O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
05.02.2019

Oʻzbkiston Rspublikasi yoqilgʻi-enrgtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni

Soʻnggi yillarda mamlakatda, avvalambor, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, energetika tarmogʻida davlat boshqaruvini tashkil etishda qator tizimli muammolar mavjudligi belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni innovatsion jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:

birinchi– yoqilgʻi-energetika kompleksi sohalarini uygʻun rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish masalalarida muvofiqlashtirishning va tizimli yondashuvning yetarli emasligi iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini ularning oʻsib borayotgan talabini hisobga olgan holda energiya bilan barqaror taʼminlash xavf-xatarlarini oshirmoqda;

ikkinchi energetika tarmogʻi tashkilotlarini boshqarishning direktiv modeli, kompaniyalar moliya-xoʻjalik faoliyatining haddan ortiq maʼmuriy tartibga solinishi, shuningdek, mehnat resurslaridan oqilona foydalanmaslik ularning ish faoliyati samaradorligi va natijadorligini susaytirmoqda, noishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarilayotgan energiya birligi sarfining oʻsishiga olib kelmoqda;

uchinchi sogʻlom raqobat muhitining yoʻqligi, yirik kvazidavlat sektori hamda davlat va tijorat manfaatlari toʻqnashuvining mavjudligi, tariflarni tartibga solish chora-tadbirlarining investitsiya siyosati bilan uygʻun emasligi yoqilgʻi-energetika sohasining investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;

toʻrtinchi tarmoqning rivojiga joylarda asbob-uskunalar oʻta eskirgani va tegishli infratuzilmalarni yangilash surʼatlarining sustligi, uskunalar, qurilmalar, gaz quvurlari va elektr uzatish liniyalaridan xizmat muddatlarini buzgan holda foydalanish, nobarqaror moliyaviy ahvol, resurs va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi kabi butun tizimga daxldor muammolar toʻsqinlik qilmoqda va bu texnologik yoʻqotishlarning koʻpayishiga hamda yoqilgʻi-energetika resurslarini yetkazib berishda, ayniqsa, joylarda surunkali uzilishlarga sabab boʻlmoqda;

beshinchi soha korxonalarida resurslarni rejalashtirish, yetkazib berilayotgan energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilayotgani energiya resurslarini isteʼmolchilarga yetkazib berishda katta yoʻqotishlarga hamda oʻzaro hisob-kitob intizomi buzilishiga olib kelmoqda.

Energetika tarmogʻini samarali boshqarish tizimini joriy qilish va jadal rivojlantirish, uning raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchidan,mamlakatning energetika xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot sohalari va aholining energiya resurslariga tobora oʻsib borayotgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan yagona energetika siyosatini yuritish;

ikkinchidan,energetika sohasida davlat tomonidan tartibga solish hamda xoʻjalik faoliyati funksiyalarini aniq chegaralash, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, tarif siyosatini amalga oshirishning aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish va shu asosda sogʻlom raqobat muhiti tamoyillarini ilgari surish;

uchinchidan,infratuzilma obyektlarini qurishga, shuningdek, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga investitsiyalarni, avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish uchun sharoitlar yaratish;

toʻrtinchidan,energiya tejamkorlik va iqtisodiyotning energiya sarfini kamaytirish sohasida davlat siyosatini yuritish, iqtisodiyot tarmoqlari va maishiy sektorda resurs va energiya tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, muqobil energiya manbalarini keng rivojlantirish;

beshinchidan,energetika tarmogʻi korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy vositalarini, energiya resurslarini qazib olish, yetkazib berish va isteʼmol qilish hajmlarini hisobga olish tizimlarini keng tatbiq qilish;

oltinchidan,tarmoq korxonalarini boshqarish tizimini, ularning tuzilmalari va boʻlinmalarini maqbullashtirish, ishlarni tashkil qilishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy usullari va maqsadli indikatorlarni (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish) joriy etish.

2.Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi(keyingi oʻrinlarda Vazirlik) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng targʻib qilish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilgʻi-energetika tarmogʻida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirni ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;

respublikaning energetika sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik tartibga solishni amalga oshirish;

yoqilgʻi-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatli tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni oshirish va diversifikatsiya qilish, barcha turdagi energiya resurslarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va isteʼmol qilishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli uzviy bogʻliq prognozlarini, shuningdek, energetika tarmogʻini kompleks rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni ragʻbatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilgʻi-energetika tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

yoqilgʻi-energetika tarmogʻida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib olish
va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

energetika sohasiga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda boshqaruv, hisobga olish va nazoratning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishda koʻmaklashish, shu asosda energetika sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, energetika tarmogʻi tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatining shaffofligini taʼminlash;

neft-gaz va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligi darajasini oshirish;

energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish.

3. Vazirlik:

oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini isteʼmol qilish samaradorligining monitoringini olib borish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.

4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusidaOʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligietib;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi kelgusidaOʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasietib;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi kelgusidaOʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasietib qayta tashkil etilsin va Vazirlik tuzilmasiga oʻtkazilsin.

5. “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Energiya tejash milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.

7. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2019 yil 1 fevral

O'zA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: