O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
21.05.2019

Ozbekiston Germaniya: IQTISODIY HAMKORLIK KUCHAYADI

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq siyosat, shiddatli o‘zgarishlar jahonning rivojlangan davlatlari e’tiborini qozonmoqda. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSh, BAA, Fransiya va Germaniyaga qilgan tashriflari paytida bildirilgan fikrlar, imzolangan shartnomalar ushbu mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligimizni kuchaytirmoqda. Natijada kopmilliardlik investitsiyalar Markaziy Osiyodagi eng ishonchli davlatga aylanib borayotgan Ozbekistonga oqib kelmoqda.

12-16 may kunlari Germaniyaning ITM Trading und Marketing GmbH kompaniyasi direktori janob Dirk Tryondle yurtimizga tashrif buyurdi. Ozbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini organdi. Muxbirimiz mehmon bilan uchrashib, ayrim savollarga javob oldi.

— Janob Tryondle, yurtimizga xush kelibsiz. Ozbekistonga ilgari ham kelgansiz. Bu galgi tashrifdan maqsad nima?

Men Ozbekistonga oldin ham kelganman. 2018 yil may oyida Toshkentda otkazilgan Germaniya Ozbekiston biznes forumida qatnashdim. Ana shu forumda Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Germaniyada savdo uyi ochilishi haqida memorandum imzoladik. Hozirgi kunda Ozbekistonning qishloq va xalq xojaligi mahsulotlarini Germaniyaga eksport qilish boyicha Yevropa talablari asosida sertifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu safar esa maxsus agentliklar yordamida ozbek mutaxassislarini Germaniyaga ishga taklif qilish boyicha turli kelishuvlarga erishdik. Germaniyaga bugungi kunda boshqa mamlakatlardan tibbiyot, sanoat, transport, maishiy xizmat sohalariga malakali ishchi kuchlari jalb qilinmoqda. Sizlarda esa shunday ishchi kuchi bozori mavjud. Bu hamkorlikdan ikkala mamlakat ham manfaatdor boladi.

Uchrashuvlar qanday natija berdi?

Safar davomida men koplab ozbek tadbirkorlari va ularning nemis sheriklari bilan uchrashdim. Tomonlarning kayfiyat va intilishlari ijobiy. Chunki, yurtingizda hamkorlik uchun koplab investitsion sharoitlar yaratilgan. Germaniyalik tadbirkorlar uchun vizasiz kelib-ketish, valyutangizning erkin almashinuv imkoniyati, mahsulotlar sifati, biznes uchun mavjud katta bozor, mamlakatingizdagi tinchlik va xavfsizlik, ozbeklarning biz nemislarga mehmondostligi bularning barchasi xalqaro hamkorlik uchun katta ahamiyatga ega omillar.

Ozbek nemis hamkorligi borasida qanday sohalarga koproq etibor qaratilyapti?

Bizning nazarimizda Ozbekiston Markaziy Osiyoda biznes uchun eng istiqbolli mamlakat. Avvalo mamlakatingizdagi tinchlik, millatlar va dinlararo bagrikenglik har qanday chet ellikning etiborini oziga tortadi. Biznes mentaliteti degan narsa bor: vadaga vafolik, vaqt masalasida aniqlik, urf-odatlar va madaniyatlararo farqlarga tolerantlik, ayniqsa, qishloq va xalq xojaligi mahsulotlariga qoyiladigan xalqaro ekologik talablarga mos mahsulotlar ishlab chiqarishni yolga qoyish, shartnomalarning amalda bajarilishini taminlash, har qanday masalada yolgonchilikka, kozboyamachilikka yol qoymaslik kabi. Qolaversa, biz yevropaliklar Ozbekiston hududida ishlab, uning yaqin qoshnilari bolgan Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilangina emas, chegaradosh bolgan Afgoniston, Moguliston, Xitoy va Hindiston kabi davlatlar bilan ham hamkorlik qilishga qulay infratizimli imkoniyatlarni kormoqdamiz.

Yana bir narsani takidlamoqchiman. Yurtingizda bizning Germaniyaga va nemis xalqiga samimiy hurmat bor. Bu biz uchun juda yoqimli.

Qolaversa, Ozbekistonda milliy tilimiz bolgan nemis tilining professor Xurram Rahimovga oxshagan jonkuyarlari ham kop ekan. Tilga etibor – millatga etibor, deyiladi-ku. Yurtingizda nemis tili oqitilishi yanada kuchaytirilsa, bu til orqali biz nemislar erishgan dunyoviy yutuq va kashfiyotlarimiz haqida yanada koproq malumotlar kelishi turgan gap.

Eng muhimi ish boshlansa, u davom etadi. Hamkorlik qogozda qolib ketmasligi muhim.

Gazetamizga bolgan etiboringiz uchun minnatdorlik bildiramiz!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: