O'zb  
 
09.08.2018

DUNYO IJODKORLARI YER YUZI SAYQALIDA

«O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda organish va targib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari 8 avgust kuni Samarqand shahriga sayohat qildi.

Dunyoning yigirma besh mamlakatidan kelgan shoir-yozuvchilar, taniqli adabiyotshunos va tilshunos olimlar, tarjimonlar Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, buyuk davlat va siyosat arbobi qabriga gullar qoyildi.

Mehmonlarga ushbu majmuaning yaratilish tarixi, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha malumot berildi.

Anjuman ishtirokchilari buyuk alloma Mirzo Ulugbek rasadxonasi va muzeyida bolib, qadimiy obida va ashyolarni hayrat bilan tomosha qildi.

Men tugilishimdan avval otam Mirzo Ulugbek majmuasiga kelgan va Ogil farzand korsam ismini Ulugbek qoyaman, deb niyat qilgan ekan, deydi Qozogiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulugbek Yesdavlat. Shu bois menga buyuk bobokolonimizning ismi qoyilgan. Ehtimol, shu sabab bolsa kerak, Samarqandga tez-tez kelib turaman. Bu galgi tadbir ham Samarqandga kelishimga bir sabab boldi.

Mehmonlar Xoja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi va Registon maydonida bolib, ajdodlarimizning noyob aqlu zakosi mahsuli bolgan tarixiy obidalarning bunyod etilish tarixi, boy manaviy merosimizni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Dehlidagi Jamiya milliy islomiya universitetida xatti Boburiydan ozbek tilida dars beraman, deydi hindistonlik Shohid Taslem. Navoiyshunos, boburshunos olimlar, istedodli ijodkorlarning bu yurtda jam bolishi bejiz emas. Negaki, ozbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyotini durdona asarlari bilan boyitgan. Ularni organish va targib etish borasida yurtingizda juda katta ilmiy-ijodiy maktablar yaratilgan. Ozbekiston Prezidentining adabiyotga, manaviyatga alohida etibor qaratishi va soha vakillariga yuksak gamxorlik korsatishi bu maktablarning yanada taraqqiy etishidan dalolat beradi.



G.HASANOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.