O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
28.08.2018

BOLALAR LAZZAT AUTSORSING XIZMATI MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARINI SIFATLI TAOM BILAN TAMINLAYDI

Samarqand shahridagi davlat 69-maktabgacha ta’lim muassasasi «Bolalar lazzat» korxonasi bilan hamkorlikda kichkintoylarni ovqatlantirishning yangicha usuliga o‘tdi.

— Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorning 3-bandiga kora, Toshkent shahrida joylashgan davlat talim muassasalariga tadbirkorlik subektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena qoidalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish boyicha togridan-togri shartnomalar tuzish ishlarini eksprement tarzida amalga oshirish belgilangan, deydi muassasa mudiri Xadicha Husainova. Samarqand viloyatidagi bir qator davlat maktabgacha talim muassasalarida ham ushbu eksperimentni joriy etish ishlari olib borilmoqda. Biz viloyatda birinchilardan bolib shu usulga otdik.

Maktabgacha talim tizimidagi bunday yangilik tadbirkorlarga yana bir imkoniyat eshiklarini ochdi. Yosh tadbirkorlar Alisher Muhammadqulov, Jahongir Kamolov hamkorlikda Bolalar lazzat MChJ tashkil etib, autsorsing xizmatini yolga qoydi. Endilikda 69-MTMda bolalarga taomni bogcha xodimlari emas, chetdan tadbirkor tayyorlab beradi. Bolalar guruhlarda emas, umumiy oshxonada ovqatlantiriladi. Hamkorlar tomonidan tayyorlanayotgan taomlar sifatli, sanitariya-gigiyena talablariga toliq javob beradi.

Bolalar lazzat korxonasi bundan tashqari xizmat faoliyatini kengaytirib, Samarqand shahridagi 77-MTM bolajonlari uchun keytring xizmatini ham yolga qoydi. Keytring xizmati deganda, taomlarning bogchada emas, yetkazib beruvchi korxonada tayyorlanishi va qadoqlanishi tushuniladi. Bir bogchada tayyorlangan taom yaqin oradagi bogchalarga yetkazib berilishi ham mazkur xizmat turiga kiradi.

Bu ikki yosh tadbirkor kelajakda korxonalarini yanada kengaytirib, bogchalarga korsatiladigan xizmat turlarini kopaytirishni oz oldiga maqsad qilib qoygan.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.