O'zb  
 
14.08.2018

QORIQLASH XIZMATI: YANGI TEXNOLOGIYALAR JINOYATNING OLDINI OLISHGA XIZMAT QILADI

Xalqimizda o‘zingni ehtiyot qil, qoshningni ogri tutma, degan maqol bor. Darhaqiqat, har kishi oz mol-mulkini ehtiyot qilish chorasini korsa, pand yeb qolmaydi. Mamlakatimiz miqyosida esa davlat, xalq va shaxsiy mulkni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish , ular talon-taroj etilishining oldini olish maqsadida qoriqlash xizmati yolga qoyilgan. Bu xizmat ichki ishlar idoralarining eng yirik tarmoqlaridan biri bolib, oz faoliyatini toliq xojalik hisobida yuritadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash boyicha qoygan vazifalaridan kelib chiqib, sohada yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Milliy matbuot markazida «Qoriqlash xizmatiga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar» mavzuidagi matbuot anjumanida shu haqda malumot berildi.

Tahlillar shuni korsatmoqdaki, otgan yilning shu davriga nisbatan qoriqlashning barcha yonalishlari boyicha qoriqlanayotgan obektlarning soni oshib bormoqda. Xususan, harbiylashtirilgan soqchilik qorigidagi obektlar 45.9 foizga, qorovullar tomonidan qoriqlanayotgan obektlar 20,2 foizga, texnik qoriqlash markazlarining mustaqil qorigidagilari 12,0 foizga, oshdi. Ichki ishlar organlarining qoriqlash bolinmalari tomonidan bugun 26953 xalq xojaligi obekti va 12104 fuqaro xonadoni qoriqlanmoqda.

Qoriqlanayotgan obekt, xonadon va yonalishlarda 2015 yilda 18, 2016 yilda 17, 2017 yilda 14 ta, joriy yilning otgan olti oyida esa 23 ta jinoiy tajovuzning oldi olindi, deydi qoriqlash xizmati boshligi, polkovnik Tohiriddin Nadjimov. Otgan yillar davomida qoriqdagi obekt va xonadonlardan birortasida ham ogrilik sodir etilishiga yol qoyilmadi. Olib borilgan targibot ishlari natijasida hisobot davrida 4369 obekt, 2907 xonadon yangidan qoriqqa olindi. Bugungi kunda qoriqlanayotgan jami obektlarning 24828 tasi signalizatsiya bilan jihozlangan...

Matbuot anjumanida qoriqlash xizmatiga zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinayotgani ham takidlab otildi. Kop qavatli binolarning umumiy kirish eshiklarini integrallashgan qoriqlash, yongin signalizatsiyasi vositalari, video kuzatuv moslamalari orqali qoriqlash, shuningdek, kabelli kollektorlar va magistrallar qurilmalarini, bankomatlarni qoriqlash, magistral neft va gaz quvurlarini, transport vositalarini zamonaviy qurilmalar yordamida qoriqlash yolga qoyilmoqda. Toshkent va Andijon shaharlarida texnik qoriqlash tizimi toliq zamonaviy integrallashgan, innovatsion texnologiyalarga otkazildi.

2018 yil 27 iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan otkazilgan videoselektor yigilishida bildirilgan tanqidiy fikrlardan song, xizmat faoliyatini yanada jonlantirishga kirishdik.

Birinchidan, Xavfsiz xonadon maxsus rejasi ishlab chiqilib, butun respublika boyicha amalga kiritildi. Natijada songgi hafta ichida 400 dan ortiq xonadon yangidan qoriqqa olindi.

Ikkinchidan, Toshkent shahrida joriy etilgan integrallashtirilgan qoriqlash tizimlari va innovatsion qoriqlash modelini respublikaga tatbiq etish belgilandi.

Uchinchidan, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini etiborga olib, keyingi olti yil davomida xonadonlarni qoriqlash narxi ozgartirilmadi (oyiga 17 ming som). Endilikda bu borada yanada koproq qulayliklar joriy etildi. Xususan, xonadonlarga signalizatsiya vositalari va boshqa jihozlar tekinga ornatilmokda.

Shuningdek, tadbirkorlik obektlariga qoriqlash xizmatlarini korsatish kolami kengaytiriladi. Ularga texnik qoriqlash xizmati narxidan 40 foizgacha chegirma belgilangan (soatiga 2 355 som).

Matbuot anjumanida IIV matbuot xizmati boshligi, general-mayor Q.Burxonov ham qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.



Ziyoda JAMOLOVA



DB query error.
Please try later.