O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
11.09.2018

MAQOM SANATI UMUMIY BOYLIGIMIZ

Abulfas GARAYEV, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri:

— Avvalo, katta musiqiy anjumanning ochilishi yuksak darajada tashkil etilgani bilan tabriklamoqchiman. O‘zbekiston bu kabi xalqaro musiqiy anjumanlar otkazish boyicha yaxshi tajribaga ega mamlakat. Bu bayramning Amir Temur tugilgan yurtda otkazilishi ham tarixiy, ham me’moriy, ham musiqiy merosni jipslashtirishda goyat katta orin tutadi. Shu jihatdan maqom anjumanini har tomonlama qiziqarli va xalqlar ortasida madaniy muloqotni kengaytirishda juda foydali, deb hisoblayman.

Ozarbayjon delegatsiyasi anjumanda kop sonli vakillar bilan qatnashmoqda. Ular orasida musiqachilar, hayat azolari, Ozarbayjon milliy mugom sanatini tanishtirish uchun olimlar tashrif buyurgan. Bizning mamlakatda mugom hayot tarziga aylangan. Usiz madaniyatimizni, tariximizni tasavvur qila olmaymiz. Mazkur anjuman maqom va bizning ananaviy hamda zamonaviy mugom yonalishidagi yangiliklar haqida ozaro fikr almashish, xalqlarimiz ortasidagi madaniy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mugom mamlakatlarimizni dostlashtiruvchi, xalqlarimizni, madaniyatimiz va ananalarimizni birlashtiruvchi kuchdir.

Men Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu yuksak darajadagi xalqaro anjumanni tashkil etish tashabbuskori bolgani va gozal Shahrisabzda bizning delegatsiyamizga korsatilgan katta ehtirom uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Shamsiddin ORUMBEKZODA, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri:

Maqom sanati tojik xalqida ham ezozlanadi. Mamlakatimiz rahbari Emomali Rahmon, ayniqsa, bu sanatni juda qadrlaydi. Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirish jarayonida milliy madaniyat, sanat, xususan, maqom sanatini yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targib etishga alohida etibor qaratayotgani xorijlik sanatkorlar va mutaxassislarni ham xursand qilmoqda. Shahrisabzga kelib, maqom Ozbekistonda juda yuksak ezozlanishi, uning rivoji yolida ulkan ishlar boshlangani va bu oz samaralarini korsatayotganiga guvoh boldik.

Maqom butun dunyoda etirof etiladigan sanat. Shuning uchun ham YuNESKO uni nomoddiy madaniy meros royxatiga kiritgan. Biz tadbir doirasida «Shashmaqom» va Shashmaqom sharhi nomli kitoblarni sovga qildik. Kelajakda ushbu nufuzli anjuman butun dunyo miqyosida katta shuhrat qozonishiga tilakdoshmiz. Ozbekiston zaminida otayotgan ushbu anjuman qancha kop rivojlansa, bizning xalqimiz ham shuncha xursand boladi. Chunki biz etu tirnoqmiz. Birimizning yutugimiz, ikkinchimizniki hamdir. Binobarin, maqom sanati umumiy milliy boyligimiz hisoblanadi.

Olmas BAROTOV,

OzA muxbiri



DB query error.
Please try later.