O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
06.09.2018

ISHONCH VA ETIROF KUCHI

Dilbarxon MAMAJONOVA, O‘zbekiston XDP Fargona viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati:

— Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida Prezidentimiz farmoniga kora, koplab yurtdoshlarimiz qatorida «Shuhrat» medali bilan taqdirlanganimdan qanchalik quvonganimni tasvirlashim qiyin. Qilayotgan mehnatingni hamkasblardan birortasi yoki boshqa kimdir ozgina e’tirof etsa, xursand bolasan, kishi. Kamtorona mehnating mamlakat Prezidenti tomonidan taqdirlansa, davlatning yuksak mukofotiga munosib korilsa, quvonmay, faxrlanmay boladimi...

Bu mukofotni men partiyamizga bolgan etibor namunasi, deb bilaman, katta ishonch, deb bilaman. Bu ishonch va etirof kishiga katta masuliyat yuklaydi, gayrat-shijoat bagishlaydi.

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan tarixiy islohotlardan kozlangan bosh maqsad mehnatkash xalqimiz hayot darajasini yangi bosqichga olib chiqish va vatanimiz taraqqiyotini eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishdir. Bunga osonlikcha yetib bolmaydi albatta. Barchamiz sidqidildan tashabbus korsatib mehnat qilishimiz, innovatsion goyalarni hayotga koproq tadbiq etishimiz kerak boladi.

Bu borada siyosiy partiyalar zimmasiga alohida masuliyat yuklanmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari, hukumat azolari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida otkazgan videoselektor yigilishi hamda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi mamlakatimizdagi barcha siyosiy partiyalar qatori Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining faollari va deputatlari uchun ham dasturamal bolib xizmat qilmoqda.

Bugun biz oz saylovchilarimiz va partiyamiz elektorati bilan hamnafas va hamqadam bolishga harakat qilyapmiz. Baland parvoz gaplardan amaliy ishga otdik. Xalqimizni rozi qilish uchun hali oldinda juda katta vazifalar turganligini anglayapmiz va bu borada istiqbolli rejalar asosida faoliyat olib boryapmiz.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda olib borilayotgan keng kolamli islohotlar shiddat bizdan oz vazifamizga mutlaqo yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Kechagi kayfiyat bilan bugungi jarayonlarga mos qadam tashlab bolmaydi. Bugun kechagidan uch karra kop izlanish, mehnat qilish kerak boladi, deb oylayman. Oshanda ishonchni oqlay olamiz, elektorat manfaatini samarali himoya qilgan bolamiz.



DB query error.
Please try later.