O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020    »
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.06.2020

AYBSIZ AYBDOR

6 yillik sarson-sargardonlikdan so‘ng oqlandi

— Menga nisbatan nohaq jinoyat ishi qozgatilgan edi, deydi Sharifjon Karimov. Aybim yoqligi uchun kurashishdan toxtamadim.

Yangiyol tumani IIB HOOB ozodlikdan mahrum etish bilan bogliq bolmagan jazolarning ijro etilishini nazorat qilish bolinmasi boshligi, mayor Sharifjon Karimovga nisbatan 2013 yil 14 noyabrda Yangiyol tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 208-moddasi bilan jinoyat ish qozgatilgan edi. Ya’ni u mansabdor shaxsning oz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart va mumkin bolgan harakatlarni qasddan bajarmaslikda ayblangan.

2014 yil 30 yanvarda JIB Yangiyol tuman sudi sudyasi R.Lutfullayev Sharifjon Karimovga oid jinoyat ishini amnistiya togrisidagi qarorga asosan tugatgan. 2017 yil 12 dekabrda JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasi (raislik qiluvchi S.Ashirmatov, hayat sudyalari M.Xodjayeva va X.Shermuhamedov) quyi sud ajrimini ozgarishsiz qoldirgan.

Sharifjon Karimov ozining aybsiz ekanligi xususida kop joylarga murojaat qildi. Poymol etilgan huquqini tiklashlarini sorab shikoyatlar yozdi, dasta-dasta hujjatlarni taqdim qildi. 2019 yil 19 martda Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari boyicha sudlov hayati: raislik qiluvchi Sh.Rajabov, sudyalar H.Berdiqlichev va N.Rajabov uning shikoyatini har tomonlama, xolis va adolatli korib chiqdi va JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2017 yil 12 dekabrdagi ajrimini bekor qildi.

Sudlov hayati ajrimida qayd etilganidek, Oliy sud Plenumining 2003 yil 19 dekabrdagi qarori 21-bandida himoyachining ishtiroki shart bolgan ish himoyachining ishtirokisiz tergov qilingan yoki sudda korilgan bolsa, bu holat sudlanuvchini himoya huquqi bilan taminlashga oid jinoyat-protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishi, deb baholanishi va bunday holatning aniqlanishi sud qarorining bekor qilinishiga asos bolishi xususida tushuntirish berilgan.

Shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan qonun talablari hamda Plenum qarorlari tushuntirishlariga rioya qilinmagan. JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiyasi instansiyasi sudi esa sud ajrimini ozgarishsiz qoldirish togrisida notogri xulosaga kelgan.

Oliy sud sudlov hayati Sharifjon Karimov yoki boshqa shaxsga nisbatan jinoyat ishi qozgatilganligi haqidagi qarorning mavjud emasligiga ham etibor qaratgan. Yangiyol tuman IIB HOOB ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolarning ijro etilishini nazorat qilish bolinmasi boshligi Sharifjon Karimov 2013 yil 1 noyabrda rahbariyat imzosi bilan tasdiqlangan xat bilan sudga murojaat qilgan. Jinoyat ishlari boyicha Yangiyol tuman sudi 2013 yil 6 noyabrda ushbu xatga asosan 6 nafar mahkumga nisbatan qidiruv elon qiladi, ular ushlangandan song IIV JIEBB 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirish haqida ajrim chiqaradi. Oliy sud sudlov hayatining ajrimiga kora, bunday holatda Sharifjon Karimovga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatish togrisidagi prokuror iltimosnomasi sudga yuborilmasligi kerak. Chunki Sharifjon Karimov sudning ajrimi chiqarilmasdan turib, 6 nafar mahkum jazoni otashdan qasddan boyin tovlab kelayotganligi sababli ularning jazosini shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish choralarini korgan va bu haqida sudning ajrimi bor.

Oliy sud sudlov hayati ana shularga asosan Sharifjon Karimovga nisbatan chiqarilgan JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2017 yil 12 dekabrdagi ajrimini bekor qildi va jinoyat ishini yangidan kassatsiya instansiyasi sudida korish uchun yubordi.

2019 yil 23 aprelda JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasi: raislik qiluvchi Yu.Ilxamov, hayat sudyalari R.Madumarov va B.Roziqov Oliy sud sudlov haytining ajrimi boyicha Sharifjon Karimov ishini qaytadan korib chiqdi va JIB Yangiyol tuman sudining 2014 yil 30 yanvardagi ajrimini bekor qildi. Sudga raislik qilgan Yu.Ilxamov Sharifjon Karimovga nisbatan jinoyat ishini dastlabki tergov harakatlari yuritish uchun Toshkent viloyat prokurori orqali tegishli tergov organiga yuborish haqida ajrim chiqardi. Shu orinda ayrim mulohazalarimizni aytib otsak.

