O'zb  
 
29.05.2018

ENDI PARLAMENT AZOLARI TASHQI ALOQALARDA FAOL ISHTIROK ETADI

Demokratik davlat va huquqiy jamiyat haqida so‘z ketganda, birinchi galda parlament, vakillik hokimiyatini tasavvur qilamiz. Ularning ta’sir kuchini oshirmasdan, katta ozgarishlarga umid qilish qiyin.

Shuning uchun joriy yilning aprel oyida bir qator qonunlarga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi. «Siyosiy partiyalar togrisida»gi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti togrisidagi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov togrisidagi qonunlar bunga misol bola oladi.

Ozgarishlarga kora, partiya guruhlari azolarining huquq hamda vakolatlari kengaytirildi. Saylovchilar oldidagi masuliyati oshirildi. Xususan, deputatlar hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega boldi. Tuman (shahar) hokimining, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati togrisida Joqorgi Kengesga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etishi mumkin boldi. Endilikda xalq vakillari saylovchilar ishonchini oqlash bilan birga, uni deputatlikka nomzod qilib korsatgan siyosiy partiya oldidagi majburiyatlarini bajarishi zarur. Aks holda, taqdimnoma asosida deputat chaqirib olinishi, yani vakolatlari muddatidan oldin toxtatilishi mumkin. Ushbu tartib Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat azolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, xorij parlamenti bilan munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan meyorlar ham joriy etildi. Yani, qonunchilikda parlamentlararo guruhlar va komissiyalar tuzish tartibi belgilandi.

Parlamentarizm rivojining bugungi zamonaviy bosqichida tashqi siyosat sohasida deputatlar ham faol ishtirok etishi zarur. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Feruza Eshmatova bu haqda quyidagicha fikr bildirdi:

Parlament azolari tashqi siyosat sohasida xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya hamda denonsatsiya qilish, diplomatik va xalqaro tashkilotlarga vakillarni lavozimga tasdiqlash jarayonlarida ishtirok etadi.

Tashqi aloqalarni rivojlantirishda parlament rolini kuchaytirish, mamlakatimizning xalqaro imidjini mustahkamlash dolzarb ahamiyatga ega. Shu masalada huquqiy asoslarni takomillashtirish ustuvor vazifa bolib, yangicha yondashuvni talab etadi.

Parlamentlararo hamkorlik xalqaro amaliyotda odatda parlamentlararo guruhlar, parlamentlararo komissiyalar, ishchi guruhlar va boshqa davlatlar parlamentlari bilan hamkorlik boyicha turli tuzilmalarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

Malumki, xorijiy davlatlar parlamentlari bilan hamkorlik boyicha parlamentlararo guruhlar tashkil etilgan. Oz navbatida, 40 ga yaqin xorijiy mamlakatlar parlamentlarida mamlakatimiz parlamenti bilan hamkorlik boyicha turli shakldagi tuzilmalar ham faoliyat yuritmoqda. Ular togridan-togri muloqot ornatish uchun tashkil etilgan bolib, parlamentlar azolarini birlashtiradi.

Oliy Majlis parlamentlararo guruhlari tarkibiga 90 nafardan ortiq parlament azolari, xorijiy parlamentlararo guruhlar tarkibiga 230 dan ziyod parlamentariylar kirgan. Mazkur guruhlar faoliyati doirasida Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va Latviya parlamentlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

2017 yil oktabr oyidan Ozbekiston ozining Parlamentlararo ittifoqda azoligini tikladi va uning sessiyalarida parlamentimiz azolari faol ishtirok etib kelishmoqda.

Milliy qonunchiligimiz atroflicha tahlil qilindi. Parlament azolarining faolligini oshirish uchun qonunchilikni yaxshilash zarurligi ayon boldi. Parlamentlararo guruhlarni tuzish, ular faoliyati, rasmiy parlament delegatsiyalarini tashkil etish masalalarini tartibga solish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti togrisidagi qonunlarga ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Unda hamkorlik boyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qomitalar, ishchi guruhlar va xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik boyicha boshqa tuzilmalarni tashkil etish masalalari takomillashtirildi. Shuningdek, xorijga yuborilayotgan rasmiy parlament delegatsiyalarini tashkil etish tartibi belgilandi.

Bu yangiliklar parlamentimiz azolarining faolligi hamda masuliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega boladi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.