O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
13.09.2018

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH BOYICHA BELGILANGAN VAZIFALAR NATIJADORLIGI TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni davlat byudjetiga tushumlarni kopaytirish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni toliq bajarish, 9 oy va yil yakuni boyicha belgilangan makroiqtisodiy korsatkichlarga erishish, paxta-toqimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Bugungi yigilishimizda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli parametrlarni bajarish holatini muhokama qilib, yana qoshimcha rezervlarni ishga solish choralarini korishimiz, yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bolsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Chunki iqtisodiy osish — bu birinchi navbatda yangi korxonalarni qurish va kengaytirish, yol-transport, ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, inflyatsiya va narxlarni jilovlash hamda odamlarni ish bilan ta’minlash deganidir.

Biz bu borada oxirgi 2 yil mobaynida juda ulkan islohotlarni, koplab yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirdik va davom ettirmoqdamiz. Ushbu ustuvor vazifalarni va fuqarolarimiz hayotini yanada yaxshilash yuzasidan zimmamizga olgan majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishimiz uchun respublika va mahalliy byudjetlarga qoshimcha daromadni kopaytirishimiz zarur.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish uchun qabul qilingan investitsiya dasturlarini izchil amalga oshirishimiz kerak.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun yetarli valyuta tushumini taminlash, buning uchun mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirib, ularning eksportini kopaytirishimiz darkor. Qishloq xojaligi sohasida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish maqsadida paxta-toqimachilik klasterlarini rivojlantirishga alohida etibor berishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Yigilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Prezidentimizning joriy yil boshida bergan topshirigiga muvofiq, byudjetga qoshimcha daromad tushirish boyicha rezervlar izlab topilib, ularni safarbar qilish choralari korilgan edi. Buning natijasida 8 oyda davlat byudjetiga otgan yilning shu davriga nisbatan 21 foiz kop daromad tushirildi. Jumladan, mahalliy byudjetlarga tushumlarning osishi 22 foizni tashkil etdi.

Shavkat Mirziyoyev qoshimcha daromadlarni yanada oshirish imkoniyatlari mavjudligini takidlab, mutasaddilarga bu borada aniq manbalar va chora-tadbirlarni belgilash boyicha topshiriqlar berdi.

Mahalliy hokimliklar ixtiyorida qolayotgan qoshimcha daromadlarni samarali va maqsadli sarflash masalasiga ham etibor qaratildi.

Yigilishda joriy yilning 9 oyi va yil yakuni boyicha belgilangan makroiqtisodiy korsatkichlarga erishish, narx-navo osishining oldini olish, investitsiyalarni ozlashtirish, eksportni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Davlatimiz rahbari maqsadli va prognoz parametrlariga erishishda muammo mavjud bolgan soha va tarmoqlarda ishlarni jadallashtirish, belgilangan korsatkichlarni taminlash zarurligini takidladi.

Joriy yilda ishga tushirilishi moljallangan obektlarni foydalanishga topshirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati tahlil qilindi.

Har bir investitsiya loyihasini korib chiqib, qoloqlik mavjud bolganlarini jadallashtirish, bunga tosiq bolayotgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarishni tezroq boshlash muhimligi takidlandi. Shuningdek, 2019 yilgi investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishni yakunlash boyicha korsatmalar berildi.

Ozbekiston Prezidentining 2018 yil 11 sentabrda qabul qilingan «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga muvofiq, endi joylarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tosqinlik qilayotgan muammolarni yechish, ularni jadallashtirish boyicha ishlar mutlaqo yangi yondashuv asosida tashkil etiladi. Har bir hududga ishchi guruhlar borib, joriy yil oxirigacha loyiha taklifidan tortib, to uni amalga oshirishgacha bolgan jarayonda mahalliy hokimliklar va tashabbuskorlarga komaklashadi.

Yigilishda ushbu hududiy ishchi guruhlarning faoliyatini samarali tashkil etish boyicha topshiriqlar berildi.

Eksport masalasi muhokama qilinar ekan, 9 oy yakuni bilan eksport hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 19 foiz oshishi kutilayotgani qayd etildi. Prezident har bir eksportchi korxona va eksport qilinadigan mahsulot turi boyicha komak berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirishni taminlash lozimligini takidladi.

Takroriy ekinlardan kutilayotgan 607 ming tonna eksportbop mahsulotlar, shuningdek, sentabr-oktabr oylarida issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavotni eksport qilish boyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Davlatimiz rahbari bozorlarda narxlar oshishiga yol qoymaslik zarurligini takidlab, 501 ming tonnadan ziyod qishloq xojaligi mahsulotlarini zaxira qilish va ularni qish-bahor oylarida xalq ehtiyojiga mutanosib ravishda ichki bozorga chiqarish boyicha korsatmalar berdi.

Yigilishda paxta-toqimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yolga qoyilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshladi.

Ilgari markazlashgan mablaglar hisobiga bajarilgan melioratsiya va irrigatsiya ishlari, qishloq xojaligi texnikasini sotib olish kabi tadbirlarni endilikda klasterlar oz mablaglari hisobidan bajarayapti. Tomchilatib va plastik quvurlar orqali sugorishda ham klasterlar ilgor.

Eng muhimi, klasterlardagi paxta hosildorligi boshqa fermer xojaliklariga nisbatan 5-10 sentner yuqori bolishi kutilmoqda.

Ozini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida kelib tushgan takliflar korib chiqilib, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bolgan 44 ta tashabbuskor tanlab olindi. 2019 yilda 61 ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi toliq klaster tizimiga otadi. Yangi tashkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41 ta korxona tashkil etilib, 23 mingga yaqin ish orni yaratiladi.

Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yolga qoyish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi ozimizda qayta ishlanadi. Bu 2017 yilga nisbatan 2 marotaba kop degani. 2020 yilga borib, paxta tolasini toliq qayta ishlashga otiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

Shuning uchun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xojaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bogliq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning lokomotivi bolishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilda paxta-toqimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarurligi takidlandi.

2019-2023 yillarda qishloq xojaligida tomchilatib sugorish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini ishlab chiqish, sohaga xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish boyicha topshiriqlar berildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: