O'zb  
 
11.09.2018

SAYLOV KOMISSIYALARI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

Bugungi kunda mamlakatimizda saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish hamda eng yuqori demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga to‘la muvofiq ravishda yagona qonun qabul qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham bu haqida alohida toxtalib otilgandi. Shuningdek, sohada qabul qilingan 6 qonun va koplab qonunosti hujjatlar haligacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligi tanqid ostiga olinib, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozimligi takidlangan edi.

Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 22 yanvarida ?017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. «Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili»da amalga oshiriladigan ishlar boyicha Davlat dasturi togrisida Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 2-bandida respublikamizning amaldagi saylov qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari asosida Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangandi. Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish uchun mamlakatimizdagi yetuk huquqshunos olimlar va mutaxassislar jalb etildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov togrisidagi, Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari togrisidagi hamda Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunlar va Markaziy saylov komissiyasining normativ-huquqiy hujjatlari ishlab chiqildi.

Saylovlarga tayyorgarlik korish va ularni otkazishda asosiy subekt — saylov komissiyalari hisoblanadi. Bunday komissiyalarga haqqoniy, adolatli demokratik saylovlarni tashkil etish va otkazish, saylovchilarning oz xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun yetarli imkoniyatlar yaratish vazifalari yuklatilgan. Saylov kodeksi loyihasida saylov komissiyalarining samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar mustahkamlandi. Saylov kodeksi loyihasining 2-bobida saylov komissiyalarining tizimi, ularning vakolatlari va vazifalari keng yoritib berilgan.

Amaldagi saylov qonunchiligimizda Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari hamda okrug va uchastka saylov komissiyalarining shakllanishi, ularning faoliyatini amalga oshirish boyicha vakolatlari bir nechta qonunlarda etirof etilgan. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonun, shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov togrisidagi qonunlarda saylov komissiyalari faoliyatiga oid bir nechta mazmunan takrorlanuvchi moddalar mavjud.

Bundan tashqari, mazkur qonunlarda saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish tartiblari va muddatlari ham mazmunan takrorlanadi. Shu sababli Saylov kodeksi loyihasida mazkur normalar unifikatsiyalashtirilib, bir-birini takrorlovchi moddalarga barham berilmoqda.

Qonunchiligimizga kora, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi va uchastka saylov komissiyalari tomonidan tashkil etiladi va otkaziladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov esa viloyat Kengashiga saylov otkazuvchi viloyat saylov komissiyasi, xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov otkazuvchi tuman saylov komissiyasi, xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov otkazuvchi shahar saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari hamda uchastka saylov komissiyalari tomonidan tashkil etiladi va otkaziladi.

Ushbu tizimga muvofiq uchastka saylov komissiyasi saylovchilar bilan bevosita ishlovchi va ovoz berishni tashkil etuvchi organ sifatida muhim orin tutib, oziga xos asosiy bogin hisoblanadi.

Saylov kodeksi loyihasida uchastka saylov komissiyalari faoliyatining ochiqligini taminlash, ovoz berish jarayonini tashkil etish va otkazish boyicha yangi qoidalar kiritilmoqda. Masalan, avval ovoz berish binosiga qoyiladigan talablar, uchastka saylov komissiyalari amalga oshirishi lozim bolgan vazifalarning aksariyati Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoriqnomalari bilan belgilangan. Endilikda uchastka saylov komissiyalari va ovoz berish binolarini tegishli tartibda jihozlash, rasmiylashtirish talablari, uchastka saylov komissiyalari azolarining ovoz bergunga qadar, ovoz berish vaqtida va ovoz berish yakunlangandan keyingi xatti-harakatlarini qonun normalari bilan mustahkamlash taklif etilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan yangi normalarning Saylov kodeksi loyihasiga kiritilishi saylov komissiyalari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtiradi.

Farhod NASRIDDINOV,

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati umumiy bolim mudiri.



DB query error.
Please try later.