O'zb  
 
06.09.2018

YANGI OQUV YILINGIZ MUBORAK BOLSIN!

5 sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Bilimlar kuni tadbirlari bolib otdi.

Yakkasaroy tumanidagi 319-umumtalim maktabi hovlisi ham bayramona bezatilgan. Hammaning yuz-kozida tabassum. Ayniqsa, muqaddas dargohga ilk qadamini tashlayotgan ogil-qizlarning hayajoni cheksiz. Ularning ota-onalari bilan suhbatlashdik.

— Farzandim erta tongda uygonib, bir necha kun avval tayyorlab qoygan maktab liboslarini kiydi, deydi Umida Gaziyeva. Oquv dargohiga otlanar ekanmiz, tinmay savol berardi. Maktabga daftar, kitob olib borishim kerakmasmi, ularsiz qanday dars tayyorlayman, derdi. Birinchi sinfga qadam qoygan bolajonlarga «Prezident sovgasi» berilishini tushuntirdim. Unda kerakli barcha oquv qurollari borligini aytdim. Farzandim bundan juda quvondi.

Bayram ishtirokchilarini dastlab OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Nilufar Yoldosheva Bilimlar kuni bilan tabrikladi. Yurtimizda yosh avlod talim-tarbiyasi yolida qilinayotgan ishlar togrisida toxtaldi.

Nihoyat, ogil-qizlar orziqib kutgan birinchi qongiroq chalindi. Oqituvchilar yetakchiligida oquvchilar oz sinflariga oshiqishdi. Bu jarayon kishiga hayajon bagishlaydi, bolalik xotiralarini jonlantiradi. Biz ham oquvchilar bilan sinf xonalariga yol oldik.

Bugungi kunda maktabimizda 740 nafar oquvchi tahsil olmoqda, dedi xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, 319-umutalim maktabi direktori Sayohat Toshmatova. Ularga 50 nafardan ortiq malakali oqituvchi talim berib kelmoqda. Maktabimizda sport, musiqa, hunarmandchilik, fan togaraklari faoliyat yuritadi. Joriy oquv yilida esa darsdan tashqari Istiqlol barslari nomidagi ixtisoslashtirilgan harbiy sinf ham tashkil etildi.

Maktab direktori bizni dastlab, birinchi sinf xonasiga boshladi. U yerda Mustaqillik darslari samimiy ruhda otkazilayotganiga guvoh boldik.

Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov dars jarayonida mustaqillik imkoniyatlari, ozining hayot tajribalari haqida sozlab berdi. Orzu, niyatlarga yetish uchun avvalo alo oqish, chuqur bilim olish, astoydil intilish kerakligini aytdi.

Qariyb uch oy davomida oquvchilarini kutgan maktab quchogi yana ogil-qizlar bilan toldi. Prezident sovgasi 12 nomdagi oquv qurollari solingan maktab sumkasini olgan birinchi sinflar oquvchilarining quvonchi va hayrati, bir-birini sogingan sinfdoshlarning shodliklari kishini hayajonga soladi, gururlantiradi. Xayoliga beixtiyor bir tilak keladi: Yangi oquv yilingiz muborak bolsin, doimo alo baholarga oqib, ota-ona va ustozlar!

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.