Sharifjon Karimovga nisbatan jinoyat ishi qozgatish togrisidagi qarorning ozi yoq. Shunday bolsa-da, tergov harakatlari noqonuniy va asossiz olib borilgan, – deydi “Muxtor Shapsanov” advokatlik firmasi advokati Zokir Shapsanov. Sizga aytsam, uchta hujjatga baho berish uchun huquqshunos bolish shart emas. Nega sud 2013 yil 1 noyabr, 6 noyabr va 14 noyabr sanalariga etibor bermadi? Yana bir gap. Sharifjon Karimov ishi boyicha guvoh ham, ekspert ham kerak emas. Sharifjon Karimov 2013 yil 1 noyabrda xat tayyorlab, sudga murojaat qilgan. Sud esa 6 noyabrda 6 nafar mahkumga qidiruv elon qilish hamda ushlanganlaridan song shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida ajrim chiqargan. Yangiyol tuman prokuraturasi ana shu hujjatlardan koz yumib, 2013 yil 14 noyabrda Sharifjon Karimovga nisbatan jinoyat ishi qozgatgan.

JIB Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasi ajrimidan keyin Sharifjon Karimov ishi Yangiyol tuman prokuraturasiga yuborildi. Yangiyol tuman prokuraturasi katta tergovchisi Jahongir Hasanov quyidagi qarorni chiqardi:

11.04.2019 yilda Sh.Karimov jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudiga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, jinoyat ishlari boyicha Yangiyol tuman sudining 30.01.2014 yildagi ajrimini bekor qilib, jinoyat ishini JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishini soragan.

23.04.2019 yilda jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasi tomonidan jinoyat ishlari boyicha Yangiyol tuman sudining 30.01.2014 yildagi Sh.Karimovga nisbatan chiqargan ajrimini bekor qilish va unga nisbatan ushbu jinoyat ishi umumiy qoidalar boyicha dastlabki tergov harakatlari yuritish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan. 06.05.2019 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borish uchun Yangiyol tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Ozbekiston Respublikasi JKning 208-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyatlar turkumiga kirishi va ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ozbekiston Respublikasi JKning 64-moddasining a bandida ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab ikki yil muddat otsa, shaxs javobgarlikdan ozod etilishi qayd etilgan.

Yuqoridagilardan korinib turibdiki, mazkur holatda Sh.Karimovni javobgarlikka tortish muddati otganligi sababli jinoyat ishini JPKning 84-moddasi, 1-qismi, 1-bandiga asosan jinoyat ishini tugatish lozim.

Yangiyol tuman prokuraturasi katta tergovchisi Jahongir Hasanovning menga oid jinoyat ishini tugatish togrisidagi qarori amaldagi protsessual talablarga zid ravishda chiqarilgan, deydi Sharifjon Karimov. Men va shu ishga aloqador biror kishi tergov qilinmadi. Katta tergovchi 2019 yil 20 mayda chiqarilgan jinoyat ishini harakatdan tugatish haqidagi qarorni menga tutqazdi.

Qolimizda Toshkent viloyat prokurorining orinbosari N.Xalilov tomonidan 2019 yil 3 oktabrda imzolagan Sharifjon Karimov murojaatiga javob xati bor. Unda shunday sozlar yozilgan: «Yangiyol tuman prokuraturasi tomonidan 2019 yil 20 mayda JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida qaror qabul qilingan.

Qabul qilingan qaror nazorat tartibida organilib, bajarilishi lozim bolgan tergov harakatlari toliq otkazilmasdan, barvaqt va asossiz qaror qabul qilinganligi sababli, viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilindi va qoshimcha tergov harakatlarini otkazish uchun jinoyat ishi Yangiyol tuman prokuraturasiga yuborildi.»

Nihoyat, kunlar, oylar, yillar otib adolat tiklandi. 2020 yil 25 martda Yangiyol tuman prokuraturasi katta tergovchisi A. Kasimov quyidagi qarorga keldi:

1. Karimov Sharifjon Yakubjonovichni ayblash uchun obyektiv dalil va asoslar yoqligi tufayli 79/ 13-530-sonli jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilsin. (JPKning 83-moddasida reabilitatsiya uchun asoslar korsatilgan. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim: ushbu moddaning 2-bandiga asosan qilmishida jinoyat tarkibi bolmasa, shaxsni oqlash uchun asoslar borligi korsatilgan. - Izoh muallifniki.)

2. Fuqaro Sh.Karimovni Ichki ishlar tizimida ishlash masalasi Ichki ishlar organlariga havola qilinsin...

Oradan olti yil otgandan song Sharifjon Karimov qilmishida jinoyat tarkibi yoqligi aniqlandi.

Jinoyat kodeksining 230-moddasiga kora, deydi advokat Zokir Shapsanov, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon bolgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Bunday qilmishni sodir etganlar esa qonun oldida javob berishi kerak.

Advokatning fikrini Sharifjon Karimov ham takidlamoqda. Darhaqiqat, aybsiz odamni aybdorga chiqargan masul xodimga jazo yoqmi? Qonunda ataylab qilingani isbotlansa, jazo bor, deyiladi odatda. Ammo masuliyatsizlik qilgan bolsa-chi?..

Ravshan ShODIYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: