O'zb  
 
26.08.2018

OSIYO OYINLARI QAHRAMONLARI: GALABALARIMIZNI MUSTAQILLIK BAYRAMIGA BAGISHLAYMIZ!

Osiyo o‘yinlarining oltinchi kunidan song sportchilarimiz 4 oltin, 10 kumush, 7 bronza medalini qolga kiritib, umumjamoa hisobida 10-orinda bormoqda.

Kecha akademik eshkak eshish musobaqasida 8 kishilik qayigimiz marraga ikkinchi bolib yetib keldi. Alisher Yarov, Dostonjon Bahriyev, Islom Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov, Shohjahon Najmiyev, Otamurod Rahimov, Shehroz Hakimov, Zafar Usmonov va Anatoliy Krasnovdan iborat ekipaj faqat Indoneziya terma jamoasi sportchilariga bir necha soniya vaqtni boy berdi.

Velosportchimiz Murod Xolmurodov shosse bahslarida 40 km. masofani 57:10.52 korsatkich bilan bosib otdi va kumush medalni qolga kiritdi.

Tennischimiz Denis Istomin yarim final uchrashuvida hindistonlik Prajnesh Gunnesvaranni ikki setda ham bir xil natija — 6:2 hisobida yengib, finalga yol oldi.

Kumush medal sovrindorlari: Rustam Assakalov yunon-rum kurashi, Sardor Tolqinxojayev va Alisher Turdiyev akademik eshkak eshish, Dmitriy Shokin, Niyoz Polatov, Madina Mannopova taekvondo WTF, Oksana Chusovitina sport gimnastikasi, Doston Yoqubov ogir atletika, Darya Latisheva ushuning taulu yonalishi.

27 avgust kuni futbol boyicha Ozbekiston terma jamoasi Osiyo oyinlarining chorak finalida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da bolib otadi.



Shahboz SAIDOV



DB query error.
Please try later.