O'zb  
 
02.08.2018

OGOHLIK, HUSHYORLIK, HAMKORLIK INSON ERKINLIGIGA BOLGAN TAHDIDLARNING OLDINI OLADI

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi odam savdosiga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik masalalariga bagishlab davra suhbati otkazdi.

Sergeli tuman IIB boshligi, podpolkovnik Asliddin Ubaydullayev tuman miqyosida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toxtaldi. Jamoat tashkilotlari, xususan, Ozbekiston XDP bilan hamkorlik haqida oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbirda, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari, partiya faollari va turli soha vakillari mavzu yuzasidan soz yuritdi.

— Odam savdosi dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan global muammolardan biri hisoblanadi, dedi Sergeli tuman IIB huquqbuzarlik profilaktikasi bolimi mudiri Dilshod Yunusov. Ushbu jinoyatga qarshi kurash olib borishda davlatlararo hamkorlik masalasi muhim sanaladi. Ozbekiston inson huquqlari boyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qoshilgan. BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan xalqaro shartnoma ishtirokchisi hisoblanadi.

Bu borada barcha davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar ozaro hamkorlikda faoliyat olib borishi lozim, deb oylayman. Shundagina kongilsizliklarning oldini olishga, odamlar hushyorligini oshirishga erishish mumkin.

Partiyamiz tomonidan otkazilayotgan turli loyihalar, targibot tadbirlariga asosan band bolmagan yoshlarni jalb etishga harakat qilamiz, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Nilufar Yuldasheva. Hayotda oz ornini topishga qiynalayotgan, natijada asosiy vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda otkazayotgan yoshlar ortasida tushuntirish-targibot ishlarini kuchaytirish haqida ham oylashimiz kerak. Chunki ularda aldanib qolish xavfi koproq boladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oz ornida foydalanish har jihatdan yaxshi samara berishini tushuntira olishimiz kerak, deb oylayman. Buning uchun yoshlar qalbiga yol topish, ularni nimalar qiziqtirayotganini jiddiy organishimiz zarur.

Sergeli tuman xalq talimi bolimi filologiya fanlari metodisti Nurxon Nazarova yoshlarning qiziqishiga qarab turli sport togaraklariga jalb qilish, voyaga yetmaganlar ishlari boyicha komissiyalar va joylardagi mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqligini qayd etib otdi. Shuningdek, yoshlarga nisbatan ularning ota-onalari tomonidan nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi alohida takidlandi.

Oz muxbirimiz.



DB query error.
Please try later.