O'zb  
 
28.04.2018

SUDLAR JAZOLOVCHI EMAS, BALKI HUQUQNI HIMOYA QILUVCHI ORGANDIR

Bugun sud-huquq tizimini erkinlashtirish, aholining odil sudlovga ishonchini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Prezidentimizning «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni bu borada dasturiy hujjat hisoblanadi.

Biz hozirgi talabdan kelib chiqib, oz faoliyatimiz haqida jamoatchilikka batafsil axborot berishga harakat qilyapmiz.

2017 yil 1 iyundan ma’muriy sudlar ish boshladi.Malumki, mamuriy sudlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar, prokurorning huquqiy hujjatni gayriqonuniy deb topish togrisidagi arizasi, vakolatli organning jismoniy va yuridik boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas, deb topish haqidagi arizalarni korib chiqadi. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklab beradi.

Xususan, otgan davr mobaynida Shayxontohur tuman mamuriy sudiga davlat organlari masullari ustidan tushgan shikoyatlarning 40 tasi korilgan bolsa, shulardan 10 tasining qarori gayriqonuniy ekani aniqlandi. 1600 huquqbuzarlikdan 121 tasi maxsus huquqdan mahrum qilish deb topildi.

Oz faoliyatimdan misol keltiradigan bolsam, bir tadbirkorimiz soliq inspeksiyasining tekshiruvi bilan bogliq xatti-harakatlari va qarori ustidan shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Ishni korish jarayonida osha tadbirkorga nisbatan tekshiruv qonunga zid bolganligi aniqlandi. Ushbu qaror haqiqiy emas, deb topildi va tadbirkorning buzilgan huquqi tiklanib, soliq xodimlariga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi hamda prokuraturaga ularning harakatlarida jinoyat alomatlari borligini aniqlash maqsadida taqdimnoma yuborildi.

Ancha chigalliklarga sabab bolgan yana bir misol haqida toxtalib otmoqchi edim. Fuqaro Muparrax Nazarova tuman Majburiy ijro byurosi va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasining mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan norozi bolib, shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Ish jarayonida aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi xodimlari shahar kadastr boshqarmasiga notogri malumotnoma taqdim etgani sabab, fuqaro M.Nazarova sotib olgan binoga hech qanday asoslarsiz taqiq qoyilgani malum boldi. Kadastr boshqarmasi xodimlari esa taqiq borligini vaj qilib, binoni davlat royxatidan otkazmay kelgan.

Aslida bino taqiqqa qoyilishi lozim bolmagan obekt ekanligini bila turib, Majburiy ijro byurosi xodimlari asossiz ravishda binodan foydalanishga, yani binoni sotishga, boshqa fuqaroga ijaraga berishga yoki ozi ishlatishga ham yol qoyilmaslik taqiqini qoygan.

Sud bu holatda fuqaro M.Nazarovaning huquq va erkinliklari buzilganini aniqlib, bino bilan bogliq xatti-harakatlarni gayriqonuniy deb topdi. Mansabdor shaxslar zimmasiga binoga qoyilgan taqiqni olib tashlash hamda ulardan davlat foydasiga tegishli davlat boji undirish haqida qaror chiqarildi.

Keng jamoatchilikni jalb qilgan holda fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat sudlari bilan birgalikda sayyor sud majlislari otkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va qonunlarni hurmat qilish masalalarida targibotni kuchaytirishga alohida etibor qaratilyapti.

Malumki, Oliy sud hamda Yoshlar ittifoqi ortasida memorandum imzolangan. Unga asosan, Yoshlar ittifoqi azolari huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir qilgan yoshlar bilan suhbat otkazadi. Suhbat jarayonida sodir etilgan jinoyat organilib, togri yolga qaytarish kafilligi olinsa, bunday holda sudga murojaat etiladi. Biz esa kafillik xatini inobatga olib, yengillashtiruvchi huquqiy chora koramiz.

Yana shuni aytmoqchi edimki, mamuriy sudlarda koriladigan huquqbuzarliklar asosan mayda bezoriliklar bolib, mast holda transport vositasini boshqarish, litsenziyasiz yolovchi tashish, haqorat va tuhmat, ehtiyotsizlik natijasida yengil tan jarohat yetkazish kabilardir. Aslida bular jinoyatga bir qadam degani. Fuqarolar, ayniqsa, yoshlar bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etishdan ozlarini tiysa, intizomli bolsa, qonunlarni hurmat qilsa, koplab jinoyatlarning oldi olingan bolar edi.

Zero, mamlakatimizda otkazilayotgan islohotlarning yangi bosqichida adolat, haqiqat va qonun ustuvorligini taminlash hammamizning burchimizdir.

Sanjar ZULUNOV,

Shayxontohur tumani mamuriy sudi raisi.



DB query error.
Please try later.