O'zb  
 
14.08.2018

QADIM SHAHRISABZ DUNYO MAQOMCHILARINI CHORLAMOQDA

Joriy yil 6-10 sentabr kunlari bu yerda ilk bor xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi.

Asrlardan asrlarga otib, rivojlanib, sayqallanib kelayotgan bebaho madaniy boyligimiz hisoblangan milliy maqom sanati xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda, manaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbek milliy maqom sanatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida» 2017 yil 17 noyabrda qabul qilgan qarori va bu hujjat asosida Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom sanati anjumanini otkazish belgilangani madaniy hayotimizda katta voqea boldi.

Otgan haftada Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida ushbu bayramga tayyorgarlik korish va uni yuqori saviyada otkazish boyicha amalga oshirilgan ishlarga bagishlangan matbuot anjumani uyushtirildi.

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev mamlakatimizda maqom sanatini rivojlantirishga qaratilayotgan etibor va ushbu xalqaro tanlovni yuksak saviyada otkazish borasida olib borilayotgan ishlar togrisida toxtaldi.

Xalqaro maqom sanati anjumanining ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi loyihalari ishlab chiqilib, muhokamaga kiritildi, dedi u. Ssenariy loyihalari rejissyor Bahodir Yoldoshev, tajribali mutaxassislar Otanazar Matyoqubov, Ravshan Yunusov, Oqilxon Ibrohimov, Mahmud Tojiboyev, Hasan Rajabiy, Munojat Yolchiyevalar ishtirokida korib chiqilib, bildirilgan takliflar asosida qayta ishlandi. Bu nufuzli sanat bayrami bilan bogliq barcha tashkiliy ishlar oz vaqtida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ozbek milliy maqom sanati markazi bosh direktori Soibjon Begmatov bayramning tantanali ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari haqida malumot berdi.

Anjumanning ochilish marosimida namoyish etish uchun Buxoro, Xorazm, Toshkent va Fargona maqom yonalishlari boyicha maqom ansambllari tomonidan musiqiy kompozitsiyalar tayyorlanmoqda. Shu bilan birga Shahrisabz yosh maqomchilarining chiqishlari ham rejalashtirilmoqda.

Ozbekiston davlat konservatoriyasi Ozbek maqomi tarixi va nazariyasi kafedrasi professori Ravshan Yunusov Maqom sanati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan orni mavzusida otkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik ishlari haqida ham axborot berdi.

Shu kunga qadar 70ga yaqin mamlakatdan anjumanga qatnashish istagi bildirildi. Ishtirokchilarning soni 300 nafardan ziyod bolishi kutilmoqda. Anjuman songida OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.


Maftuna MIRZAXOJAYEVA



DB query error.
Please try later.