O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
12.06.2018

AYBLOV XULOSASI BOR, DALIL-ASHYOCHI?

HUJJATLARNING «GAPIRISHICHA», JINOYAT ISHI ASOSSIZ QO‘ZGATILGAN

Tahririyatga yordam sorab, murojaat etgan har bir kishi ozini jabrlanuvchi qilib korsatadi, adolat bormi ozi? degan savolni ortaga qoyadi. Arizalar organilganda, ularning hammasi ham haq bolib chiqavermaydi. Ammo Sharifjon Karimov arizasi kishini oyga toldiradi.

U 1986 yildan ichki ishlar idoralari tizimida ishlab kelib, 2011 yil 22 apreldan Yangiyol tumani IIB HOOB ozodlikdan mahrum etish bilan bogliq bolmagan jazolarning ijro etilishini nazorat qilish bolinmasi boshligi bolgan. Ish faoliyati davomida rahbariyat tomonidan ragbatlantirilib borilgan. Tizimda 29 yil ishlab, mayor unvoniga erishgan.

Biroq unga nisbatan 2013 yil 14 noyabrda Yangiyol tuman prokuraturasi tomonidan JKning 208-moddasi bilan jinoyat ishi qozgatildi. Xosh, Sharifjon Karimov qaysi qilmishi uchun javobgarlikka tortildi? Uning aybi nimada edi? E’tibor bering, JKning 208-moddasiga kora, hokimiyat harakatsizligi, yani mansabdor shaxsning oz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart va mumkin bolgan harakatlarni qasddan bajarmaslik nazarda tutilgan. Bir qarashda Sharifjon Karimovga qoyilgan ayblov asoslidek... Biroq ishdagi hujjatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama toliq va xolisona organgan kishida bir qator haqli savollar tugiladi.

Bolinma boshligi 2013 yil 1 noyabr kuni Jinoyat ishlari boyicha Yangiyol tuman sudiga xabarnoma orqali murojaat qilib, axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan 6 nafar mahkum jazoni otashdan qasddan boyin tovlab kelayotgani sababli ularning jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga ozgartirish xususidagi hujjatlarni taqdim qilgan. Uning murojaatidan song JIB Yangiyol tuman sudi sudyasi R. Lutfullayev 2013 yil 6 noyabrda 6 nafar mahkumga nisbatan qidiruv elon qiladi, ular ushlangandan song Ozbekiston Respublikasi IIV JIEBB 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirish haqida ajrim chiqaradi. Oradan kop otmay, yani 2013 yil 14 noyabr kuni Sharifjon Karimovga nisbatan Yangiyol tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qozgatildi.

— Aybim nima, haligacha tushunmayman, deydi u. Vaholanki, menga nisbatan Yangiyol tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlanganida 6 nafar mahkumga nisbatan yuritilgan yigma jild prokuratura organi tomonidan olingan edi. Mazkur yigma jildda mahkumlarga nisbatan JIB Yangiyol tuman sudining 2013 yil 6 noyabrda qidiruv elon qilinganligi haqidagi ajrim ham tikilgan edi. Shunday bolsa-da, tuman prokuraturasi tomonidan bolinma xodimlariga nisbatan 2013 yil 14 noyabr kuni JKning 208-moddasi bilan asossiz tarzda jinoyat ishi qozgatildi.

Ushbu jinoyat ishining qozgatilishiga JPK 322-moddasining 4-bandi asos qilib olindi. Yani jinoyat sodir etilganligini korsatuvchi malumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning ozi bevosita aniqlashi korsatilgan.

Dastlabki tergovni olib borgan Kozimbek Goziyev, undan keyin meni tergov qilgan Bekzod Karimov JPK 322-moddasining 4-bandidagi qonun normalariga rioya qilmay, faqat ayblash tomonda turdi. Mahkumlarga nisbatan toplangan yigma jildlarga xolisona, huquqiy baho bermasdan tergov harakatlarini olib borishdi. Natijada menga amnistiya aktini qollash haqida 2014 yil 23 yanvarda tuman prokurori tomonidan JIB Yangiyol tuman sudiga iltimosnoma kiritildi. Hammasi garaz niyatda qilindi.

Nega shunday deb oylaysiz? Axir, gumonlanuvchi sifatida sizni soroq qilish bayonnomasida aybingizni boyningizga olgan ekansiz-ku, dedik unga.

Togri. Osha vaqtda aybsiz ekanligimni isbotlay olmasdim. Chunki Yangiyol tuman prokurori IIB rahbarlari bilan ozaro kelisholmay qolgan edi. Ichki ishlar xodimlariga nisbatan tazyiqlar otkaza boshlagandi. Prokuror mendan qidiruv elon qilingan 6 nafar mahkumning yigma jildini olib kel, dedi. Olib bordim. Unda sudning mahkumlarni ushlab, ularni ozodlikdan mahrum qilish haqidagi ajrimi ham bor edi.

Nega sen qasddan jazoni otamayotgan mahkumlarga nisbatan belgilangan tartib asosida sudga taqdimnoma kiritib, ularni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirmading, qidiruv elon qildirmading. Yoki bunga boshliqlaring qarshilik qilib, rozilik bermadimi, deb zugum qildi tuman prokurori.

Men boshliqlarimga qarshi asossiz korsatma bermayman, deganimdan keyin prokuror tuman IIBdan konvoylarni chaqirib qamagin, deb buyruq berdi. Kop otmay konvoylar avtomashinasi bilan tuman prokuraturasiga yetib keldi. Togrisi, men qamalib ketishdan qorqdim. Shundan keyin prokurorning tazyiqi ostida hujjatlarga imzo chekishga majbur boldim. Yana bir gap. Osha davrlarda uning oldini biror kimsa kesib ota olmasdi. Uning aytgani aytgan, degani degan edi.

Sharifjon Karimovga nisbatan qozgatilgan jinoyat ishi asossiz va uning harakatlarida umuman jinoyat alomatlari mavjud emas, deydi Muxtor Shapsanov advokatlik firmasi advokati Zokir Shapsanov. Chunki u oz vaqtida mahkumlarni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish chorasini korish haqidagi hujjatlarni sudga taqdim qilgan. Sud esa mazkur hujjatlarga asosan ajrim chiqargan. Sharifjon Karimov xizmat vazifasini qonun talablari asosida toliq bajargan. Ammo prokuratura tergovchilari uni aybdor qilish uchun barcha choralarni korgan. Ushbu ishda jinoyat ishini qozgatish haqidagi qaror yoq. Hatto oddiygina protsessual qonun talablari ham buzilgan. Agar prokuratura xodimlari qonunga qatiy boysunib, Sharifjon Karimov faoliyatiga xolisona baho berganlarida jinoyat ishi qozgatilmagan va u javobgarlikka tortilmagan bolardi.

Sharifjon Karimov poymol bolgan huquqini tiklash, aybsizligini isbotlash uchun yuqori sud instansiyalariga shikoyatlar yozdi. Ammo Jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudi tomonidan qanoatlantirilmadi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda adolatli sud tufayli muqaddam asossiz ayblangan fuqarolarning arizalari atroflicha xolisona korib chiqilmoqda. Sud-huquq tizimida bolayotgan ozgarishlar menda ham umid uchqunlarini paydo qildi, deydi Sharifjon Karimov. Ozimni aybsiz hisoblayman. Osha vaqtdagi nohaqliklar sababli, tazyiqlar ostida aybsiz aybdor bolib qoldim.

Bayon qilganlarimiz boshni qotiradigan darajada murakkab yoki chigal masala emas, aslida. Atigi ikki savolga aniq va xolis javob topilsa yetarli: Sharifjon Karimov qaysi xatti-harakatlari uchun ayblangan? Uning aybini isbotlovchi dalillar bormi?..

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.