O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
06.09.2018

OZBEKISTON MISR HAMKORLIGIDA YANGI BOSQICH BOSHLANMOQDA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisi 4-5 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5 sentabr kuni Koksaroy qarorgohida bolib otdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan song Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisi tor doirada uchrashuv otkazdi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni qutlab, ushbu tashrif mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalarda tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.

— Biz Misrni qadimiy sivilizatsiya beshigi, boy tarix va yuksak salohiyatga ega mamlakat deb bilamiz. Xalqlarimizning madaniy yaqinligi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Ota-bobolarimiz birgalikda ilm-fanni rivojlantirgan, madaniy hamkorlik, savdo-sotiq qilgan. Bunga tarixda misollar juda kop. Bugun Ozbekiston Misr hamkorligida yangi bosqich, amaliy ishlar davri boshlanmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalo, Ozbekistonga taklifingiz uchun tashakkur izhor qilmoqchiman, dedi Abdulfattoh as-Sisi. Mamlakatingizga kelgan ilk daqiqalardanoq ozimni yurtimdagidek his qildim. Misr xalqi mamlakatimiz bilan ming yillik mushtarak tarixga ega Ozbekiston va uning xalqini goyat hurmat qiladi. Oylaymanki, bu tashrif nafaqat ozaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki barcha sohalarda ulkan yuksalishlarga turtki beradi. Biz munosabatlarimizni har tomonlama rivojlantirish tarafdorimiz.

Ozbekiston va Misrni, garchi oradagi masofa uzoq bolsa-da, tarixiy-madaniy mushtaraklik, ananaviy dostlik va yaqin hamkorlik birlashtirib turadi. Misr Prezidentining mamlakatimizga ilk tashrifi ana shu azaliy aloqalarni bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, yangi asosda ravnaq toptirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mamlakatlarimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada faollashtirishga alohida etibor qaratmoqda. Jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2016 yil oktabr oyida Toshkentda otgan 43-sessiyasida Misr delegatsiyasi ishtirok etdi. Ushbu mamlakat yetakchi ekspertlari yurtimizdagi saylovlarda kuzatuvchi sifatida muntazam qatnashib kelmoqda.

Mintaqaviy va global masalalarga yondashuvlar ham oxshash yoki yaqin. Ozbekiston va Misr Afgonistonda faqat ushbu mamlakat xalqi tomonidan tinchlik ornatish jarayonlari amalga oshirilishi tarafdoridir.

Afgonistonda mustahkam tinchlik va barqarorlik ornatish yolidagi say-harakatlarni birlashtirish, bu masalalar boyicha tashqi ishlar vazirliklari ortasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar otkazib borishga kelishib olindi.

Prezidentlar xavfsizlik muammolariga alohida etibor qaratdilar. Terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir masalalarni atroflicha muhokama qildilar.

Ozbekiston va Misr Prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida savdo-sotiq va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shu maqsadda mamlakatlarimiz imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish masalalari muhokama markazida boldi.

Iqtisodiy hamkorlik davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ikki mamlakat ortasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qaratilgan say-harakatlarni davom ettirish zarur. Muzokaralarda takidlanganidek, savdo hajmini yaqin yillarda bir necha barobar oshirish uchun har ikki tomonda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar mavjud.

Ozbekiston Misrga uning bozorida talab yuqori bolgan elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xojaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishi mumkin. Misrda esa mamlakatimizga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, gilamlar, mebellar, neft-kimyo mahsulotlari, marmar, chinni, teri va plastik mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari yuqori.

Ikki davlat masul idoralariga savdo aylanmasiga qulay shart-sharoit yaratish, tovar ayirboshlash tuzilmasini toliq diversifikatsiya qilish va uning hajmini kengaytirish boyicha topshiriqlar berildi. Qishloq xojaligi sohasida ilmiy izlanishlar natijalari va ilgor tajribani almashishga kelishib olindi. Ishbilarmon doiralar vakillarining Ozbekiston va Misrda otkaziladigan korgazma-yarmarkalarda ishtirok etishi ragbatlantiriladi.

Misr Prezidentining tashrifi doirasida otgan Ozbekiston Misr biznes-forumi ana shu muloqotlarning uzviy davomi boldi. Ushbu forumda umumiy qiymati 400 million dollardan ziyod shartnomalar imzolandi. Bu ham iqtisodiy sohada ulkan imkoniyat va resurslar borligidan dalolatdir.

Mamlakatlarimiz qadimda Buyuk ipak yolining asosiy tarmoqlari bolgan. Bugungi kunda tashqi bozorlarga tez va samarali chiqishni taminlovchi transport va tranzit yolaklarini rivojlantirish davlatlarimiz ortasida savdo hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orinda xalqaro suv yolagi sifatida Suvaysh kanalining ahamiyati beqiyos. Suvaysh kanalidagi iqtisodiy zona Ozbekiston mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishni yengillashtirishda qulay imkoniyat yaratadi.

Ozaro savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda hududlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Muzokarada Namangan va Iskandariya viloyatlari ortasida bevosita hamkorlik ornatish, yaqin kunlarda ushbu viloyat delegatsiyasining yurtimizga tashrifini tashkil qilishga kelishib olindi.

Misr turizm sohasida katta salohiyat va tajribaga ega mamlakat. Bugungi kunda Ozbekistonda ham ushbu tarmoq jadal rivojlanmoqda. Muzokarada bu sohadagi aloqalarni kengaytirish, Ozbekistondagi qadimiy shaharlar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun Misrlik sayyohlarni kopaytirish mumkinligi qayd etildi. Toshkent, Qohira va Xurgada ortasida aviaqatnovlarni yolga qoyish masalasi muhokama qilindi.

Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug bobokalonlarimizning noyob ilmiy-marifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligidir. Bu orinda buyuk ajdodimiz Ahmad Fargoniyning Misrda yashab, olmas kashfiyotlar qilgani, jumladan, Nil daryosi suvini olchaydigan inshoot «Miqyosi Nil»ni yaratgani bugungi avlodlarga yuksak iftixor bagishlaydi. Qohira shahrida, buyuk Nil boyida Ahmad Fargoniy bobomizga ornatilgan muhtasham haykal bugun xalqlarimiz ortasidagi azaliy dostlikning yorqin ramziga aylangan.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik boyicha ham ijobiy natijalarga erishildi. Misrning Al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan Ozbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi ortasida faol hamkorlik ornatishga kelishib olindi.

Muzokarada xalqlarimizning manaviy yaqinligini inobatga olib, qoshma madaniy tadbirlarni kopaytirish, ayni paytda, talim, ilm-fan, sogliqni saqlash, sayyohlik, madaniyat, sport va boshqa sohalarda ozaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Qoshma bayonoti qabul qilindi.

Mamlakatlarimiz ortasida yoshlar, sport, investitsiya, qishloq xojaligi sohalarida hamkorlik togrisida Anglashuv memorandumlari, talim, turizm, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga doir bitimlar, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari ortasida 2019-2020 yillarga moljallangan hamkorlik dasturi va adliya vazirliklari ortasida hamkorlik memorandumi singari jami 12 hujjat imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muloqotlar ochiq, dostona va amaliy ruhda otganini, hamkorlikni rivojlantirishga doir keng qamrovli masalalar muhokama etilganini takidladilar. Imzolangan hujjatlar Ozbekiston va Misrning uzoq muddatli manfaatlariga, mamlakatlarimizni rivojlantirish va xalqlarimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Misr Prezidentining Ozbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarda tarixiy ahamiyatga ega boldi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Biz ikki tomonlama munosabatlarga doir hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdik. Ishonchim komilki, ushbu kelishuvlar Ozbekiston bilan Misr ortasidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatidan boyitib, ozaro manfaatli hamkorligimizni yangi, yuqori bosqichga kotarishga xizmat qiladi.

Ozaro samimiy muloqot va Misr delegatsiyasiga korsatilgan mehmondostlik uchun Ozbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik izhor qilaman, dedi Abdulfattoh as-Sisi. Bugun imzolangan hujjatlar yaqin kelajakda mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik kolamini kengaytirish va jadallashtirishga xizmat qiladi. Ushbu kelishuvlar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bir-biriga mushtarak intilishlari samarasidir.

Abdulfattoh as-Sisi Shavkat Mirziyoyevni rasmiy tashrif bilan Misrga taklif qildi.

Shu bilan Misr Arab Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi.

Matnazar ELMURODOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: