O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
09.08.2018

IMTIYOZLI PENSIYA TAYINLANADI

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar 5 yil oldin pensiyaga chiqishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi yigilishida «Ozbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti togrisida» qonuniga qoshimchalar va ozgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Loyihada hukumat tasdiqlaydigan royxatga muvofiq alohida toifadagi I va II guruh nogironligi bolgan shaxslarga (erkaklarning ish staji kamida 25 yil, ayollarniki 20 yil bolgan taqdirda) umumiy belgilangan pensiya yoshini 5 yilga qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash nazarda tutilmoqda. Shuningdek, pensioner byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tuman (shahar) bolimining pensiyadan ortiqcha tolangan summalarni undirish togrisidagi qaroridan norozi bolganda, aniqlangan qarzdorlikni sud tartibida undirish boyicha qoshimcha va ozgartishlar kiritilmoqda.



Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Qonun loyihasi mazmunan elektoratimiz vakillari manfaatlariga aloqador bolgani uchun birinchi oqishda oz takliflarimizni bildirgan edik. Chunki pensiyaga doir belgilanayotgan imtiyozlar nogironligi bolgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytiradi.

Loyihada alohida toifadagi I va II guruh nogironligi bolgan shaxslarga imtiyozli pensiyalar tayinlash nazarda tutilmoqda. Pensiyalar togri tayinlangani va tolanishi borasida otkazilayotgan tekshirishlar natijasiga kora, aniqlangan ortiqcha tolovlarni pensiyalardan ushlab qolish tartibini yanada takomillashtirish masalalari ham qamrab olingan. Qonun loyihasida ilgari surilayotgan takliflar va kiritilayotgan meyorlar partiya elektorati manfaatlariga mos keladi. Shundan kelib chiqib, fraksiyamiz azolari uni qollab-quvvatlaydi.



Shuningdek, Ozbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi ham deputatlar diqqat markazida boldi. Takidlandiki, sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar davlat boji miqdorini maqbullashtirish va sud xarajatlarini sud jarayonining barcha ishtirokchilari ortasida adolatli taqsimlash masalalarini ham qamrab olgan. Taklif etilayotgan qonun loyihasi esa sohani yanada takomillashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



Sahobiddin ARZIQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Soliq kodeksining amaldagi tahririda fuqarolik ishlari boyicha sudlar va iqtisodiy sudlar uchun boj undirish obektini belgilashda turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, fuqarolik ishlari boyicha sudning qarori ustidan nazorat tartibida shikoyat qilinganda boj tolansa, ayni shu jarayonda iqtisodiy sudga bolgan murojaat uchun boj tolanmaydi. Shunga oxshash farqli holatlar hakamlik sudi bilan bogliq jarayonlarda ham mavjud. Ozaro nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida Soliq kodeksining bir nechta moddalariga ozgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.

Yani, ayrim shaxslarga berilayotgan imtiyozlarni bekor qiluvchi ozgartirishlarni kiritishda notariuslarning ijro yozuvlaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bu orinda faqat byudjetdan moliyalashtiriladigan, kam taminlangan va ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand shaxslarga belgilanadigan imtiyozlar saqlanib qolinishi tarafdorimiz.

Loyiha boyicha oz takliflarimizni bildirdik. Oylaymizki, ikkinchi oqishga qadar bizni qiziqtirgan masalalar ham qamrab olinadi. Fraksiyamiz fikricha, imtiyozlar berilishi va boj tolash majburiyatlarida shaffoflik bolishi kerak. Muhimi, davlat bojini undirishda adolat tamoyili taminlanishi zarur.



Yigilishda Ozbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga ozgartirishlar kiritish togrisidagi qonun loyihasi ham korib chiqildi. Prezident farmoniga muvofiq, 2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlari bekor qilingan edi. Endilikda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bolgan korxonalar uchun bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish, ushbu jarayonda tovarlarni qayta ishlashning mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi togrisida xulosalar berishni nazarda tutuvchi meyorlar olib tashlanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boyicha chora-tadbirlar samaradorligini taminlash hamda davlat organlari tomonidan asossiz mamuriy nazoratni bekor qilish kozda tutilmoqda. Fraksiya azolari mazkur loyihani birinchi oqishda qollab-quvvatladi.

Yigilishda, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kunini belgilash togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga ozgartish kiritish haqidagi va yana bir qator qonunlari loyihalari muhokama qilindi.

Har bir masala yuzasidan Ozbekiston XDP fraksiyasi oz pozitsiyasini belgilab oldi.



Zilola ANVAROVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: