O'zb  
 
16.08.2018

XALQARO MAQOM SANATI ANJUMANI UNDA MUTLAQ GOLIBGA 15 MING AQSH DOLLARI BERILADI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 6 apreldagi «Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish togrisida»gi qaroriga asosan joriy yil 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom sanati anjumani bolib otadi. Bu nufuzli tadbirda milliy mumtoz sanatimiz jozibasi namoyish etiladi, mahalliy va xorijlik musiqashunoslar, olimlar, xonanda va sozandalar ozaro fikr almashadi, Maqom musiqa sanati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan orni mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya otkaziladi.

Ozbek milliy maqom sanati markazi malumotlariga kora, anjuman doirasida bolib otadigan tanlov goliblari Tashkiliy qomita tomonidan diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilangan.

Tanlov goliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

Gran-Pri — 15 ming AQSh dollari.

1-orin yakkaxon ijrochi uchun (xonanda yoki sozanda) 10 ming AQSh dollari, ansambl jamoasi uchun 10 ming AQSh dollari.

Bu yonalishlarda 2-orin sovrindorlariga 7 ming, 3-orinni qolga kiritganlarga esa 5 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Anjuman doirasida faol ijrochilarni qollab-quvvatlash va ragbatlantirish maqsadida tasis etilgan Eng yaxshi maqom xonandasi, Eng yaxshi maqom sozandasi, Eng yaxshi maqom ustozi, Eng yaxshi maqom targibotchisi, Eng yaxshi yosh maqomchi, Eng yaxshi maqom bastakori kabi nominatsiyalarda goliblar ham munosib taqdirlanadi.



OzA



DB query error.
Please try later.