O'zb  
 
10.07.2018

TOMDIDA HAYOT OZGARA BOSHLADI

Prezidentimiz joriy yil 2 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Tomdi tumaniga ham kelib, aholi vakillari bilan uchrashgan, tomdiliklarni bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Gap shundaki, tuman markazidan 200-300 kilometr olisda yashovchi fuqarolar tibbiy xizmat yoqligidan aziyat chekishayotgandi. Tomdilik faollar Prezidentimizga ushbu muammoni hal qilib berish taklifini bildirdi.

Mutasaddilarga berilgan topshiriqlar asosida Tomdi tuman tibbiyot birlashmasiga Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mablaglari hisobiga «UAZ» rusumli yoltanlamas maxsus avtotransport vositalari olib kelindi. Zamonaviy tibbiy jihozlarga ega bunday avtotransport vositalari ob-havoning har qanday sharoitida chol yoki tog oldi hududlarida erkin harakatlana oladi.

Shuningdek, tashrif davomida Prezidentimiz olis chol hududlarida ish orinlari yaratish masalasi bilan ham qiziqqan edi. Hudud sharoitidan kelib chiqib Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarida tuyachilikni rivojlantirish taklifi bildirilgandi. Mazkur tashabbus ham royobga chiqadigan bolib turibdi.

Yaqin kunlarda Qozogistondan 1 ming 500 bosh tuya xarid qilinib, Tomdi tumanidagi Oq taqir ovuliga keltiriladi. Ular orasida kop sut beradigan naslli tuyalar ham bor. Hozirda tuyachilik uchun 61 ming 814 gektar yer ajratilgan. Keyingi yil shu yerning ozida tuya sutini qayta ishlashga ixtisoslashgan sex tashkil etish rejalashtirilgan. Bu aholi farovonligiga xizmat qilishi bilan birga, yangi ish orinlari yaratish imkonini beradi. Tuya junining foydali jihatlari kop. Shuni hisobga olib, undan samarali foydalanish boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Bir soz bilan aytganda, davlatimiz rahbarining Tomdi tumaniga qilgan tashrifi va belgilab bergan topshiriqlarining ijrosi hududda yashayotgan odamlarning hayotiga yangicha ruh, yangicha kayfiyat olib kirmoqda.

Lais BAYANASOV,

xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi.



DB query error.
Please try later.