zarur shart-sharoit yaratish borasidagi say-harakatini yuqori baholadi.

Investitsiya va biznes forumi doirasida, shuningdek, turkiyzabon davlatlar ishbilarmon doiralari ishtirokida "B2B" formatdagi uchrashuvlar bolib otdi. Muloqotlar davomida tomonlar mamlakatlararo munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda, xususan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qishloq xojaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yonalishlaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Gayrat XONNAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: