O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
08.10.2019

FERMERLAR NOROZI: KIM HAQ?

«— Men 1995 yilda tumanimizning Mevali massivida fermer xo‘jaligi tashkil etgan edim, deb yozadi Past Dargom tumanidagi sobiq Taraqqiyot» fermer xojaligi rahbari Davron Goyimov tahririyatga yollagan shikoyat xatida. Dastlab 15 gektar yer maydonida ish boshladim. 2019 yilda esa tenderda qatnashib, golib bolganimiz sabab, sugoriladigan yerlarimiz 155 gektarga yetdi. Tender natijasi boyicha tuman hokimining qarori chiqarildi. Ayrim yillardagi ob-havo noqulayligini hisobga olmasak, belgilangan reja-topshiriqlarni doimiy ravishda bajarib keldik.

Bu yil ham davlatga pilla topshirish rejasini oshirib uddaladik. 78 gektar maydonda galla yetishtirdik. 67 gektar maydonga chigit ekdik. Jomboy tumanidagi Amin invest tekstel klasteri bilan shartnoma asosida ishladik. Ammo galla orimi arafasida tuman hokimi qarori asosida bizning barcha yerlarimizni olib qoyishdi. Sababini soraganimizda tuman hokimligidagilar bu holni paxta ekilgan maydonlarni ot bosgani bilan izohlashdi. 2019 yil 17 iyun kuni tuman hokimining Tuman hokimligi va fermer xojaligi ortasidagi uzoq muddatli shartnomani bekor qilish haqidagi qarori chiqarildi.

Goza maydonini ot bosishi bir bahona xolos, deydi yana bir arizachi, sobiq Anvar-Komila fermer xojaligi rahbari Tursuntosh Jorayeva. Chunki, gozalarimiz rivoji yaxshi edi. Tekshiruvchilar xulosasi maydonlarimizning bir qismigagina tegishli bolishi mumkin. Qolaversa, bunday kamchiliklarni tuzatish imkoni bor edi-ku!

Mayli, tekshiruv otkazgan komissiyaning ishini, tuman hokimi qarorini adolatli ham deylik, deydi... Davron Goyimov. Lekin bunda ot bosgan goza dalasining galla maydoniga nima aloqasi bor? Biz ana shu maydonda galla yetishtirish uchun yerni shudgorlashdan tortib, to hosilni yetishtirguncha oz muncha mehnat qilganimiz yoq. Bunda qanchadan qancha ishchilarimizning peshona terlari bor. Fermer xojaligimizning tugatilishi amaldagi qonunlarga zid ravishda ekanligi haqida viloyat prokuraturasi protest ham kiritgan. Ammo uni negadir tuman hokimligidagilar tan olishmayapti.

Tuman hokimligidan taqdim etilgan ma’lumotlarning dalolat berishicha, 2019 yilda Taraqqiyot fermer xojaligiga tegishli galla maydonlaridan rejadagi 271 tonna orniga 298 tonna hosil olingan. Orim-yigimni shu paytga qadar fermer xojaliklariga moliyaviy yordam korsatib kelgan Amin invest tekstel emas, Samarqand Kamalak invest tekstel klasteri amalga oshirgan. Agar fermer xojaligi ilgarigidek faoliyat korsatib, orim-yigim ishini tashkil etganda edi, rejadan ortiq 27 tonna hosil Davron Goyimov boshliq taraqqiyotchilar hisobida qolardi. Davlat xarid narxlarida hisoblansa, rejadan ortiqcha olingan gallaning ozidan 40 million somdan ortiq pul ularning qolida bolishi kerak edi. Faoliyati tugatilgan Tursuntosh Jorayeva boshchiligidagi Anvar-Komila fermer xojaligining gallachilikdan olishi lozim bolgan daromadi haqida ham shunday fikr bildirish mumkin.

Fermer xojaliklari azolaridan bir guruhi esa tahririyatimizga maktub yollashdi. Jumladan, Taraqqiyot fermer xojaligi azolari E.Nazarov, R.Shernazarov, O.Turopov, D.Amirov, A.Gayimov, X.Aliqulov, A.Ablaqulov, X.Xushvaqtov, Sh.Xidirov, Anvar-Komila dalasi fermer xojaligidan Sh.Jorayev, D.Jorayev, L.Jalilov, M.Usmonov kabilar xojaliklarida bu yil galladan mol hosil olinganligi, davlat buyurtmasi ortigi bilan bajarilgani, ammo mehnatlariga yarasha haq tolashmagani, bu borada hokimlik tomonidan nohaqlik qilingani haqida yozishgan.

Yetishtirilgan galla hosilidan olinadigan mablag hisobiga toy qilaman, yana boshqa xarajatlarni qoplayman, degan shirin orzularimiz bor edi. Ammo bu orzular orzuligicha qolib ketdi. Bizning arzimizga bugun tumandagi biror bir idora rahbari quloq tutmayapti, deb yozishgan ular.

Xosh, bu fermer xojaliklarini tugatishga tuman hokimligini nima majbur qildi? 2019 yilda yetishtirilgan galla hosilida fermerlarning ulushlari bor edimi?

Bu savollarga tuman hokimligi, tuman qishloq xojalik bolimi, Agrobankning Juma bolimidan berilgan malumotlardan javob izlaymiz.

Taraqqiyot fermer xojaligida keyingi uch yilda paxtachilik sohasida belgilangan davlat buyurtmasi uddalanmagan ekan. Reja 2016 yilda 70,3, 2017 yilda 80,7, 2018 yilda esa 30,6 foizda qolib ketgan. Gallachilikda esa 2016 yilda belgilangan rejaning uddalanishiga 1 tonna bugdoy yetmay qolgan. 2017 va 2018 yillarda davlat buyurtmasi bajarilganu, ammo fermer omboriga deyarli galla tushmagan.

Fermer xojaliklari galla maydonining asosiy qismiga bahorda zang kasali tushdi, deydi tuman hokimining qishloq xojalik masalalari boyicha orinbosari Husan Boriyev. Bunday vaziyatda fermer bilan hokimlik ortasidagi shartnomaning bekor qilinishini ularning ozlari yaxshi bilishardi. Buning ustiga har ikki fermer yerdan ozboshimchalik bilan foydalanib, ortadagi mehnat shartnomasi bajarilishiga xilof ravishda ish tutgan. Aniqrogi, ular yer maydonlariga beda, kartoshka ekish bilan shugullanishgan. Fermerlar bunday ekinlar hosilidan olingan mablagni muttasil oz manfaati yolida ozlashtirib kelgan.

Xosh, bu yerda kim haq? Bu savolga javob topish mutasaddi idoralar rahbarlariga havola, albatta.

Abdurasul SATTOROV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: