O'zb  
 
21.05.2020

KUCh-QUDRATIMIZ ILMIY SALOHIYaTDA

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta’lim tizimida, ayniqsa, oliy talim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning ko‘lami tobora kengayib, zamon talablariga mos sifat ozgarishlari kuzatilmoqda. Xususan, joriy yil aprel oyida davlatimiz rahbarining «Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori imzolandi.

Muxbirimiz Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva bilan mazkur qaror ijrosi va uning sohada tutgan ahamiyati haqida suhbatlashdi.

– Hurmatli Gulchehra Shavkatovna, avvalo mazkur qarorga bolgan hayotiy zarurat va bu qarorning sharqshunos kadrlarni tayyorlashdagi ahamiyati haqida toxtalsangiz.

Davlatimiz rahbarining mazkur qarori, eng avvalo, oliy talimni rivojlantirish, qolaversa, sharqshunoslik sohasiga berilayotgan katta etiborning samarasi, deb bilaman. Bugungi kunda sharq mamlakatlarining dunyodagi mavqei, xususan, ularning mamlakatimiz bilan ozaro manfaatli hamkorligi tobora yangi bosqichlarga kotarilib borayotgani biz, sharqshunoslarning oldimizdagi vazifalar kolamini kengaytirib, yanada masuliyat bilan ilmiy izlanishlarni olib borish, talim jarayonini tubdan qayta korib chiqish zarurligini korsatmoqda. Malumki, songgi yillarda Prezidentimiz tomonidan uzluksiz talim tizimi, jumladan, oliy talim tizimini modernizatsiya qilish, uni jahon standartlari darajasiga olib chiqish, oliy talim muassasalarimizning dunyo reytinglarida munosib orin egallashiga qaratilgan muhim siyosati natijasida katta islohotlar boshlab yuborildi. Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu oliy talim tizimi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega strategik hujjat bolib, uning asosida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu konsepsiyada oliy talim muassasalarini tizimli rivojlantirish boyicha institut maqomidagi oliy talim muassasalari faoliyati kolamini kengaytirish va institutsional salohiyatini kuchaytirish orqali ularni universitetga aylantirish boyicha chora-tadbirlar korish vazifasi ham belgilab berildi.

Prezidentimizning Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida talim muassasamizga universitet maqomining berilishi, ozbek sharqshunosligining jahonga chiqishiga keng yol ochib beradigan qadam boldi deya olamiz. Bu albatta, jamoaga juda katta masuliyatni yuklaydi. Ozbekistonning sharq mamlakatlari bilan ikki va kop tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi, sharq tillari boyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan, jahonda roy berayotgan jarayonlarni togri talqin qila oladigan tahliliy tafakkurga, kompleks bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash vazifasini bajaruvchi universitetimiz endilikda zamonaviy oliy talim muassasasi sifatida jahon ilm fani va talim jarayonlariga dadil kirib bora oladi. Shuningdek, yangi islohotlarni amalga oshirish borasida respublikamizdagi 10 ta oliy talim muassasasi va sharqshunoslik universitetining ham oz-ozini moliyalashtirish tizimiga otkazilganligi yangi tizimga otishning yana bir muhim omili boldi, deb oylayman.

Malumki, sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash, deganda avvalo, dunyoga sochilib ketgan xalqimiz tarixi, uning ming yillik manaviy qadriyatlari bilan bogliq manbalarni organadigan, qilni qirq yorishga qodir mutaxassislar koz ongimizda namoyon boladi, bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar kolami, ularning samarasi haqida ham toxtalsangiz.

Sharqshunos mutaxassis sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va manaviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzini organish uchun har tomonlama bilimga ega bolishi lozim. Albatta, uzoq otmishga va boy milliy manaviy qadriyatlarga ega yurtimiz tarixini manbalar asosida xolis organish muhim ahamiyatga ega. Qarorda aynan ushbu masalada ham qator vazifalar belgilangan bolib, ularni amalga oshirish jarayoni asrlar davomida saqlanib kelayotgan qolyozma manbalarni organish boyicha yosh sharqshunos-manbashunoslarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va bu orqali mamlakatimiz va millatimizni dunyoga targib etish bilan bogliq faoliyatni kuchaytirishimizni taqozo etadi. Qarorda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida universitet huzurida Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazini hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazini ochish belgilandi. Mazkur markazlar sharq xalqlari madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni chuqur organishga yonaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, yurtimiz qadriyatlari, milliy merosimizni dunyoga targib etish, sharq mamlakatlarining tarixi, rivojlanish bosqichi, iqtisodiy-siyosiy taraqqiyot xususiyatlarini kompleks tadqiq etish, ayniqsa, Ozbekistonning sharq xalqlari bilan ozaro munosabatlarini rivojlantirishda oz orniga ega boladi, deb oylayman. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan ilmiy grantlarga ega bolish uchun yangi ilmiy loyihalarni ham ishlab chiqish, moliyalashtirishga erishish va samarador tadqiqotlarni bajarish zarur boladi.

Shu bilan birga, Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi kabi muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish, universitetning manbashunoslik yonalishidagi kafedralari filiallarini tashkil etish ham yangi tadqiqotlar uchun sharoitlarni kengaytirishini takidlash joiz.

Mazkur qarorning bir bandida talim sifatini oshirish, oquv va ilmiy faoliyatni ilgor xorijiy tajriba asosida tashkil etish maqsadida nufuzli xorijiy oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilari ishtirokida onlayn kurslar, maruzalar va mahorat darslarini muntazam tashkil etish togrisida vazifa qoyilgan. Mamlakatimizda dunyoga yoyilgan koronavirus tufayli elon qilingan karantin davrida talabalarni onlayn oqitish amalda bir sinovdan otdi va u bu amaliyotni yanada takomillashtirish zarurligini taqozo qilmoqda. Aytingchi, bu yonalishda qarorda nazarda tutilgan ishlarga tayyorgarlik qanday ketyapti, yangicha yondashuvlar nimalarda namoyon boladi?

Dunyo mamlakatlarining tobora taraqqiy etib borayotgani barcha sohalar qatori talim tizimida ham oqitishning ilgor, yangicha, tasirchan usullaridan foydalanish, dars amaliyotlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, qarorda universitetda zamonaviy talim texnologiyalari, talabalar bilimini baholovchi ilgor metodikalar, sharq mamlakatlarini organish boyicha zamonaviy mediamahsulotlar va elektron adabiyotlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish masalasiga alohida band kiritilgan. Albatta, bu vazifalarni amalga oshirish oz-ozidan talimning sifatiga ijobiy tasir etadi. Talim jarayoniga xorijlik professor-oqituvchilarning jalb etilishi ham talabalarimizda ozi organayotgan mamlakatning mutaxassisidan dars olishiga qiziqishining kuchayishi natijalarning yuqori bolishini taminlaydi. Koronavirus pandemiyasi bois elon qilingan karantin sharoiti universitetimiz pedagoglari jamoasi va talabalari uchun ham bir tomondan oz ustida ishlash davri boldi, desam mubolaga bolmaydi. Masofaviy talim shakllaridan foydalanish, onlayn darslar uchun internet tarmogidagi platformalarni organish, global tarmoqdagi nufuzli resurslar bazalari bilan ishlagan holda talimiy va ilmiy manbalarni izlash, ulardan foydalanish kabi konikmalar mustahkamlandi. Internetdagi dasturiy tarmoqlar, talim platformalari orqali dars jarayonlari tashkil etildi, talabalarning ozlashtirish korsatkichlari ham onlayn qayd etildi. Talim jarayonida nafaqat ozbekistonlik professor-oqituvchilar, balki universitetga Yaponiya, Koreya, Misr, Xitoy, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlardan jalb etilgan mutaxassislarning ham darslari onlayn tashkil etildi.

Dars jarayonlaridan tashqari ilmiy faoliyat ham onlayn shaklda davom ettirilmoqda. Bir qator ilmiy anjumanlar onlayn platformalar orqali otkazildi. Ular jumlasida koronavirus pandemiyasi sharoitida dunyo mamlakatlaridagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy ozgarishlar muhokamasiga bagishlangan anjumanda 7 ta davlatdan olim va mutaxassislar ishtirok etib, Ozbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga, universitetimiz olimlarining tahliliy ilmiy qarashlariga yuqori baho berdilar. Shuningdek, yangi iqtisodiyot yonalishidagi tarixiy manbashunoslikning dolzarb masalalari muhokamalari qizgin tashkil etilgan respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar, yosh sharqshunoslarning ilmiy anjumanlari ham onlayn otkazildi. Bugungi kunda esa magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyalari belgilangan jadval asosida muntazam tashkil etilmoqda.

Yangicha yondashuvlar albatta, universitetda talabalarning ham, oqituvchilarning ham, tadqiqotchilarning ham zamonaviy fikrlashga, mustaqil talim olish va ilmiy faoliyat bilan shugullanishlariga ijobiy tasir etadi.

Qarorda universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida doktoranturaga qabul kvotasini kopaytirish, yangi ixtisosliklar boyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifasi ham qoyilgan. Uning mazmun va mohiyati, ahamiyatini kengroq izohlab bersangiz.

Universitetda ilmiy salohiyatni oshirish eng muhim dolzarb masala. Salohiyat yuqori bolgan joyda hamma yonalishda: talim jarayonida ham, ilmiy faoliyatda ham kutilgan natijaga erishish mumkin boladi. Ilmiy darajali kadrlarga bolgan ehtiyoj asosida yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ularning mamlakatimiz uchun ustuvor yonalishlardagi mavzularda izlanish olib borishlari va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishlari uchun sharoitlarni yanada yaxshilash zarurati bor. Bugungi kunda universitetda filologiya, tarix, siyosiy fanlar va iqtisodiyot fanlari tarmogida 10 ta ixtisoslik doirasida doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shaklida ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda merosni organishga qaratilgan manbashunoslik yonalishida hamda siyosiy-iqtisodiy munasabatlar holatini zamonaviy bosqich nuqtai nazaridan organuvchi siyosatshunos kadrlarni tayyorlashga miqdor va sifat jihatidan etiborni kuchaytirish, shuningdek, yangi ixtisosliklarni ochish asosida muhim yonalishlarda salohiyatli kadrlarni tayyorlash zarur. Jumladan, doktoranturaga yangi qabul jarayonida Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi hamda Etnologiya va etnografiya ixtisosliklari boyicha ham tadqiqotchilarni jalb etish reja qilinmoqda.

Qarorda qayd etilishicha, sharq tillari sohasida orta bogin professional kadrlarni tayyorlash, shuningdek, istedodli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish maqsadida Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari boyicha texnikumlar tashkil etilishi takidlangan. Bu borada boshqa hududlarda ishlar qanday yolga qoyiladi?

Bolajak mutaxassis bolaligidan sohaga qiziqsa, qobiliyatli, oz oldiga qoygan maqsadlarga intiluvchan bolsa, kelgusida sohaning ilgori boladi. Buning uchun yoshlarni oquvchilik davridanoq qiziqishlarini hisobga olgan holda kasbga yonaltirish juda muhim. Bu jihatdan Prezidentimizning professional talimni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlari asosida hududlarda turli sohalar boyicha texnikumlarni ochish, viloyatlarda oliy talim muassasalarining ishtirokida orta bogin mutaxassislarini tayyorlashga imkoniyat yaratadi. Bu borada qarorda belgilangan Namangan va Xiva shaharlarida texnikumlar tashkil etiladi. Bu talim dargohlarini bitirgan yoshlar sharq tillarini organish asosida tarjimonlik, turizm, pedagoglik yonalishlarida ishlashi mumkin boladi. Shuningdek, texnikumlarda hududning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa yondosh yonalishlarda ham ish beruvchilarning talablariga kora mutaxassislar tayyorlashni ham yolga qoyish rejalashtirilmoqda.

Malumki, universitet yozma yodgorliklar boyicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qolyozma va toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan bepul taminlanadi, deyilgan. Xorijiy mamlakatlardagi ana shunday manbalar bilan ishlash boyicha qanday aloqalar ornatilgan, bu yonalishda erishilgan muvaffaqiyatlar, kelgusida turgan vazifalar haqida gazetxonlarimizga tushuncha bersangiz.

Qarorda Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan bir qator vazifalar belgilangan. Jumladan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni organish, universitetning kafedralari filiallarini ochish kabi masalalar ham bor. Aynan Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qolyozma va toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan bepul taminlanishimiz masalasiga toxtalsak, bu ham fan va talim integratsiyasini kuchaytirish yolidagi muhim qadam boladi. Dunyo boyicha mamlakat va millat tarixini aks ettiruvchi qolyozma manbalar saqlanadigan fondlarda qolyozmalarning nusxalarini olishning oziga xos tartiblari bor. Bu fondlardagi noyob qolyozmalarning tarqalib ketmasligi, notogri va ilmiy asoslanmagan nashrlarning paydo bolishi oldini oladi. Qarorda nazarda tutilgan holatda esa, universitet talaba va tadqiqotchilari tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy jamoasi bilan maqsadli tarzda alohida belgilab olingan, organilishi, ilmiy muomalaga kirishi zarur, dolzarbligi yuqori bolgan qolyozmalarning elektron nusxalari bilan ishlashni jadallashtirish va qollab-quvvatlash maqsadida hamkorlik amalga oshiriladi. Bu uzoq yillardan beri juda kam qismi organilgan qolyozmalarni organish, ilmiy istifoda etish kolamini kengaytiradi. Mazkur institut olimlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishlar doirasida qolyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish laboratoriyasiga, xattotlik ishlarini organishga ham talabalarning jalb etilishi kelajakda nihoyatda qiyin ammo, juda kerakli bolgan sohani rivojlantirishda oz samarasini beradi, deb ishonaman.

Oktam MIRZAYoROV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: