O'zb  
 
28.08.2018

EZGU-NIYATLAR IJOBATI

Keyingi paytlarda shiddat bilan rivojlanayotgan vatanimiz sarhadlarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barpo etilayotgan bog‘u roglar kishini hayratlantiradi, yuraklarni tolqinlantiradi.

Keyingi paytda yangi qurilayotgan kop qavatli binolarning birinchi qavati bolalar bogchasi, poliklinika va boshqa umumiy foydalanish ob’ektlari uchun moljallanayotgani etiborni tortadi. Yaqinda nevaramni Mirzo Ulugbek tumanidagi 178-maktabga birinchi sinfga oqishga joylash uchun suhbatga olib bordim.

— Bobo, qarang, maktab yonida bogcha ham qurilayotgan ekan, dedi kozlari shodlikdan chaqnagan nevaram yangi qurilgan imoratlarni korib.

Ha, bolalar avval bogchada talim-tarbiya olishadi, yozish-chizishni, odob-axloqni organishadi. Keyin shundoqqina yonida joylashgan maktabga chiqishadi, dedim uni erkalab.

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Kamolon mahallasida ijodkorlar uchun qurilayotgan kop qavatli uylarni borib kordi. Bu yerda mamlakatimiz rahbari bir guruh yozuvchi va shoirlar bilan muloqotda boldi. Mutasaddi rahbarlarga ijodkorlar oilasining tinch va farovon yashashi, farzandlarining barkamol bolib ulgayishi uchun zarur sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha topshiriqlar berdi.

Biz doimo ziyolilarni, ijodkorlarni qollab-quvvatlashimiz kerak, dedi Prezidentimiz. Ular yaratgan ibratli asarlarni, ijod namunalarini yoshlarimiz qancha kop oqisa, manaviyati, marifati yuksaladi, demakki, vatanparvar boladi. Ana shundagina mamlakatimiz ham shuncha tez ravnaq topadi.

Ijodkorlarga korsatilayotgan bunday gamxorlik, mehribonchilik bir qalamkash sifatida mening qalbimga katta quvonch baxsh etadi. Prezidentimizning «Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogi hududida Adiblar xiyoboni barpo etish togrisida»gi qaroriga muvofiq gozal va betakror maskan bunyod etildi, atoqli soz sanatkorlarining tarixiy xotirasini abadiylashtirish kabi ezgu niyatlar ijobat boldi. Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi barpo etilgani milliy adabiyotimiz rivojiga qaratilgan yuksak etibor namunasidir.

Adiblar xiyoboni va Yozuvchilar uyushmasi binosida otkazilayotgan nazm va navo kechalari juda koplab adabiyot muxlislari va kitobxonlarni oziga chorlamoqda. Yaqindagina koplab xorijiy mamlakatlar hamda hamdostlik davlatlaridan tashrif buyurgan tarjimon, ijodkor, noshir va olimlar ishtirokida bolib otgan Ozbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda organish va targib qilishning dolzarb masalalari mavzusidagi xalqaro konferensiya qatnashchilari Adiblar xiyobonini ziyorat qilib, bir olam taassurotga ega bolishdi.

Biz ijodkorlarga korsatilayotgan bunday gamxorliklar, yaratilayotgan sharoitlar qolga qalam olishga, bugungi bunyodkorlik ishlarining boshida turgan, mustaqilligimizni mustahkamlash yolida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamonamiz qahramonlari obrazini yaratishga undaydi, tinmay ijod qilishga davat etadi.

Tursun ALI,

shoir.



DB query error.
Please try later.