O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
18.04.2017

OZ AQLU ZAKOVATIMIZ, MEHNATIMIZ TUFAYLI HAYOTIMIZ YAXSHILANIB BORADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifini barcha samarqandliklar intiqlik bilan kutgan edi.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Shuningdek, bu yerda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasi bilan tanishdi. Birinchi Prezidentimiz maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un bolishi zarurligini alohida ta’kidladi. Ziyoratchilar va rasmiy delegatsiyalar uchun keng sharoit yaratish boyicha korsatmalar berdi. Davlatimiz rahbarining bu yerda Birinchi Prezidentimizning buyukligi, pok iymon-etiqodi, sermazmun hayoti aks etishi, ushbu majmuani yuksak manaviyat, ilm-marifat maskani bolishi kerakligi togrisidagi fikrlari qalblarimizda ozgacha faxr va iftixor tuygularini uygotdi.

Prezidentimiz Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida islom madaniyati, umumbashariy sivilizatsiya rivojiga bebaho hissa qoshgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini organishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurilishi loyihasi bilan tanishar ekan, uning mazmun-mohiyatiga alohida etibor qaratdi. Bino devorlarida buyuk allomalarimizning manaviy qudrati va salohiyati namoyon bolib turishi, buning uchun har bir xonani muayyan alloma nomi bilan atash va shunga muvofiq jihozlash zarurligini alohida takidladi.

Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi asosida Samarqand viloyatida yirik loyihalarni amalga oshirilishi xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish uchun mustahkam poydevor bolib xizmat qiladi.

Jahonda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz hali beri davom etmoqda. Bu jarayon Ozbekistonga ham tasir etmay qolmaydi, albatta. Inqirozning bizga tasirini kamaytirishning birdan-bir yoli mamlakatdagi barcha mavjud imkoniyatlarni ishga solib, qisqa fursatda, birinchi navbatda, iqtisodiy yuksalish choralarini korishdir. Bu yonalishda, avvalo, sanoatning rivojlanishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Samarqandda yangi sanoat korxonalarini tashkil etish boyicha bir nechta ulkan loyihalar maqullandi.

Davlatimiz rahbari Ozbekistonni agrosanoat mahsulotlarini faol eksport qiluvchi mamlakatga aylantirish va bu orqali byudjetga valyuta tushumini keskin oshirish boyicha katta imkoniyati borligiga alohida urgu berdi.

Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qoshrabot tumanida yuzlab gektar maydonlarda serhosil, erta meva beradigan Koliforniya yongogi boglariga birinchi kochatlar ekildi. Qoshrabot va boshqa tumanlarda baliq, parranda, chorva mahsulotlari, sabzavot, uzum yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish boyicha tegishli moliya muassasalariga topshiriqlar berildi.

Prezidentimizning viloyatlarga tashriflari mazmunini tahlil qilsangiz, aksariyat ijtimoiy-iqtisodiy yonalishdagi rejalar, muayyan topshiriqlar yagona bosh mezonga qaratilganligini yaqqol korasiz. U ham bolsa, inson manfaatlari, bunda inson manfaatlari aniq obyekt sifatida namoyon boladi.

Korilayotgan barcha chora-tadbirlar, har bir kishining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Aholini ish bilan taminlash, moddiy-manaviy darajasini kotarish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yaxshilash.

Qoshni mamlakatlar bilan aloqalarda keskin burilish yasash, yanada rivojlantirish, bu borada foydalanilmay kelayotgan barcha imkoniyatlarni ishga solish ham, ichki intizom va ijro masuliyatini mustahkamlash ham, sud-huquq idoralarining faoliyatini takomillashtirish ham, dehqonlar ixtiyoridagi yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish ham, Samarqandday tarixiy shaharda turizimni yanada rivojlantirish ham, xullas, barcha-barcha yonalishdagi harakatlarga inson va faqat inson manfaati nuqtai nazaridan, yangicha nigoh bilan qaralmoqda. Davlat va uning barcha idoralari xalqqa xizmat qilishi, uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda ishlashi zururligi, yana bir karra, Samarqandda ham takidlandi.

Mamlakatimiz boylab tashkil etilgan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari xalq bilan Prezident ortasidagi tosiqlarni butunlay olib tashlab, davlat bilan odamlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi va yillar davomida koz yumub kelinayotgan mavjud kamchiliklarni royi rost korsatib berdi.

Bir soz bilan aytganda, Prezidentimiz xalq dardini eshitmoqda. Xalqimiz etirof etayotganiday chinakamiga xalq Prezidenti nomiga sazovor bolmoqda.

Viloyatlarga qilinayotgan tashriflardan mutaxassislarning joylarda amalga oshirilgan tahliliy ishlari orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha aniq rejalari shakllantirilyapti. Xuddi shu yosinda, Samarqand viloyatiga qilingan tashrifda ham Prezidentimiz Jomboy, Bulungur, Qoshrabot, Nurobod va boshqa tumanlar aholisini yangi ish orinlari bilan taminlashga, u joylardagi ijtimoiy hayotni yaxshilashga qaratilgan bir nechta mukammal loyihalarni korib chiqib, ijrosini taminlash boyicha topshiriqlar berdi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning chetdan kelib, hech kim bizning muammolarimizni yechib bermaydi. Oz aqlu zakovatimiz, mehnatimiz tufayli hayotimiz yaxshilanib boradi, — degan davatlarida butun xalqni harakatga keltiruvchi qudratli kuch bor.

Dunyo bozorida yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xojalik mahsulotlariga talab yuqori ekanligini etiborga olgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga, togoldi hududlarida yongoqzorlar, tokzorlar barpo etish, chorva boqishni tashkil qilish, baliqchilikni kopaytirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimoti viloyatimizda hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligini korsatdi.

Mazkur loyihalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida viloyatimizda minglab yangi ish orinlari yaratiladi. Prezidentimiz takidlaganidek, insonni ish bilan taminlanishi uning oilasi farovon bolishiga, ertasiga, davlatga ishonchi oshishiga asos boladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqand shahrida tramvay transport harakatining yolga qoyilishi shahar aholisi kutayotgan voqealardan biri boldi. Shuningdek, shaharning Amir Temur kochasida sayyohlik mehmonxona kompleksi, Samarqand eshkak eshish kanali boyida qishki dam olish maskani barpo etilishi, hayvonot bogi tashkil etish kabi loyihalarning amalga oshirilishi ham viloyatimiz ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega boladi.

Keyingi 4-5 oy ichida xususiy tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlar shu qadar kengaydiki, ilgari tadbirkor bank muassasasi eshigi oldida kunlab otirgan bolsa, endi bank xodimlari uyma-uy yurib, aholiga xizmatlarini taklif qilmoqda.

Ziyolilar tili bilan aytganda, mamlakatimizda shiddatli iqtisodiy-marifatparvarlik davri boshlandi.

Davlatimiz rahbari ikki yil tanqidiy tahlil asosida ishlaymiz, tomoshabin va xiyonatchini bu jarayondan chetlatamiz, deganida, belgilangan vazifalarni royobga chiqarishda qatiy kurash boladi, deb tushundim.

Prezidentimiz Samarqanddan yaxshi kayfiyat bilan qaytdi, degan umiddaman. Samarqandliklar ushbu islohotlar, tashabbuslar, ulkan istiqbolli rejalardan ruhlanib, oz ishlariga shiddat bilan yondashishiga imonim komil.

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

texnika fanlari doktori, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: