O'zb  
 
21.08.2018

NIGORADAN BRONZA, NIYOZDAN ESA KUMUSH

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo oyinlarida bahslar qizgin davom etmoqda.

Xotin-qizlar ortasidagi taekvondo (WTF) boyicha otgan bellashuvlarda vazni 67 kilogrammgacha bolgan hamyurtimiz Nigora Tursunqulova yarim finalda Janubiy Koreya vakilasi Jandi Kimga qarshi dayanga kotarildi. Afsuski, ushbu bahsda yosh sportchimizga omad yetishmadi. Shu tariqa, Nigora Osiyo oyinlarining bronza medalini qolga kiritdi.

Taekvondo bahslarining 58 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Niyoz Polatov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, Ozbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumush medalni keltirdi.

Palembang shahrida Osiyo oyinlarining tennis musobaqalari bolib otmoqda.

Unda hamyurtimiz Nigina Abduraimova qozogistonlik Anna Danilinani 0:6, 6:2, 6:2, mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Sabina Sharipova esa vetnamlik Ksilla Fodorni 7:5, 6:3 hisobida yengdi.

Shuningdek, yakkalik bahslarning erkaklar ortasidagi bellashuvlarida Denis Istomin pokistonlik Oqil Xonni 6:3, 6:1, Jorabek Karimov livanlik Jovani Samaxani 6:4, 7:6 hisobida maglubiyatga uchratdi.

Juftlik bahslarida qatnashayotgan Iroda Tolaganova hamda Sabina Sharipova Xitoy Taypeyi vakilalari Piyechi Li va Chiyenxu Xsuga qarshi kortga chiqdi. Ushbu oyinda hisob 2:1 bolib turganda Li va Xsu uchrashuvni otkazishdan bosh tortdi va maglubiyatini tan oldi.

Erkaklar ortasida Denis Istomin va Farrux Dostov pokistonlik Muhammad Obid va Muzammil Murtazoni birinchi setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:2 hisobida maglubiyatga uchratdi.

Osiyo oyinlari davom etmoqda.



J.TOSHXOJAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.