O'zb  
 
04.09.2018

OZBEKISTON QAHRAMONI SUYIMA GANIYEVA

O‘zbekiston ilm-fani ogir judolikka uchradi. Atoqli adabiyotshunos olim, professor, Ozbekiston Qahramoni Suyima Ganiyeva 86 yoshida vafot etdi.

S.Ganiyeva 1932 yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugildi. 1952 yilda Orta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Ozbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomladi.

1953-1956 yillarda Leningrad davlat universiteti aspiranturasida ta’lim oldi.

Bolgusi olima oz mehnat faoliyatini 1956 yilda Ozbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshladi. Shu yili buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bagishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyinchalik Ozbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kotibi, Toshkent davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori lavozimlarida faoliyat korsatdi.

U ozining qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ozbek mumtoz adabiyoti boyicha fundamental tadqiqotlar olib bordi. Mustaqillik yillarida adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, milliy adabiyotimizning jahon madaniy sivilizatsiyasida tutgan ornini xalqaro miqyosda keng targib etishga katta hissa qoshdi.

S.Ganiyeva oz ilmiy faoliyati davomida yaratgan 14 ta monografiya, 350 dan ziyod ilmiy-nazariy maqolalar mamlakatimiz va xalqaro ilmiy nashrlarda chop qilingan, 20 dan ortiq oquv-metodik qollanmalari respublika oliy talim muassasalari oquv jarayoniga tatbiq etilgan.

Olima Alisher Navoiy ijodini chuqur organib, ozining teran ilmiy tadqiqotlari bilan navoiyshunoslik sohasida oziga xos ilmiy maktab yaratdi.

Uning «Alisher Navoiyning hayoti va ijodi», Alisher Navoiy ijodida milliy mafkura, Navoiy gazallarida jomardlik motivlari, Navoiy vasiyati, Navoiy dastxati kabi sermazmun asarlari yurtimiz va chet el adabiyotshunoslari tomonidan ilmiy kashfiyotlar sifatida etirof etilgan.

S.Ganiyeva Alisher Navoiyning uzoq yillar davomida ilm-fanga nomalum bolib kelgan Munojot asarini topib, nashr ettirgan.

Olima 2011 yilda Alisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlar toplamini nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan.

Yorqin istedod, katta ilmiy salohiyat egasi bolgan zahmatkash olima oz faoliyati davomida koplab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida onlab doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

S.Ganiyevaning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish va barkamol avlod tarbiyasi yolidagi ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi.

U Ozbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, El-yurt hurmati, Buyuk xizmatlari uchun ordenlari va Ozbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.

Atoqli olima, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Suyima Ganiyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

SH.MIRZIYOYEV, N.YOLDOSHEV, N.ISMOILOV,

A.ARIPOV, B.YOLDOSHEV, N.KARIMOV



DB query error.
Please try later.