O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
31.07.2018

FRAKSIYA QONUN LOYIHASINI MAQULLAMADI,

biroq parlament quyi palatasi yig‘ilishida uni ikkinchi oqishga qadar maromiga yetkazish ta’kidlandi...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari «Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga qoshimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasi real hayotga mos kelmasligini qayd etmoqda. Bunday qatiy fikr bildirilishining sababi nimada?

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Qonun loyihasi muhtoj shaxslarga shoshilinch yoki kechiktirib bolmaydigan yordam korsatishni asossiz rad etganlik uchun tibbiyot tashkilotlarining rahbarlari va xodimlariga javobgarlik belgilanishini nazarda tutadi. Togri, inson manfaati har narsadan ustun. Ammo oylab koraylik, bugun oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasidagi aholiga xizmat korsatuvchi xodimning ish haqi qancha? Eng kam ish haqining uch baravari 500 ming somdan ortiq. Endi savol: bu summa oddiy vrach yoki hamshira ish haqining necha foizini tashkil qiladi?..

Shu asoslarga kora, belgilanayotgan jarima miqdori yuqori, deb hisoblaymiz.

Masalaning boshqa tomoniga ham etibor qarataylik. Qonunchilikka kiritilayotgan meyor, qoshimcha yoki ozgartirishlar biror-bir masalaning yechimiga xizmat qilishi kerak. Biroq loyihada bu savol ochiq qolgan. Tibbiyot xodimlari Gippokrat qasami bilan ishga kirishadi. Shuning ozi ham vijdonan ishlash uchun yetarli bolishi kerak. Jarima belgilash vaziyat ozgarishini kafolatlay oladimi?..

Hamshira yoki shifokorning etiborsizligi oqibatida bemorning holati yomonlashsa, bu masala boyicha qonunlarimizda javobgarlik belgilangan.

Bundan tashqari, shoshilinch va kechiktirib bolmaydigan tibbiy yordam sozlari kishini chalgitishi mumkin. Chunki ular ozaro sinonim hisoblanadi. Shuning uchun bu haqda ham chuqurroq oylab korish, taklif etilayotgan meyorning haqiqiy mazmunini ochib beruvchi jumlalar bilan boyitish kerak, deb oylayman.

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Mazkur qonun loyihasini dastlabki muhokamasida ham qollab-quvvatlamagan edik. Bunga sabab, u bugungi vaziyatga togri kelmaydi. Konseptual jihatdan qayta korib chiqilishi boyicha berilgan vadalar ham unutilgan. Qonun loyihasida Mamuriy hamda jinoiy javobgarlik togrisidagi kodekslar bilan ziddiyatni yuzaga keltiradigan jihatlari bor. Shu kabi sabablar bilan loyihani qaytargandik.

Olmazor tumanida tibbiyot xodimlari bilan uchrashganimizda mazkur qonun loyihasi boyicha savollar berishdi. Suhbat chogida mutlaqo qarshi fikrlar bildirildi. Jamoatchilik fikrini ham organib, inobatga olishimiz kerak, nazarimda.

Qonun loyihasini tayyorlashda xalqaro tajriba organilgan bolishi mumkin. Ammo ozimizda ushbu masala qay darajada organildi? Joylarda bu kabi holatlar roy berayotgan bolsa, ularning soni, korsatkichi qanday? Sogliqni saqlash vazirligi mazkur qonun talablarini bajarishga tayyormi? Bu borada izlanish, tahlil otkazilishi lozim, deb hisoblayman. Masalan, aynan rad etilgani haqida qancha murojaat yoki shikoyat bolgani boyicha malumotlar korsatib otilmagan. Ayni chogda boshqa mamlakatlar qonunchiligida bor narsani togridan-togri ozimizga kochirib bolmaydi. Vaziyat, roy berayotgan voqealar, haqiqiy hayot ortasida katta farq ham borligini unutmasligimiz zarur.

Qonun loyihasini qaytarganimizga bir oydan kop vaqt boldi. Ammo uning ijodkorlari qoshimcha hech qanday malumot, organish kiritmagan. Tez tibbiy yordam korsatishdan bosh tortish holatlari kuzatildimi? Uning oqibatlari qanday ekani yuzasidan tahlil va xulosalar mavjudmi? Tibbiyot xodimlari aybi bilan noxush holatlar sodir etilganda jinoiy javobgarlikka tortish boyicha qonunchiligimizda qatiy meyor belgilab qoyilgan. Shuning uchun loyihaning qollab-quvvatlanishiga qarshiman.

Shuhrat MAMAJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Fraksiyamiz azolari fikricha, loyiha Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi togrisidagi va Normativ-huquqiy hujjatlar togrisidagi qonunlar talablariga javob bermaydi. Xususan, Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi togrisidagi Qonunning 14-moddasida Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur organishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy tasir korsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniqlashga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarining qollanilish amaliyotini tahlil etishga asoslanishi, 15-moddada Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umumetirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinishi, shuningdek, qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi organilishi belgilangan. Ammo loyihada mazkur talablarga yetarlicha etibor qaratilmagan.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga javobgarlik tartibini nazarda tutuvchi bir emas, ikkita modda kiritilgan. Shunday ekan, mamuriy javobgarlikning belgilanishi kop jihatdan togri bolmaydi. Chunki aholiga xizmat korsatadigan xodimlar asosan rahbar yoki mansabdor shaxslar emas. Natijada esa orta bogindagi elektoratimiz vakillari bu talablarni bajarishga majbur bolib qolishi mumkin.

Umuman olganda, loyihada chalkashliklar bor. Shu sababli men ham uning maqullanishi tarafdori emasman.

Loyiha yuzasidan yana qator fikr-mulohazalar bildirildi, bahs-munozaralar boldi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: