O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.08.2018

HAR BIR INSON FIDOYI BOLISHI KERAK

Dilfuza TO‘XTAYEVA, Shayxontohur tuman «Yangi shahar» mahalla fuqarolar yigini raisi:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tuman faollari bilan otkazgan yigilishda men ham qatnashdim. Togrisi, davlat rahbari bilan bitta tuman aholisi ortasida bunchalik ochiq-oydin muloqot bolishini, eng mayda-chuyda tashvishlardan tortib, eng katta muammolarning shu joyning ozida hal qilinishini tasavvur ham qilmagandim. Bir olam taassurot oldim, buni idrok qilish, magzini chaqish va tegishli xulosa chiqarish kerak.

Buni qarang, hech kutilmagan holat: Prezidentimiz tuman aholisining turmush tarzi, atrof-muhitining ahvoli, qayerda qanday muammolar bor, shular haqida bu yerda bir umr yashab kelayotgan ancha-muncha odamdan kora yaxshiroq bilarkan! Tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish boyicha yigilish otkazishdan oldin Prezidentimiz mahallalarda uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashdi, ularning talab-istaklarini tingladi. Bir ogiz soz bilan aytganda, tumanimizda e’tibor qaratilmagan soha qolmadi.

Kun tartibida bitta masala: kimligidan qati nazar, har bir insonning, aholining turmush sharoitini yaxshilash, xotin-qizlarni, yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularning bugun yaxshi yashashi taminlanishi kerak. Mahalla raislari, faollari xonadonma-xonadon yurishi, har bir oilaning talab-istaklarini organishi, ularning muammolariga yechim topishi kundalik ish faoliyatiga aylanishi kerak, deb takidladi Prezidentimiz.

Ochigini aytish kerak, yillar davomida yaxshi yashash, ertangi kunimiz yaxshi bolishi haqida juda kop gapirildi-yu, ammo kopincha katta-kichik muammolarga panja orasidan qaraldi, ular hal qilinishi orniga battar chigallashib ketdi. Natijada xalqning rahbarlardan kongli sovidi, ularning gap-sozlariga, vadalariga ishonmay qoydi. Endi butunlay boshqacha, yangi davr keldi. Xalq dardi bilan yashamaydigan rahbar endi maydonni tark etishi, ornini munosib shaxslarga boshatib qoyishi kerak. Aks holda, hozirgi talabchan muhit, zamon talabi ularni chetga surib chiqaradi.

Hozirgi davr oqsagan, orqada qolgan, xalqni ortidan ergashtira olmaydigan nonoq rahbarni tabiiy ravishda tan olmaydi. Aholi turmush tarzini yaxshilashni oz ish mezoni deb biladigan, xotin-qizlar bilan ishlash, yoshlar talim-tarbiyasi, ularning ertangi kuni yanada yaxshiroq bolishi uchun jon kuydiradigan insonlargina jamiyatni rivojlantirishga qodir va bunday odamlar Xudoga shukrki, juda kop.

Har bir oilada tadbirkorlikni tashkil etish, uni rivojlantirish ishlarini izchil davom ettirish mana muammolarning oddiy va eng togri yechimi. Chunki tadbirkor bolgan odam ishni tashkil etishni biladi, halol mehnat bilan pul topishni organadi. Bizning Yangi shahar mahalla fuqarolar yigini hududida 662 oila, 4224 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Doimiy ravishda ularning ahvolidan xabardor bolib turamiz, yaxshi-yomon kunlarida birgamiz. Mahallamiz hududida 23 ta tadbirkorlik subekti faoliyat korsatadi. Ularning har birida mahallada yashaydigan ikki-uch nafar odam ish bilan taminlangan. Tadbirkorlarimiz ehtiyojmand oilalarga muntazam yordam berib kelishmoqda.

Xususiy tadbirkor Najmiddin Ergashev Ramazon hayitida oz daromadi hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir tonna guruch, bir tonna shakar, bir tonna kartoshka tarqatdi. Javdat Meliqulov bir tonna un, Sayfulla Xolmatov bir tonna shakar olib berdi. Bunday saxovatli tadbirkorlarimiz soni kopayib borayotgani odamni quvontiradi.

Qarang, joriy yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion somga kop soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion somi qolishi kutilmoqda ekan. Prezidentimiz buni shunday izohladi: Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion somni shaharning ozida qoldiryapmiz? Toplanib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bogchalar qurish, ish orinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham ozini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak.

Bu gaplarning zamirida ming-minglab odamlarning turmush darajasini yaxshilash, bolalarimizning porloq kelajagini taminlashday ezgu maqsadlar mujassamligini hammamiz yurak-yurakdan his qildik. Togrisini aytay, shuncha yoshga kirib, muammomizni organishga kelgan birorta rahbardan hali bunday mehr kormagandik, mehribon sozlarni eshitmagandik. Shaxsan men ozimni shuncha tutib turishimga qaramay, kozimdan yosh chiqib ketdi. Konglimiz kotarildi, shijoatimizga-shijoat qoshildi.

Kecha Prezidentimiz taklifi bilan bir guruh mahalla raislari ozaro tajriba almashish uchun Fargona shahriga keldik. Hozir mahallalarda bolib, ularning qollashga arziydigan ish uslublarini organayapmiz, bilganlarimizni orgatayapmiz. Oylaymanki, bunday yondashuv ozining ijobiy natijalarini beradi.



Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurulloh DOSTON yozib oldi.



DB query error.
Please try later.