O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
19.03.2019

SIYOSIY PARTIYA MAQSADSIZ YASHAY OLMAYDI

16 mart kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining plenumi bolib otdi.

Plenumda Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda partiya fraksiyasi, tashkilotlari hamda mahalliy Kengashlardagi guruhlari ishtirokini yanada kuchaytirish masalasiga alohida etibor qaratildi. Takidlandiki, bu borada qabul qilingan partiyaning kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini taminlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Plenumda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev partiya tashkilotlari, deputatlik birlashmalari faoliyati haqida atroflicha malumot berdi, shu bilan birga kamchiliklarni bartaraf etish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Avvalo shuni takidlash lozimki, partiyamiz Prezidentimizning Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bolishi kerak nomli maruzasi, oz Nizomi va Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, faoliyatini olib bordi, dedi Ulugbek Vafoyev. Xususan, 2018 yil davomida partiya tomonidan otkazilgan turli yigilishlar, davra suhbatlarida 286 masala korib chiqildi. Amalga oshirilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida tegishli qarorlar qabul qilindi. Bandlik va mehnat munosabatlari, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirliklari, Nogironlar, Kozi ojizlar, Karlar, Nuroniy jamgarmalari hamda boshqa yirik tashkilotlar bilan 13 ta hamkorlik memorandumi tuzilib, chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.

Uy-joy kommunal xizmat korsatish hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining hududiy boshqarma va bolimlari faoliyati bilan bogliq 180 masala partiya guruhlarida, 115 masala doimiy komissiyalarda, 68 masala esa sessiyalarda muhokama etilib, qarorlar qabul qilindi.

Aytish kerakki, partiyaning murojaatlar bilan ishlash tizimi tubdan isloh qilindi. Rahbarlarning joylarga chiqishi va sayyor qabullar otkazishi yolga qoyildi. 15 000 ga yaqin fuqaro bilan muloqot otkazildi, ulardan 12265 murojaat boldi. Ushbu murojaatlarning 72 foizi ijobiy hal etildi.

Aholi murojaatlari va partiya Saylovoldi dasturi ijrosiga taalluqli 1033 masala partiya guruhlarida, 756 masala doimiy komissiyalarda va 494 masala sessiyalarda korib chiqildi. Ularning yechimi bilan bogliq qarorlar qabul qilindi.

Plenumda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi, mahalliy Kengashlar hamda mintaqaviy tashkilotlarda olib borilgan ishlar yuzasidan ham soz yuritildi.


Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Fraksiyamiz va mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari faoliyati ancha jonlandi, kuchaydi, deyish mumkin. Aniq bir muammoli masalani organish, tahlil qilish hamda bu borada hukumatga taklif, tavsiyalar taqdim etish tizimi shakllandi. Xususan, fraksiyamiz azolari 175 qonun loyihasini organib chiqdi. 17 qonun loyihasiga fraksiyamiz tashabbusi bilan konseptual ozgartirishlar kiritildi.

Parlamentga kiritilgan qonun loyihalari boyicha 315 ta taklif tayyorlandi. Korib chiqilgan qonun loyihalari boyicha deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarning 220 tasi qonunlarni qabul qilish jarayonida inobatga olindi. Shuningdek, fraksiyamiz tashabbusi bilan 2018 yilda 1 parlament eshituvi, 3 Hukumat soati tashkil etildi. Deputatlarimiz davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga jami 24 deputatlik sorovi yubordi.

Lekin haligacha sustkashlikka yol qoyib, jonini qiynamasdan vaqt otkazayotgan deputatlarimiz, ochigini aytish kerak, fraksiyamiz azolari ham yoq emas. Bundan keyin fidoyi bolmagan deputat saylovchilar nazaridan qoladi. Shuni hammamiz yodda saqlashimiz kerak.

Nigora ESHMETOVA, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, Toshkent shahar Kengashi Kotibiyati mudiri:

Ilk bor namuna tariqasida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati faoliyati yolga qoyilganidan xabaringiz bor. Avvaliga barchamiz bu tizim qanday ishlashi, vazifalari, samaradorligi qanday bolishi borasida uzoq oylandik. Ammo kop vaqt otmasdan ijobiy ozgarishlar kozga tashlana boshladi. Dastlab, kotibiyat nizomini tasdiqlab oldik. Keyin esa deputatlarning besh yonalishdagi faoliyati aks etgan elektron baza yaratildi.

Yaqin-yaqingacha aksariyat deputatlarimiz doimiy komissiya yigilishlariga, sessiyalarga hech qanday tayyorgarliksiz kelishar va qatnashar edi. Endilikda har bir kotarilayotgan masala yuzasidan toplangan malumotlar deputatlarga oldindan yetkazilmoqda. Tabiiyki, bu doimiy komissiya ishida sifat korsatkichi oshishiga, sessiyada kotarilgan masala yuzasidan eng maqbul qaror qabul qilishga yordam bermoqda. Otgan yili Toshkent shahar Kengashi eng namunali Kengash, deb topildi. Bu ishimizga bolgan masuliyatni yanada oshiradi. Bizdan yangidan-yangi tashabbuslar, aholi muammolarini organish va hal etish bilan bogliq takliflar kutiladi. Oylaymizki, deputatlar bilan bu borada hamkorlikni mustahkamlashimiz, faoliyatimizni kuchaytirishimiz zarur.

Ravshan ABDULLAYEV, Ozbekiston XDP Namangan viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi azosi:

Bazi rahbarlar keng fikrlaydigan, taklif bera oladigan xodimdan chochiydi. Bu notogri fikr, deb oylayman. Rahbar atrofida malakali, tashabbuskor kadrlarni toplamas ekan, tashkilot yoki idoraning ishi kozga korinmaydi. Xususan, siyosiy partiya tizimida ham shunday. Viloyat, tuman partiya kengashi xodimlari xalq orasida yuradi. Aholi ozini oylantirayotgan muammo yuzasidan unga murojaat etganda, masalaning huquqiy, iqtisodiy, manaviy tomonlarini tushuntirib bersa, xop-xop. Buning teskarisi bolsa, odamlarda birgina xodim haqida emas, partiya yoki butun tizim haqida salbiy fikr uygonadi. Shu bois partiya tashkilotida ishlamoqchi bolgan har bir nomzod bilan ozim suhbatlashaman. Uning dunyoqarashi, hayotdan xabardorligi va qiziqishlariga alohida etibor qarataman. Ayniqsa, tuman kengashi raisligiga nomzodlar korilayotganda, partiya tizimida ishlab ketgan faxriylar komagiga tayanamiz.

Har bir deputat, siyosiy partiya xodimi zamon bilan hamnafas bolishi kerak. Namangan viloyat kengashi xodimlari hamda deputatlarining Telegram ijtimoiy tarmogida oz guruhlari bor. Bu bizga axborot va tajriba almashishda qol kelmoqda. Shuningdek, chekka hududlardagi vaziyat, yechimini kutayotgan masalalar, aholining kayfiyatidan doimiy xabardor bolish imkonini bermoqda.

Plenumda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar boyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, plenumda qator tashkiliy masalalar korildi. Partiyaning yillik umumiy byudjeti haqida malumot berildi. Muhokama etilgan barcha masalalar boyicha kerakli qarorlar qabul qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: