O'zb  
 
11.06.2019

Bir-biriga oxshash EGIZAK javoblar zamoni otmadimi?

«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 2019 yil 8 yanvar sonida Adolat posangisi buzilsa sarlavhali tanqidiy maqola chop etilgan edi.

Maqolada Samarqand shahrining sobiq hokimi A.Shukurov tomonidan Samarqand shahri Gagarin kochasidagi 128-uyni buzish va orniga zamonaviy turar-joy qurish uchun uni Garant qurilish servis MChJga berish togrisida 2015 va 2016 yilda chiqarilgan qarorlari haqida soz boradi. Oradan qariyb 6 oy otgan bolishiga qaramay, sobiq shahar hokimining amaldagi qonunlarga zid ravishda qabul qilgan bu qarorining qonuniylik yoki noqonuniylik darajasiga baho berish, protest keltirish masalasi sud-huquq idoralari tomonidan hanuzgacha paysalga solib kelinmoqda.

Samarqand shahrida kop qavatli uy-joy qurilishlariga noqonuniy tarzda yer ajratish natijasida kimlarning jinoiy javobgarlikka tortilganidan hammamiz xabardormiz. Lekin shunga qaramay, bu tarixiy maskanda uy-joylar qurilishida xalqaro shaharsozlik qoidalariga rioya qilinmagani tufayli ularning ba’zi birlarini buzish haqida sud qarorlari qabul qilinganidan ham xabarimiz bor.

Samarqand shahri, Gagarin kochasi, 128-manzilda joylashgan 5 qavatli binoning uch qavatini 2006 yilda sotib olgan, 2007 yilning 7 martida Samarqand shahar hokimining Binoga egalik huquqini tasdiqlash togrisidagi qaroriga ega bolgan tadbirkor Jamshid Shomurodov qonunsizlik va adolatsizlik girdobida qoldi.

Bino majburiy tarzda buzilib, zamonaviy turar-joy qurish bahonasida uning yer maydoni Garant qurilish servis MChJga tortiq qilindi. Zoravonlikka qonuniy tus berildi.

Samarqand shahar prokuraturasi esa bu borada shahar hokimi qaroriga qonun doirasida baho berish orniga, uni qayd etishdan nariga otmayapti.

Mamlakatning gullab-yashnashi, rivojlanishi tadbirkorlar faoliyati bilan bogliqligi dunyo tajribasidan malum. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqda kop gapirayapti, tadbirkorlarni qollab-quvvatlayapti, ularga tosiq bolayotgan barcha govlarni bartaraf qilishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilayapti. Lekin bu borada orta bogin rahbarlarining tushunchasini, dunyoqarashini ozgartirish qiyinlik bilan kechayotganini hayotning ozi korsatib turibdi.

Tadbirkorlikka tama aralashsa, ziddiyatlar kopayadi, tosiq qoyilsa, taraqqiyot toxtaydi, investorlar bunday jamiyatda oz biznesini yuritishga ishonchli kafolat ololmaydi. Rivojlanishni istar ekanmiz, birdan-bir yolimiz — qonunlarga rioya qilish, tadbirkorlarga keng yol ochish.

Tadbirkorlik faoliyati toxtab qolgan Jamshid Shomurodov haqiqat izlab sarson-sargardon bolib yurgan bir paytda Garant qurilish servis korxonasi Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunida belgilangan talablarga rioya qilmasdan, ushbu manzildagi turar va noturar uy-joylarni mulkdor J.Shomurodovning roziligisiz qonunga xilof ravishda buzganidan tashqari, bu yerda qurilish ishlarini davom ettirayapti, kop qavatli uyning birinchi qavatiga ustunlar ornatildi...

Qonun boyicha Garant qurilish servis MChJ rahbari kop qavatli turar-joy egalaridan uy-joylarini toliq sotib olganidan keyin, agar uy-joy sohiblari shu manzilda zamonaviy uy-joy qurishga qurbi yetmasagina hokimiyatga taklif kiritishi va korib chiqilishi lozim edi. Holbuki, Jamshid Shomurodov bu galva boshlanmasidan ilgari shahar hokimligiga borib, buziladigan eski bino orniga talab darajasidagi uy-joy qurilishiga qurbi ham, mablagi ham yetarli ekanini kop martalab ogzaki va yozma tarzda bildirgan edi. Lekin uning bu yozishmalari javobsiz qolib ketdi, ruxsat ham berilmadi.

Ijro hokimiyati tomonidan chiqarilayotgan qarorlarning qonuniyligini nazorat etuvchi shahar prokuraturasi shu holat boyicha Samarqand shahar hokimining yuqorida keltirilgan, yani 2015 yilning 27 noyabrida va 2016 yilning 19 dekabrida qonunga zid ravishda qabul qilgan qarorlariga protest keltirish orniga uni qollab-quvvatladi, bundan tadbirkor jabr kordi. Aslida, bu masala xolis korilganida, qonun ustuvorligi taminlanib, mojaroga nuqta qoyilgan bolar edi.

Garchand qonunlarimizda har bir tadbirkorning xususiy mulki davlat himoyasida va daxlsiz ekanligi korsatilgan bolsa-da, Jamshid Shomurodovning bu borada qilgan murojaatlariga Shahar prokuraturasi tomonidan... deb boshlanadigan bir xil mazmundagi, hatto nuqta-verguli ham ozgarishsiz qoldirilgan javoblar kelishi davom etmoqda.

Yaqinda Bosh prokuratura mutasaddilari tomonidan Samarqand shahrida otkazilgan sayyor qabulda tadbirkorlarga tosiq bolayotgan masalalar muhokama qilindi, ularning koplariga shu yerning ozida yechim topildi. Jamshid Shomurodov ham Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan... deb boshlanadigan bir dasta javob xatlarini kotarib keldi.

Bosh prokuror orinbosari Erkin Yoldoshev otgan 6 oyning turli sanalarida shahar prokurorining imzosi bilan jonatilgan bir qolipdagi javoblar bilan tanishib, shahar prokuraturasi mutasaddilarga tanbeh berdi va belgilangan muddatda bu masalani qaytadan korib chiqib, qonun doirasida hal qilish vazifasini qatiy qoydi. Ishning borish jarayoni nazoratga olinadigan boldi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: