O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
09.08.2018

SAXOVAT UYI NAMANGANDA QOLDI...

Bundan sakkiz oy muqaddam Namangan shahridagi Saxovat keksalar uyida istiqomat qiluvchilardan partiya viloyat kengashining Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat kelib tushgandi.

Murojaatda mazkur muassasani Farg‘ona shahridagi keksalar uyi bilan birlashtirib yuborish, Saxovat uyida istiqomat qilayotgan 24 nafar keksani Fargonaga kochirish boyicha Sogliqni saqlash vazirligidan korsatma kelgani va bundan ular noroziligini bildirishgandi.

Shu orinda murojaat xatini keltirib otishni joiz, deb topdik.

«...Biz, tegishli hujjatlar asosida ushbu dargohda yashab kelmoqdamiz. Haftaning shanba, yakshanba kunlari ozimiz unib–osgan mahallamizga, ishlagan mehnat jamoamizga borib, qadrdonlarimiz bilan korishib, suhbatlashamiz. Ota-onalarimiz va boshqa yaqinlarimizning qabrlarini ziyorat qilamiz. Shu bilan oksik kongillarimiz halovat topib, ruhimiz yengillardi. Fargonaga kochish bizni shu imkoniyatlardan mahrum qiladi.

Iltimos, bizni Namangan shahridagi Saxovat uyida umrguzaronlik qilib, hayotimizning qolgan qismini ham shu yerda otishini ta’minlashga amaliy yordam bersangiz!..»

Partiya viloyat kengashi va deputatlar iltimosiga kora, kengash mafkura bolimi mudiri Motabar Qoziyeva bilan birgalikda ushbu murojaatni joyida organdik.

Otaxon va onaxonlarning istak va talablari, ularga xizmat korsatayotgan ishchi mutaxassislarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik. Shundan song Qulaylik kimga, noqulaylik-chi? sarlavhali maqola tayyorlagandik.

Maqola gazetada elon qilinmadi. Ammo partiya Markaziy Kengashi, deputatlar va viloyat hokimi aralashuvi bilan Saxovat uyi oz ornida qoldirildi va unda istiqomat qiluvchilar talabi qondirildi.

Yaqinda partiya viloyat kengashi va deputatlar guruhi tashabbusi bilan mazkur muassasada Siz hamisha etiborimizdasiz loyihasi asosida yoqlov tadbiri otkazildi.

Ayni vaqtda 14 nafar qarovga muhtoj nuroniylar istiqomat qilayotgan muassasada shifokor Hamidullo Tursunov rahbarligida mutaxassis xodimlar faoliyat yuritadi.

Partiya viloyat kengashi raisi Ravshan Abdullayev Siz hamisha etiborimizdasiz loyihasining maqsad-vazifalariga toxtaldi.

Nuroniylarimiz fonddagi kitoblarni ikki martadan ham oqib chiqishgan. Yangi badiiy asarlarga ehtiyojimiz bor edi. Namangan nashriyoti direktori, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Gulchehra Zokirova taqdim etgan kitoblar ayni muddao boldi, deydi muassasa axborot resurs markazi rahbari Aziza Ismatullayeva. Ottiz nomdagi kitoblarni fondimizga qabul qilib oldik. Keksalarimiz yangi kitoblarni hozirdanoq oqishni boshlashdi. Tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildiramiz.



Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.