O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
06.08.2019

Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi milliardlab mablagni nimaga sarfladi?

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga moljallangan beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bogliq dolzarb masalalar belgilangan. Bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat fondlari ham faol qatnashmoqda. «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi bu yonalishda mamlakatimizdagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Yaqinda Sogliqni saqlash vazirligida fondning otgan besh yildagi faoliyati tahlil etildi, sarflangan mablaglar hisoboti eshitildi.

Asrol MIRZAAHMEDOV, Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi boshqaruvi raisi:

— Jamoat fondi hisobot davrida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ozining ijtimoiy hamkori sifatida Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash Jamoat fondi, Ozbekoziqovqatzaxira uyushmasi, INSPIRED MChJ, Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari, Mahalla xayriya jamoat fondi va boshqa bir qancha davlat, jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib keldi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida jamoat tashkilotlarining ishtiroki tobora kengayib bormoqda. Buni fond tomonidan hisobot davrida olib borilgan ishlar ham korsatib turibdi. Xususan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishda, ijtimoiy komakka muhtoj kishilarni qollab-quvvatlashda, soglom turmush tarzi goyalarini targib qilishda jamoat fondimizning ham oziga xos orni bor.

Fond bir necha yonalishda mablaglarni yonaltirmoqda. Misol uchun, sogliqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, muhtojlarga komaklashish, ularning salomatliklarini tiklashiga yordam berish hamda soglom turmush tarzini targib qilishdir. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bolsak, hisobot davrida fond xarajatlari 14.029.012.370 somni, xayr-ehson, homiylik xarajatlari esa 13.326.325.370 somni tashkil etdi. Jamoat fondining hisobot davridagi jami xarajatlariga nisbatan 94.9% ni, xojalik xarajatlari esa 5.1% ni tashkil etdi.

Bahodir YUSUPALIYEV, Sogliqni saqlash vaziri birinchi orinbosari:

Bugun sogliqni saqlash tizimi oldida turgan muammolarni hal qilish, xalqimizda sifatli tibbiy xizmatni tashkil etishda jamoat fondlarining ham muhim orni bor. Shu bois vazirlik Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. Ayniqsa, fuqarolarning sogligini muhofaza qilish, kasallikka chalingan bemorlar uchun malakali shifokorlar maslahati va davolash ishlarini uyushtirish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari, tibbiyot muassasalarini tibbiy anjomlar, buyumlar va oquv qurilmalari bilan taminlashda, chet el klinikalarida stajirovkadan otgan mahalliy mutaxassislarning oqishi bilan bogliq safar xarajatlarini qoplash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmonlar bilan taminlash masalasiga juda katta komak korsatishmoqda.

Yutuqlar bor, biroq kamchiliklar ham oz emas. Endi fond faoliyatiga yanada zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, fond viloyat vakolatxonalari ishini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishlari uchun sharoit va imkoniyat yaratib berish muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, joylardagi sogliqni saqlash boshqarmalari bilan yaqin hamkorlik ornatilishi, mavjud muammolar yechimi hamkorlikda izlanishi zarur.

Farrux HAMROYEV, Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi vasiylik kengashi azosi:

Eng muhim yonalishlardan biri fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdir. Bu masala fond faollarining doimiy etiborida bolib turibdi. Hisobot davri va 2019 yilning 1 iyuniga qadar Prezidentimizning Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasiga, jamoat fondi boshqaruviga kelgan murojaatlar 529 ta bolib, ularning asosiy mazmuni ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar davolanishlarida, jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan materiallar, endoprotezlar, dori vositalari bilan taminlashda homiylik yordami korsatilishi soralgan. Etiborlisi, barcha ariza va murojaatlar belgilangan muddatlarda korib chiqilib, hal etildi.

Qanoat AZIZOV, Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi Qashqadaryo viloyat vakolatxonasi rahbari:

Hisobot davrida Qashqadaryo viloyati hududiy muassasasi Davlat dasturi hamda oz ish rejasida belgilangan vazifalarni bajarishda aholining ijtimoiy komakka muhtoj qatlamlari, yolgiz keksalar, toshakda yotib qolgan qariyalar, boquvchisini yoqotgan oilalarning nogiron farzandlari, afgon urushi qatnashchilari, Vatanimiz chegaralarini qoriqlashda vafot etgan harbiylarning oilalariga komak berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birga otkazilgan xayr-ehson tadbirlarida 2625 nafar fuqaroga 338322000 somlik yordam korsatildi. Ammo bu yetarli emas, hali qancha insonlar bizning komagimizni kutib turgan bolishi mumkin. Shuning uchun bu yonalishdagi ishlarimizni yanada rivojlantirishimiz talab etiladi.

Yigilishda barcha yonalishdagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Kamchiliklar ochiq aytilib, uni yechish yollari muhokama qilindi. Tadbir yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: