Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
30.08.2018

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident, aziz qardoshim!

O‘zbekistonning Milliy kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va butun o‘zbek xalqini shaxsan o‘z nomimdan va xalqim nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qardoshimiz va do‘stimiz deb bilganimiz O‘zbekistonning Siz, aziz qardoshimning oqilona va uzoqni ko‘zlab yuritayotgan siyosati tufayli erishayotgan yutuqlarini butun dunyo kabi biz ham yuqori baholagan holda kuzatyapmiz. O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi yo‘lida g‘ayrat va fidokorlik bilan qilayotgan sa’y-harakatlaringizni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik va strategik sheriklik birgalikdagi sa’y-harakatimiz bilan xalqlarimiz manfaati yo‘lida yanada kuchayishiga ishonchim komil. Sizning oqilona rahnamoligingizda do‘st va qardosh O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga shohid bo‘layotganimdan baxtiyorman.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz kelgusida yanada rivojlanishiga ishonchimni tasdiqlagan holda, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh o‘zbek xalqiga omonlik va farovonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip ERDO‘G‘ON,

Turkiya Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Tojikiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va Siz orqali butun qardosh O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Siz uzoqni ko‘zlab yuritayotgan siyosat hamda mamlakat hayotining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalaridagi muhim yangilanishlar bugun o‘z samaralarini berib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini muttasil yuksaltirmoqda.

Ushbu muvaffaqiyatlar yaqin qo‘shni sifatida O‘zbekiston bilan ko‘plab do‘stlik rishtalari orqali bog‘langan Tojikistonni ham quvontirmoqda.

Xalqlarimizni madaniy-ma’naviy yaqinlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish, tinch va totuv yashashga intilish, ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan bebaho tajriba bog‘lab turadi.

O‘zbekiston bilan munosabatlar Tojikiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Biz Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning ezgu va konstruktiv muhitidan, shuningdek, hamkorligimiz xalqlarimiz va butun mintaqaning tub manfaatlari yo‘lida izchil rivojlanib borayotganidan g‘oyat mamnunmiz.

Biz, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizning bu yo‘ldagi shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz.

Yaqinda go‘zal mamlakatingizga davlat tashrifi davomida Siz bilan bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuvlarimizni, tarixiy hujjat – Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolaganimizni alohida mamnuniyat bilan yodga olaman.

Ishonchim komil, ushbu tashrif doirasida imzolangan hujjatlar, shuningdek, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida qator keng miqyosli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan kelishuvlarning ro‘yobga chiqishi mamlakatlarimizning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan samarali hamkorligiga yangi va kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, bundan buyon ham Siz bilan birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik an’analari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirishga barcha kuchlarni yo‘naltirishga tayyor ekanimni bildiraman.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bundan buyon ham Tojikiston va O‘zbekiston xalqlari farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman.

Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, mamlakat ravnaqi yo‘lidagi rejalaringiz va intilishlaringiz ro‘yobida katta zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, baxt-saodat va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.

Hurmat bilan,

Emomali RAHMON,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti

* * *

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh Qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.



DB query error.
Please try later.