O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
08.10.2019

OZBEKISTON PREZIDENTI ROSSIYa PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari rossiyalik hamkasbini tugilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogliq, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti ta’minlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oshib, mamlakatning xalqaro maydondagi orni va nufuzi mustahkamlanayotgani takidlandi.

Tomonlar Ozbekiston — Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni oz vaqtida amalga oshirish, ozaro savdo hajmini kopaytirish, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qishloq xojaligi va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekaniga etibor qaratdilar.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish zarurligini takidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bolajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi korib chiqildi.

Muloqot songgida davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ortasidagi dostlik va kop qirrali sheriklikni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yolida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatiy ekanini tasdiqladilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: