O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
08.10.2019

ESKI QOIDALAR BILAN TARAQQIYOTGA ERISHIB BOLMAYDI

Bank tizimida uzoq yillar ishlagan iqtisod fanlari doktori, professor Ashur Qodirov nima sababdan O‘zXDPga a’zo bolmoqchi? U bu yilgi saylovlar, deputatlikka nomzodlar haqida qanday fikrda? Muxbirimiz ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildi.

— Ashur Qodirovich, nima sababdan oz siyosiy pozitsiyangizni ozgartirdingiz?

Yoshim yetmishni qoralab turgan bolsa ham men oz grajdanlik pozitsiyamni ozgartirganim yoq. XDPning Saylovoldi dasturi mening 13 yildan buyon OzLiDeP safida amalga oshirishga harakat qilib kelgan takliflarimni qamrab olganligini bilib shunday yol tutyapman. Partiyalararo debatlarni korib, dasturi bilan tanishib, Xalq demokratik partiyasi safida bolishga qaror qildim. Bu partiyaning goyalari mening qarashlarimga mosligi uchun shunday qarorga keldim.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha harakatlar strategiyasida qayd etilgan «Agar xalq boy bolsa, davlat ham boy va kuchli boladi», degan tamoyilga amal qilib, Respublika iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish orqali modernizatsiya qilish jarayonida oila iqtisodiyotini mustahkamlash orqali xalqni boy qilish goyasi partiyaning saylovoldi dasturida ustuvor, deb bildim.

Shuni aytishim kerakki, men XDPga azo bolayotganim uchun OzLiDeP va uning siyosiy kengashini tanqid qilmoqchi emasman. Chunki mazkur partiya oz dasturiga amal qilib, jamiyatni iqtisodiy rivojlantirishga imkon qadar qatnashib kelmoqda. Yangi tadbirkorlik subyektlarining paydo bolishi va minglab ish joylarini yaratib, davlat byudjetiga soliq tolash bazasini kengaytirish ham xalqni boyitishga qaratilgan. Demak, kimdir togridan-togri xalq bilan hamkorlikda bolib, uning muammolarini hal etishga kirishsa, boshqa bir partiya tadbirkorlikni rivojlantirish orqali davlatni boyitishni oziga vazifa qilib oladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov oldidan mening bir siyosiy partiya safidan chiqib, ikkinchisiga kirishim, xalqimizning bolajak saylovlarga yanada etiborliroq bolishga ham ozgina bolsa-da turtki beradi, deb oylayman. Chunki har birimiz qaysi partiya safidaligimizni, nega aynan shu partiyani tanlaganimizni chuqur anglab, aniq bilishimiz zarur. Nomiga partiyaga azo bolish yoki oz siyosiy burchiga etiborsiz qarash hech kimga, hech bir partiyaga foyda keltirmaydi.

Saylovlar haqida gap boshladingiz, siz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Mahalliy kengashlariga saylov orqali qanday ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hal bolishini xohlardingiz?

Mana, uch yil bolyapti, Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotdagi kamchiliklar aniq korsatilmoqda. Ularni bartaraf etish, albatta, vaqt talab etadi. Ammo eski qonunchilik bazasi yangi Ozbekistonning qurilishiga tosqinlik qilayotganini hayot korsatmoqda. Navbatdagi saylovda saylangan deputatlar aynan iqtisodiyotdagi muammolarni bartaraf etishning qonunchilik asosini yaratadi va mahalliy Kengash deputatlari qabul qilingan qonunlar ijrosi ustidan nazorat ishlarini kuchaytiradi, deb umid qilaman.

Prezidentimiz 2016 yili ozining saylovoldi dasturida xalq bilan muloqotni yolga qoyib, qancha muammolar yigilib qolganligini korsatdi va 2017 yilni Ozbekistonda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qildi. Bu boradagi ishlar bugun ham davom etmoqda. Endi oylab koraylik. Prezident xalq bilan muloqot qilish zarurligini korsatib, amalda isbotlab berdi va Oliy Majlis deputatlari oz saylovchilari bilan doimiy muloqotda bolib, ularning talab va istaklarini amalga oshirishi kerakligini qayta-qayta takidladi. Shuningdek, hukumat rahbarini tanlash, uning hisobotini eshitib, muhokama qilish, vazirlarni tanlash va hisobotini eshitish Oliy Majlisga nima uchun yuklandi? Deputat xalq vakili sifatida hukumat azolarini tasdiqlaydi, hisobotlarini eshitadi. Aholi talablarini hukumat oldiga qoyadi... Bu vazifalar qanday bajarilishi xalqimiz qanday deputatlarni tanlashiga bogliq.

Aholi talablarini hukumatning yuqori pogonalarida hal qilishiga irodasi yetamaydigan deputatlarni saylasak, kelajakda yolni tamirlash, suv chiqarish, elektr otkazish, maktabni tamirlash va shunga oxshash yuzlab talablar bilan qayerga boramiz? Qachon deputatlarimiz chinakamiga xalq deputatlariga aylanadi? Saylov jarayonida talablarimizga javob beradigan munosib insonlarni tanlab, ovoz bersak, bunga erishiladi.

Ovoz berishdan oldin oylaylik, deputatlikka nomzodning tajribasi, dunyoqarashi, bilimi, mardligi qanday darajada? Aks holda, bizning ovoz berishimiz bilan deputat bolib olgan nomzodimiz yaqin besh yilda qorasini ham korsatmasligi, birorta ham muhim masalani hal etmasligi, asosli takliflar bildirmasligi mumkin. Bugun deputatga qoyiladigan vazifa va talab butkul ozgardi.

Yangi Ozbekistonni qurish strategiyasi qonunchilik bazasini takomillashtirishni va yangilari qabul qilinishini talab etadi. Ayniqsa, 28 yilda yaratilgan qonun osti hujjatlarining kopi kun talabiga togri kelmay qolganini biladigan, buni dadil aytadigan deputatlar kerak.

Qanday xususiyatli insonlar nomzodini deputatlikka qoyishimiz kerak, deb oylaysiz?

Bolajak saylovlarda barcha partiyalar parlamentda kop orin olishga harakat qilib, nomzodlar orasida qattiq kurash ketadi. Shunda kuchlilarning kuchlisi galaba qozonadi.

Nomzod partiya dasturini yaxshi ozlashtirgan bolib, uni amalga oshirish uchun nima ishlarni bajarish kerakligini oziga tasavvur eta olishi darkor. Shunga munosib ravishda bilimi va tajribaga ega bolishi talab etiladi. Yangi Ozbekistonning huquqiy asosini yaratuvchi deputatlar saylovchilar talabini vazirlikka keltirib beruvchi pochtalon” bolmay, vaqti va jonini ayamay, halovat bilmay xalq talabini bajartira oladigan shaxs bolishi kerak.

Nega endi deputat oz saylov okrugidan Toshkentga kelgan kasalni yashab turgan hududida tez va sifatli davolanishi yollarini topib, tadbir qila olmaydi? Yoki Oliy Majlis deputatlari nima uchun oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, goshtning narxini pasaytirishga xizmat qiluvchi takliflarni aytishmaydi?.. Xulosa bitta. Xalq ishondimi, bu sharafga munosib bolish kerak. Ishonchni oqlash shart.

Kimni deputat etib saylash esa fuqarolarning siyosiy, huquqiy bilimi, oz taqdiri va kelajagiga qanchalik masuliyat bilan yondashuviga bogliq.

Abdi QODIROV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: