O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
17.07.2018

SUVNI ISROF QILGANLAR MAMURIY JAVOBGARLIKKA TORTILADI

Joriy yil 29 mayda Prezidentimiz raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xojaligida goza parvarishi, galla orimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali otkazish bilan bogliq bugungi kunda goyat dolzarb bolib turgan masalalarga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazilgan edi. Yigilishda berilgan topshiriq va belgilangan vazifalar yuzasidan iyun oyi boshida xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari sessiyalari otkazilib, shtablar tuzildi.

Masalaning nihoyatda dolzarb ekanidan kelib chiqib, respublikamizning barcha viloyat, tuman va shaharlarida tashviqot-targibot, jamoatchilik hamda deputatlik nazorati guruhlari ish boshladi. Mazkur vazifaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham jalb etilgan.

Shu kunlarda qishloq xojaligida muhim palla hukm surmoqda. Mutasaddilar, dehqon-fermerlardan har doimgidan ham hushyor va masuliyatli bolish talab etiladi. Muxbirimiz ayni paytda Surxondaryo viloyatida deputatlik nazorati guruhida ish olib borayotgan parlament quyi palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev bilan boglandi. U hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi.

Deputatning aytishicha, tashkil etilgan guruhlarning say-harakatiga qaramasdan, viloyatda suvdan oqilona foydalanish masalasida kamchiliklar uchramoqda.

Viloyatda mavjud 5 ta suv omborida bugungi kun holatiga suv hajmi 1035,5 million metr kub bolib, hozirda ularga kelayotgan suv miqdori soniyasiga 128,3 metr kubni, chiqarilayotgani esa 184,6 metr kubni tashkil etmoqda. Viloyatda 78529 gektar maydonda paxta yetishtirilayotgan bolsa, ekinning aksariyat qismi 1-suv bilan taminlangan.

Ayni murakkab pallada suvdan tejamkorlik bilan va samarali foydalanish, goza nihollarining yaxshi osib, rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berishni tez va sifatli bajarish katta ahamiyatga ega. Ishlov berish muddatidan kechiksa, tuproqning suv va havo rejimi, osimlikning oziqlanishi buziladi, begona otlar, ularning zarari kopayadi, hosildorlik 15-25 foizga pasayadi.

Bir sugorish goza hosili taqdirini hal qilishi mumkin, degan naql bejizga aytilmagan. Barcha agrotexnik tadbirlar qatorida ekinni chanqatib qoymaslik uchun sugorish oldidan egat olish tavsiya qilinadi. Tuproq tarkibini inobatga olib sugorish, egatlar uzunligini togri belgilash, suvdan samarali foydalanish bilan birga, osimlikning barqaror rivojlanishini taminlaydi. Birinchi sugorish 3-5 kun kechiktirilsa, niholda qurgoqchilikka chiniqish jarayoni sodir bolib, hosildorlik 5-7 sentnerga kamayadi.

Tanqislik kuzatilayotgan mushkul paytda joylarda suv behuda oqizib qoyilgan yoki kollatib sugorilayotgan holatlarning guvohi bolyapmiz. Ayrim fermer xojaliklari oqariqlar oraligini 50-60 metr orniga, 150-200 metr qilib sugormoqda. Bu usul suv sarfini ancha oshiradi.

Muzrabod tumanidagi «Qongirot Jayxun» SIU hududidagi Navbahor Muzrabod fermer xojaligining paxta rejasi 17 gektar bolib, suv olish qulogi jihozlanmagan. Gidropost qurilmagan, yer oqariqlar bilan bolinmagan. Dala uzunligi 300 metr qilib olingan. Bunday masuliyatsizlik uchun fermer xojaligi rahbari Xayrullo Bahromovga nisbatan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, mamuriy ish ochildi.

Sh.Boboyev SIU hududidagi Pirimqul Jora Agro fermer xojaligi 24 gektar paxta maydoniga ega. Shundan 10 gektar maydonga suv taralgan, suvni tejash choralarini qollash orniga, isrofgarchilikka yol qoyilgan. Fermer xojaligi suvchilari ustidan yetarlicha nazorat ornatilmagan, dala oxiridan 0,03 gektar maydon suvga kollatilgan.

Xojalik rahbari Oybek Jorayevga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tegishli organga taqdim etildi va berilayotgan suv miqdori qisqartirildi.

Denov tumanida Hazarbog hududidagi Zulfiqorov Dilmurod fermer hojaligidagi organish jarayonida 4 gektar paxta maydoniga suv taralgani, lekin xandaq ora qazilmagani, mahalliy ogit chiqarilmagani, oqariqlar orasidagi masofa 180-190 metr olingani, dala oxiridan suv behuda oqizib qoyilgani aniqlandi. Fermer xojaligi rahbari Abdurahmon Zulfiqorovga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga asosan jarima qollanildi va berilayotgan suv miqdori qisqartirildi.

Ushbu hududdagi Hayrabot oltin dala fermer xojaligiga qarashli 10 gektar galladan boshagan maydonga suv istemoli qoidasini buzib, ozboshimchalik bilan suv quyilgan va dala oxiridan 0,02-0,03 sotix maydon suvga kollatilgan. Fermer xojaligi rahbari Zokir Qurbonovga nisbatan ham dalolatnoma rasmiylashtirilib, mamuriy ish ochildi va berilayotgan suv miqdori qisqartirildi.

Sherobod tumanidagi Dehqonobod obihayot SIU hududidagi Qurbonov Sanjar Davronovich fermer xojaligining paxta rejasi 21 gektar bolib, shundan 3 gektar maydonga sharbatsiz suv taralgan. Gidropost qurilmagan, fermer xojaligi suvchilariga shart-sharoitlar yaratilmagan, 50 metr ichki ariqlar tozalanmagan, oqariqlar oraligi 150-170 metr olingan. Fermer xojaligi suvchilarining etiborsizligi oqibatida 10-12 l/sek suv poyonobga tashlatib qoyilgan. Fermer xojaligi rahbari Davron Qurbonovga ogohlantirish berildi va suv miqdori 40 foizga qisqartirildi.

Bunday misollarni koplab keltirish mumkin. Masuliyatsiz fermer xojaliklari rahbarlari tegishli tartibda javobgarlikka tortilyapti. Albatta, maqsad kimnidir jazolash, kimningdir kayfiyatini buzish emas. Biroq qishloq xojaligi uchun ota muhim pallada suvning qadriga yetib, masuliyat bilan ish tutish hammamizning burchimiz. Suvga yaqin odam uni isrof qilishi, suvga uzoqroq odam bir tomchi suvga zor bolib qiynalishi togri emas.

Joylarda boshboshdoqlikka yol qoyayotgan, etiborsiz fermerlar hamon uchramoqda. Suvdan xojasizlarcha foydalanayotgan, obihayotning qadriga yetmasdan, kollektorlarga tashlab qoygan fermer xojaliklari rahbarlari, suv taqsimoti meyori va adolatni buzgan boshqa mutasaddilarga nisbatan bundan keyin ham qatiy choralar koriladi. Bu haqda ogohlantirish va tushintirish ishlari ishchi guruh tomonidan olib borilmoqda.

Zilola ANVAROVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: